Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resurslarni tejash


Avtomobil transportida ishlatiladigan mahsulot va materiallar



Download 0,55 Mb.
bet2/21
Sana18.10.2022
Hajmi0,55 Mb.
#853925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Avtotransport korxonalarida moddiy texnika ta’minoti va resursla

4.1. Avtomobil transportida ishlatiladigan mahsulot va materiallar.


Harakatdagi tarkib. Hozirgi vaqtda MDX davlatlarida 250 dan ortiq turdagi avtomobil transporti vositalari(ZIL, GAZ, MAZ, KrAZ, Ural, BelAZ, LAZ, PAZ, UAZ, RAF, VAZ, Moskvich, ZAZ va x.k.), shu jumladan O‘zbekistonda "UzDEUAvtoKo" AJ (NEXIA, TICO va DAMAS yengil avtomobillari) va Samarqand shahrida O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi "Samkochavto" zavodidan O‘z-Otayo‘l kichik turkumdagi avtobuslar (M.23, M.24, M.29,M.50) va ixtisoslashgan yuk avtomobillari (35.9, 65.9, 85.12 va boshqalar) ishlab chiqarilmoqda va ulardan foydalanilmoqda. Bulardan tashqari, respublikamizda Yevropa mamlakatlari va turli xorijiy o‘lkalardan ketirilgan (o‘ta og‘ir yuk ko‘taruvchi (75-200 t) Katerppiller 754, Yuklid 200 va og‘ir yuk ko‘taruvchi (8-39 t) "DEU" avtomobillari hamda o‘rta va katta sig‘imli Mersedes-Bens 0405 va DEU VS-106 avtobuslari) avtomobillarni ekspluatatsiyasi keng yo‘lga qo‘yilgan.
Ehtiyot qismlar. Avtomobil transporti tomonidan ishlatiladigan buyum va mahsulotlarning 70% ehtiyot qismlarni tashkil qiladi. Xalq xo‘jaligida ishlatiladigan yuk va yengil avtomobillarda ishlatiladigan ehtiyot qismlar nomenklaturasi 15 mingdan ortiqni, shaxsiy yengil avtomobillarda esa 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar mexanik detal va birikmalar, yonilg‘i apparati detallari va birikmalari, elektr asboblari va birikmalari, podshipniklar, oyna, rezina, asbest mahsulotlari, tiqinlar, plastmassalar, kartonlar va qog‘ozlarni tashkil qiladi.
ATK tomonidan buyurtma uchun ishlatiladigan nomenklatura daftarida har bir avtomobil uchun 700-800 dan ortiq ehtiyot qismlar nomi keltirilgan. Bundan shu kelib chiqadiki, agarda o‘rta hisobda har bir ATK da 7-10 turdagi avtomobil bo‘lsa, ularni ishlash qobiliyatini saqlab turish uchun 5-8 ming xil ehtiyot qismga ega bo‘lish kerak.
Avtomobil shinalari va akkumulatorlar. Bu turdagi texnik maxsulotlar avtomobilning ehtiyot qismlar nomenklaturasiga kirmaydi, shuning uchun ularni taqsimlash va hisobga olish alohida bajariladi. MDH dagi va horijiy mamlakatlarda yuzdan ortiq turdagi shinalar hamda ular uchun kameralar ishlab chiqariladi. Avtomobillarda ishlatiladigan akkumulatorlarning behisob turlari mavjud.
Yonilg‘i-moy mahsulotlari. Zamonaviy avtomobillarda ishlatiladigan yonilg‘i-moy mahsulotlarning 60 dan ortiq turi mavjud, shu jumladan olti xildagi benzin (A-66, A-72, A-76, AI-93, AI-95 va AI-98), uch turdagi dizel yonilg‘isi (L, Z, A), ikki turdagi gazsimon yonilg‘i (SNG, SPG), o‘ndan ortiq turdagi motor moylari (M-8B, M-8V1, M-12G1, M-6z10G1 va h.k.), o‘ndan ortiq turdagi transmissiya moylari (TAD-17I, Tap-15V, TSp-14gip va h.k.), o‘ndan ortiq turdagi surkov moylari (S-solidol, J-solidol, 1-13 surkov moyi, Konstalin-1, Litol-24, Fiol-1 va h.k.).
Texnik suyuqliklar. Ular turlarining soni 20 ga yaqin bo‘lib, qo‘llanilishi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: sovutish suyuqliklari (40 va 65 markali antifriz, A-40 va A-65 markali tosollar); tormoz suyuqliklari (BSK, GTJ-22M, Neva, TOM, DOT-3, DOT-4 va h.k.); suyuqlik yuritmali ko‘targichlar tizimi uchun (I-22A, I-30A, I-12A, AU, AMG-10, MVP); amortizatorlar uchun (AJ-16, AJ-12T, MGP-10); ishga tushiruvchi (Xolod-D40, NIIAT TJ-25, Arktika).
Lakbo‘yoq materiallari. Avtomobillar tashqi ko‘rinish sifatini ushlab turish va uning yuzalarini zanglashdan himoya qilish uchun ishlatiladigan lakbo‘yoq materiallari(lak, bo‘yoq, gruntovka, shpatlevka, eritgichlar va h.k.)ning 100 dan ortiq turlari mavjud.
Texnologik jihozlar. Harakatdagi tartibga TXK va T da qo‘llaniladigan tozalash-yuvish, ko‘tarish-tashish, moylash-to‘ldirish, diagnostikalash, ta’mirlash va boshqa jihozlar hamda maxsus asboblarning turlari 200 dan ortiqdir.
Turli materiallar. ATK ning xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan materiallarning turlari juda ko‘p. Ular quyidagilardan iborat: metallar (oltiqirrali va dumaloq metallar, tunuka, shveller, dvutavr va po‘lat burchaklar); kesuvchi va o‘lchovchi asboblar (teshgich, plashka, metchik, egov, temir arra, qaychi, freza, shtangensirkul, mikrometr, chizg‘ich, indikator va h.k.); elektrotexnik materiallar (elektr simlari, elektr dvigatellari, transformatorlar, taqsimlash shitlari, turli xildagi yoritgichlar va h.k.); kimyoviy mahsulotlar (umummaqsadlar uchun ishlatiladigan eritgichlar va bo‘yoqlar, sulfat va xlorid kislotasi, yelim, olifa, texnik shampun, yaltiratish pastasi va h.k.); ta’mirlash-qurilish materiallari (taxta, faner, sement, alebastr, g‘isht va h.k.); ishchilar uchun mahsus kiyimlar.
Shunday qilib, avtomobil transportini beto‘xtov ishlashini ta’minlash uchun bir necha ming nomdagi mahsulotlar va materiallar zarur. ATK ni ta’minlovchi MTT hodimlari, ularga kerakli miqdorda va oldindan buyurtma berishlari, kerakli vaqtda olishlari, to‘g‘ri taqsimlashlari va sifatli asrashlari zarur.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish