LABORAТORIYA IShI №5
Mavzu: Тransport vositalarining tortish xususiyatlarini diagnostikalash)
1. Ishdan maqsad: transport vositsining tortish xususiyatlarini diagnostikalash usullari va vositalarini o’rganish, amaliy ko’nikma olish.
2. Хavfsizlik talablari
2.1 Diagnostikalash postida joylashtirilgan transport vositsida qo’l tormozi o’rnatilishi, uzatmalar qutisi richagi neytral holatda bo’lishi va yuritish kaliti yuritish qulfida bo’lishi shart.
2.2. Laboratoriya xodimi ruxsatisiz transport vositsi dvigatelini yurgizish man etiladi.
2.3. Тransport vositsi dvigateli yurgizilib, g’ildiraklar aylantirilganda, aylanuvchi g’ildiraklarga yaqinlashish, old tarafida turish taqiqlanadi.
2.4. Boshqarish pulti tugma va o’chirgichlariga ruxsatsiz tegish man etiladi.
2.5. 220 V kuchlanish manba bilan ishlashda extiyot choralarini ko’rish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |