Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash


Suyuq yonilg‘ini tashib kelish, saqlash va tarqatish



Download 0,55 Mb.
bet5/21
Sana18.10.2022
Hajmi0,55 Mb.
#853925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

4.5. Suyuq yonilg‘ini tashib kelish, saqlash va tarqatish


Yonilg‘ini tashib kelish. ATK va YoQSh ga yonilg‘ini neft bazalaridan avtosisternalar yordamida tashib kelinadi. GAZ, ZIL, MAZ va KamAZ avtomobillarining shassisiga o‘rnatilgan sisternalarning sig‘imi 4-6, yarim tirkamalardan foydalanilganda esa 25 ming litrgacha yetadi. Dala sharoitida yonilg‘ini tashishda hamda quyishda nasos va tarqatuvchi moslama bilan jihozlangan avtomobil-yonilg‘iquygichlardan foydalaniladi.
Yonilg‘ini neft bazasidan chiqarishda sifat pasporti beriladi. Avtomobil sisternalariga quyilgan yonilg‘ini miqdorini aniqlash avtomobil torozilari yordamida yoki sisternaga quyilgan uning hajmi va zichligi yordamida aniqlanadi. Zichlik sisternadan olingan namuna orqali aniqlanadi.
Har bir avtosisterna sig‘imi (m3da) va yuk ko‘tarish qobiliyati (tonnada) to‘g‘risidagi pasportga ega bo‘lishi kerak.
Yonilg‘ini neft bazasida yoki ATK da qabul qilishda xujjatlarning mavjudligi va to‘g‘riligi, sisternaning zichligi, miqdori va sifati tekshiriladi. Buning uchun sisternadagi yonilg‘ining balandligi va zichligi hamda 10 min. tinigach suvning mavjudligi tekshiriladi.
Yonilg‘i sisternadan sig‘imlarga nasos yordamida yoki oqizish yo‘li bilan to‘kiladi.


Suyuq yonilg‘ini saqlash. Yonilg‘i bug‘i bilan havo (2,4...5%) aralashmasi, 0S haroratida portlash havfini tug‘diradi. Shuning uchun yonilg‘ini saqlashda, yonilg‘iga qarshi tadbirlar o‘tkazish kerak.

4.1-rasm. Yong‘inga qarshi saqlagichlar bilan ta’minlangan yonilg‘i saqlash ombori: 1-teskari klapan; 2-sig‘im; 3-yerga tok o‘tkazgich; 4-yong‘inga qarshi saqlagich; 5-havo quvuri; 6-filtr; 7-to‘kuvchi quvuro‘tkazgich; 8,10-burchakli yong‘inga qarshi saqlagich; 9-yonilg‘i sathini ulchash naychasi; 11-so‘ruvchi quvur; 12-yonilg‘i tarqatish kolonkasi; 13-ulashuvchi shlang; 14-qotirgichlar; 15-beton yostiqlar.

Hozirgi vaqtda atrof muhitni muhofaza etish nuqtai nazaridan, yonilg‘ini faqat yer ustida saqlash turi qo‘llanilmoqda. Yong‘inni oldini olish uchun, yonilg‘i oqadigan hamma quvurlarga va nafas olish klapanlariga yong‘inga qarshi saqlagichlar o‘rnatiladi. Shu sabali benzinni saqlashni yong‘inga qarshi saqlagichlar bilan ta’minlangan tizimi qo‘llaniladi. Bu tizimda, saqlagichlardan Devi to‘ri asosida ishlaydiganlari ko‘proq qo‘llaniladi. Bu saqlagichlarda, 1sm2 da 144...220 gacha teshiklari bo‘lgan to‘rlar bir-biriga yaqin qilib 2 qavatda o‘rnatilgan bo‘ladi.


Yonilg‘i uchun sig‘imlardan, quvurlardan, tarqatish jihozlaridan, inshoatlardan tashkil topgan tizim, avtomobillarga yonilg‘i tarqatish tarmog‘i yoki avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchasi deyiladi(4.1-rasm).
Dizel yonilg‘isini saqlash va tarqatish tizimi benzinni saqlash va tarqatish tizimidan unchalik farq qilmaydi, faqatgina ular yonilg‘ini 10 kun tindirish uchun qo‘shimcha sig‘imlar, yonilg‘ini yuza qismidan so‘rib olish uchun qalqovuchli so‘rgichdan, hamda tarqatish kolonkasi va sig‘im orasiga o‘rnatilgan filtr bilan farq qiladi(4.2-rasm).



4.2-rasm. Diezel yonilg‘isini tashib kelish, saqlash va tarqatishda tozalash shakli: a-neft bazasi; b-tashib kelish; v-AYo+Sh.
1-neft bazasidagi sig‘im; 2,10-suzib yuruvchi yonilg‘i so‘rish quvurlari; 3,7,11-5Mkm.gacha tozalovchi filtrlar; 4,13-nasoslar; 5,6,9,14-mayin filtrlar; 8-avtosisterna; 12-AYo+Sh sig‘imi; 15-yonilg‘i tarqatuvchi kolonka; 16-ulashish jo‘mragi.

Dizel yonilg‘isini tashib kelib saqlash va tarqatishda yaxshilab tozalash va avtomobil baklarini vaqti-vaqti bilan yuvib turish kerak.


Avtomobillarni suyuq yonilg‘i bilan to‘ldirish. Avtomobillarga suyuq yonilg‘i quyishda, maxsus nasos va quyilayotgan yonilg‘i miqdorini hisoblab turuvchi schotchiklar bilan ta’minlangan yonilg‘i quyish kalonkasidan foydalaniladi.
Kolonkalarning ishlab chiqarish qobiliyati minutiga 25-250 l.ga teng bo‘ladi. Ko‘rsatish xatoligi esa 0,5%ni tashkil qiladi. Kalonkalarning me’yoriy ishlashi uchun harorat -40Sdan 46Sgacha, namlik darajasi esa 80%dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Kolonkalar:

  • o‘rnatilishiga qarab harakatlanuvchan yoki qo‘zg‘almas;

  • nasosni ishga tushirilishi bo‘yicha - qo‘l bilan, elektramexanik va aralash;

  • quyilayotgan yonilg‘ini o‘lchash bo‘yicha - hajmiy va uzluksiz harakatlanuvchi hisoblagichli;

  • boshqarilishi bo‘yicha - qo‘l bilan, masofadan boshqariluvchi, aralash va avtomatik ravishda ishlovchi turlarga bo‘linadi.

Pistoletning quyish barmog‘ini qo‘yib yuborish bilan kolonkalarni o‘chirish klapanlari yonilg‘ini bir zumda to‘xtatish imkoniyatiga ega. Bu o‘z navbatida gidravlik tizimni to‘la holda ushlab turishga imkoniyat beradi.
Hisoblagich, ishchi organlari porshen va gorizontal silindrlardan iborat bo‘lgan gidravlik dvigatelni namoyondasidir. Porshenlarning harakati hisoblash mexzanizmiga uzatiladi, u quyilayotgan va umumiy quyilgan yonilg‘i miqdorini ko‘rsatib turadi. Yonilg‘i saqlash joylarida ochiq alangadan foydalanish ta’qiqlanadi. Avtomobillarga yonilg‘i dvigateli ishlamay turgan holatda quyiladi. Tashqi yoritish chiroqlari tayanchlariga yashinqaytargichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Hamma elektr jihozlarining metaldan tayyorlangan va tok o‘tkazuvchi qismlari, hamda yonilg‘i qo‘yish kolonkasi yer bilan tutashtiriladi. Etillangan benzin alohida sig‘imlarda saqlanishi va maxsus kolonkalar orqali tarqatilishi zarur. Uni ochiq holda tashish ta’qiqlanadi. Bu benzin odam terisiga tushsa uni kerosin bilan so‘ngra sovun bilan yuvib tashlash zarur. Etilli benzin sachragan ko‘z ikki protsentli choy sodasi eritmasi bilan yuvib tashlanadi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish