Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash


Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida



Download 0,55 Mb.
bet15/21
Sana18.10.2022
Hajmi0,55 Mb.
#853925
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida


O‘zbekistonda

1972

8 / 1000 kishi

6 / 1000 kishi

1973

10 / 1000 kishi

8 / 1000 kishi

1978

16 / 1000 kishi

14 / 1000 kishi

1981

43 / 1000 kishi

38.5 / 1000 kishi

1986

59 / 1000 kishi

42 / 1000 kishi

O‘zbekiston aholisining avtomobil parki 1991 yil boshida 1 mln. ga yaqinlashib qolgan va markalariga qarab quyidagicha taqsimlangan edi: “ZAZ”-15,6%; “Moskvich”-26,9%; “VAZ”-47,4%; “Volga” barcha modellari - 2,9 %; “UAZ” -469 barcha modellari-0,05%; boshqalar (chet el avtomobillari)- 7,15%.
Dastlabki tashkil qilingan avtoservis korxonalari-ATXKS lar, avtoustaxonalar, avtomobillarni ijaraga berish punktlari, avtosaqlash joylari, maxalliy xokimiyatlar qo‘l ostida bo‘lgan, so‘ngra ular xukumat qaroriga asosan yangi tashkil qilingan «O‘zbekiston aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligi» ning tarkibidagi “O‘zavtotexxizmat” boshqarmasiga o‘tkazilgan.
Ishlab turgan avtoservis korxonalari qatoriga 1974 yildan boshlab firma usulida texnik xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat”, so‘ngra “KAMAZavtotexxizmat”, “AvtoZAZtexxizmat”, “Moskvichavtotexxizmat” va boshqa avtomobil zavodlariga qarashli avtoservis korxonalari qo‘shila boshladi. Firma usulida avtoservis xizmati ko‘rsatish o‘sha paytda MDH va shu jumladan O‘zbekiston uchun xam yangilik bo‘lib, bu soxada yangi davr boshlandi. Endilikda mamalakat avtomobil zavodlari dunyo avtomobilsozlik firmalari izidan borib, o‘z mahsulotlariga o‘zlari xizmat ko‘rsatish majburiyatlarini ola boshladilar. Avtoservisning O‘zbekistonda rivojlanish tarixini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:
Birinchi davr(1965-70 yillar) - bu davrda avtoservis mustaqil xizmat ko‘rsatish soxasi sifatida Davlat tomonidan tan olindi, o‘z faoliyatini rasmiy ravishda boshladi.
Ikkinchi davr(1971-81 yillar) - avtoservisni rivojlanishi Respublika aholisi avtomobil parkini keskin o‘sib borishi bilan birga kuzatildi. Bu davrda Respublika avtoservisi butunlay yangi firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat” va “KAMAZtexxizmat” lar kelib qo‘shildi. Avtoservisni moddiy-texnika bazasi jiddiy ravishda mustaxkamlandi.
Uchinchi davr (1981-90 yillarda) – avtoservisning rivojlanishi korxona tarmoqlari va tarkibining yanada o‘sishi va ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustaxkamlanishi bilan belgilanadi. Avtoservis korxonalari tarmoqlarining o‘sishi eng avvalo «Aksionerlik jamoalari» ga qarashli firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi “Moskvich”, “AvtoVAZtexobslujivanie”, ”AvtoZAZ” va “AvtoGAZ” va boshqa servis korxonalarini tashkil qilinishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liqdir.,
To‘rtinchi davr(1991-96 yillar) - avtoservisning rivojlanishida, butun MDH dagi siyosiy iqtisodiy-ijtimoiy tanazzul sababli turg‘unlik, xatto chekinishlar yuz berdi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi keskin kamaydi, ko‘pgina korxonalar, ayniqsa, shirkat usulida tashkil bo‘lganlari, yopildi. Muxandis-texnik xodimlar, mutaxassislar va ishchilarni anchagina qismi ishdan bo‘shab ketishdi. Chunki mamlakatni iqtisodiy va moliyaviy ahvoli juda murakkab tanazzul holda edi.
Beshinchi davr(1996-xozirga qadar) - soxada yana o‘sish, xizmat turlari va hajmini sezilarli o‘sishi, ishlab-chiqarish texnika-bazasini yanada mustaxkamlanishi, mamalakatda iqtisodiy-isloxatlar o‘tkazilishi sababli, avtoservis korxonalari tarmoqlari va tarkibini yana kengayishi va o‘sishi, kichik va o‘rta biznes shaklida ishlovchi ko‘plab xususiy avtoservis korxonalari, avtoustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi postlarni keskin ko‘payishi, mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatini ishga tushishi (“UzDEUAvto” va “SamkochAvto” korparatsiyalari) va ular tomonidan qayta qurilgan avtomarkazlar va diler stansiyalarni ishga tushishi. Soxada avtoservis bozori va unda raqobatni paydo bo‘lishi.
Ammo respublikamizda avtoservis xizmati ko‘rsatish xali talablar darajasida emas, bu soxada bir qancha muammolarni xal qilish maqsadga muvofiqdir.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish