4. Nosozliklar xarakteristikalarini aniqlash
4.1 Shesternya yon boshi va qopqoq orasidagi tirqish (1)ning oshishi; shesternya tishi va korpus orasidagi radial tirqish (2) ning oshishi, tirqishlar (1) va (2) o’lchov asbobi yordamida nasos ajratilganda o’lchanadi.
4.2 Prujina elastikligining pasayishi nasosdan yechib maxsus moslama
yordamida, prujinaning sinishi esa ko’z nazorati orqali aniqlanadi.
4.3 Shesternya va nasos korpusi orasidagi tirqish oshishi hisobiga shovqinning o’zgarishi aniqlanadi.
5. Diagnostik belgilar
Moy bosimining pasayishi nasos unumdorligining kamayishi va shovqin quvvatining o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi. Ishchi va hamroh jarayonlar bo’-yicha diagnostik belgilar quyidagi birliklarda aniqlanadi: moy bosimining o’zgarishi - r (MPa yoki kGssm2), nasos unumdorligi - Q (lmin yoki lsoat), shovqin quvvati - U, (Vt).
6. Diagnostik parametrlar
Diagnostik parametr fizik birlik bo’lib, uning yordamida diagnostikalanadigan ob’ektning ishchi yoki hamroh jarayonlarini o’lchash mumkin. Bizning misolda moy bosimi- R, nasos unumdorligi-Q yoki shovqin quvvati-U.
Do'stlaringiz bilan baham: |