3.2 Nazorat va diagnoz qo’yish
Nazorat jarayonida tadqiq etilayotgan tizim bir butun tarzda ko’riladi. Diagnoz qo’yish jarayonida esa bir butun tizim va uning elementlari ko’rib chiqiladi, chunki tizimning holati uning elementlari holatining funktsiyasidir. Diagnoz qo’yishning vazifasi-tizimning u yoki bu holati sababini uning elementlari holatiga bog’lab aniqlashdir. Diagnoz qo’yishni nazorat operatsiyalarini bajarmasdan turib amalga oshirish mumkin emas.
Avtomatik nazorat nazariyasi butun ob’ekt va uning elementlari holatini aniqlash uchun usul va vositalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Diagnoz qo’yish uchun muhim bo’lgan omillar nazorat uchun zarur bo’lmasligi va aksincha, nazorat uchun muhim omil texnik diagnostika uchun muhim bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |