Avtomobilsozlikda shtamplash, yig’ish va qoplamalar texnologiyalari



Download 180,82 Kb.
bet3/3
Sana11.01.2022
Hajmi180,82 Kb.
#341484
1   2   3
Bog'liq
Oraliq nazorat savollari talabalar uchun 58985

2 - jadval.

Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida yumshoq ma’romlarni qo’llash maqsadga muvofiq emas, chunki ularning samaradorligi pastroq, elektr energiyasi sarfi va qoldiq deformatsiyalar esa kattaroq bo’ladi. Jadvalda keltirilgan ma’romlardan A ma’rom asosiydir, u 1,5 mm gacha qalinlikdagi ikkita detalning toza, tekis yotuvchi qirralari uchun mo’ljallangan. Uni juda qattiq guruhga kiritadilar. Б va В ma’romlar nisbatan kamroq qattiq ma’romlarga kiradi. Ushbu ma’romlarda maksimal joiz tirqishlar bilan, payvandlash uchun yetarlicha yaxshi tayyorlanmagan sirtlarga ega detallar, shuningdek, qalinligi 1,5 mm dan katta bo’lgan detallar payvandlanadi. Г ma’rom parametrlarni aniq hisoblaydigan, zamonaviy elektropnevmoapparatura bilan jihozlangan osma va statsionar nuqtali mashinalarda tezkor payvandlash usullari uchun qo’llaniladi. Г ma’rom o’ta qattiq hisoblanadi, ammo, samaradorlikni orttirish maqsadida payvandlash tokining berilish vaqti qisqartirilgan. Bu ma’rom uchun payvandlanadigan qirralar toza bo’lishi va ular bir-biriga tekis yotishi kerak.





  1. Relyefli kontaktli payvandlash mashinalari haqida ma’lumot bering.

Relyefli payvandlash mashinalari nuqtali mashinalardan stanina va

kronshteynlarining yuqori bikrligi, tepa elektrodli qismining yuqori siljish aniqligi,

katta bo’lmagan chiqishi va elektrodlar, moslamalarni mahkamlash uchun T-simon

o’yiqlari bo’lgan plitalarning borligi bilan farq qiladi.Mashinaning siqish mexanizmi yuritmasi, odatda, dumalash podshipniklariga o’tqazilgan, yo’naltiruvchi qurilmali va pnevmatik qilib tayyorlanadi, bu esa yuritmaning dinamik xarakteristikalari yetarlicha yuqori ko’rsatkichlarga erishishini ta’minlaydi.Avtomobilsozlikda relyefli payvandlash uchun ham, asosan, nuqtali payvandlash ma’romlariga o’xshash qattiq ma’romlar qo’llaniladi.

Chokli payvandlash uchun mashinalar nuqtali payvandlash mashinalaridan

elektrodlar konstruksiyalari, ikkilamchi konturda sirpanuvchi kontaktlarning va

elektrodlarni aylantiruvchi yuritmalarning borligi bilan farq qiladi. Chokli payvandlash uchun maxsus mashinalarga ko’p rolikli mashinalar kiritiladi, shuningdek, yirik mahsulotlarni payvandlash uchun osma chokli

mashinalar ham qo’llaniladi.Payvandlash ma’romining zarur parametrlarini ta’minlash, talab qilinayotgan sxema siklini berish va b. funksiyalarni bajarish uchun kontaktli mashinalar boshqarish apparaturasi bilan jihozlanadi. Ushbu apparatura yordamida quyidagilar bajariladi: payvandlash tokini berish va to’xtatish, uning kuchini, impuls davomiyligi va shaklini rostlash; payvandlash siklining alohida bosqichlari ketma-ketligini rostlash; payvandlash ma’romi parametrlarini stabillashtirish; elektrodlarning siqish kuchlarini qo’shish, to’xtatish va rostlash; roliklarning aylanish tezliklarini o’zgartirish (chokli mashinalar uchun) va b. Oxirgi paytda keskin murakkablashgan boshqaruv apparaturasi zamonaviy kontaktli payvandlash jihozining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unga mashinalar samaradorligi, ularning texnologik imkoniyatlari va payvand birikmalar sifati keskin darajada bog’liq bo’ladi.





  1. Kontaktli payvandlash mashinalarining ishchi qurilmalari haqida ma’lumot bering.

  2. Kontaktli payvandlash mashinalarining elektrodlari qanday talablarga javob berishi kerak?

Elektrodlar konstruksiyalarining xilma-xilligi kontaktli payvandlash usuli,

birikish joylarida mahsulot konfiguratsiyalari, detallar qalinligi, tutashuv sirti

shakli va o’lchamlari, elektrtutqichda mahkamlash usuli, sovutish suyuqligini

uzatish zarurati va b. omillar bilan tushuntiriladi.

Nuqtali mashinalar elektrodlari ko’pchilik hollarda elektrtutqichlar bilan

konussimon o’tqazish sirti orqali biriktiriladi. Bu o’rinda rezbaning mumkin

bo’lgan shikastlanishi natijasida elektrodlarni chiqarib olish qiyinlashishi sababli konussimon rezba kam qo’llaniladi. Ishchi sirtni sovutuvchi suvni berish uchun elektrodlarda maxsus kanallar qilingan bo’ladi.

Relyefli payvandlash uchun mahsulot shakli va birikish tipiga bog’liq

bo’lgan elektrod konstruksiyalari qo’llaniladi. Ular ishchi sirt o’lchami, odatda, katta ahamiyatga ega bo’lmaydi, chunki tutashuv yuzasi tegishish joyidagi payvandlanadigan sirtlar shakli orqalianiqlanadi. Ko’p relyefli payvandlashda, relyeflar bo’ylab tokni va kuchni tekis taqsimlash maqsadida elektrodlar ishchi sirtlarining o’zaro parallel bo’lishini ta’minlash muhimdir.

Chokli mashinalar elektrodlari disklar (roliklar) ko’rinishida tayyorlanadi va

diametri 100-400 mm chegaralarda bo’ladi. Elektrodlar ishchi sirtlari silindrik yoki

toroidal qilib tayyorlanadi. Silindrik ishchi sirt kengligi detal qalinligi ga bog’liq

tarzda munosabat orqali aniqlanadi. Elektrod diskining umumiy

qalinligini, odatda, ga teng qilib tayyorlaydilar.

Relyefli va chokli mashinalar elektrodlari uchun ham nuqtali mashinalar elektrodlari uchun qo’llangan materiallar ishlatiladi.



  1. Yig’ish-payvandlash qurilmasining vazifasi va uning turlari haqida ma’lumot bering.

Yig’ish-payvandlash qurilmasi yig’ma birliklar qismlarini payvandlash

asbobiga (elektrodlar, payvandlash qisqichlari) nisbatan bazalash va o’zaro

mo’ljallash uchun xizmat qiladi. Undan foydalanish bilan yig’ma birlikni prixvatka

qilish va payvandlash amalga oshiriladi. Yig’ish-payvandlash qurilmasini qo’llash

texnologik operatsiyalarni bajarish vaqtini qisqartiradi, yig’ish-payvandlashning

berilgan geometrik o’lchamlari aniqligini va sifatini ta’minlaydi, operator ishini yengillashtiradi va ishlarni bajarish xavfsizligini oshiradi.

Qurilma har bir detal va yig’ma birlik shakli, hamda o’lchamlariga mos

tarzda ishlab chiqilgan maxsus elementlardan va standart elementlardan tarkib

topadi. Qurilma konstruksiyasining maxsus elementlariga asos (plita, plastina,

payvandlangan karkas), tayanch elementlar (ustunlar, qayd qiluvchi,

mahkamlovchi va qo’shimcha qurilmalar kiradi).

Qurilma konstruksiyasining murakkabligiga bog’liq tarzda moslama, andaza (shablon) va konduktorlarga bo’linadi.Yig’ish payvandlash moslamasi deb quyidagi operatsiyalar uchun qo’llaniladigan qurilmaga aytiladi: yig’iladigan detallarni payvandlash asbobi uchun qulay holatga o’rnatish; yig’ish va holatni pardozlash (tozalash, to’g’rilash, tekislash) operatsiyalarini qulay bajarish uchun yig’ma birlik qismlarini o’zaro mo’ljallash; payvandlanadigan sirtlarni elektrodlarga nisbatan mo’ljallash; payvandlashda nojoiz deformatsiyalar hosil bo’lishini bartaraf qilish uchun yig’ilayotgan detallarda teskari egiklikni hosil qilish; chok sirtini shakllantirish; payvandlash asbobini payvandlash joyiga yetkazish va undan uzoqlashtirish; payvandlanayotgan yig’ma birlikning ishchi va yordamchi siljishlari va b. yig’ishpayvandlash moslamalarini payvand konstruksiyalar ishlab chiqarishning istalgan turida qo’llash mumkin, ular mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qatorlar tarkibiga kiradi.

Bajariladigan operatsiyalar tabiatiga ko’ra moslamalar: yig’ma, yig’mapayvandlangan va payvandlangan; xizmat vazifasiga ko’ra universal yoki maxsus; montaj usuli va ish tartibiga ko’ra – statsionar, ko’chma, aylanuvchan; dastaki va mexanizatsiyalashgan yuritmali bo’lishi mumkin.

Universal yig’ish-payvandlash moslamalari ko’proq mayda seriyali va

yakkalab ishlab chiqarish sharoitida, maxsus moslamalarni tayyorlash maqsadga muvofiq bo’lmaganida qo’llaniladi. Ularni bir tipli, turlicha o’lchamlarga ega mahsulotlarni tayyorlashda qo’llaydilar. Bunday moslamalarning afzalliklariga ularni mahsulot almashganda qayta sozlash mumkinligi, konstruksiyaning nisbatan oddiyligi, tayyorlash xarajatlarining kamligi, kamchiliklariga esa – maxsus moslamalarni qo’llashdagiga nisbatan kichik samaradorlikka erishish mumkinligi kiradi. Universal moslamalar yordamida asosiy masala – detallarni o’rnatish va mahkamlash, payvandlanayotgan mahsulotlarni siljitish yoki aylantirish hal

qilinadi. Ularning tarkibiga bir to’plam qayd qilish va siqish elementlari (vintli qisqichlar, prujinali qisqichlar, dastaki tiski va b.) kiradi.




  1. Kuzovsozlikda qo’llaniladigan yuqori mustahkamlikka ega po’latlar haqida ma’lumot bering.




  1. Andazalar va konduktorlar haqida ma’lumot bering.

Andazalar – yig’ish-payvandlash operatsiyalarini bajarish uchun qo’llaniladigan oddiy qurilmalardir. Ular kichik o’lchamli, nomurakkab detallardan tuzilgan yig’ma birliklarni va detallarni, shuningdek, kichik egilish sirtlariga ega yig’ma birliklarni o’zaro mo’ljallash va payvandlash uchun xizmat qiladi. Andazalar yig’ma birlik qismlarining o’zaro joylashuv aniqligi yuqori bo’lmagan sharoitlarda payvandlash uchun qo’llaniladi. Andazalar ko’chma (dastaki), shuningdek, yig’ish-payvandlash qurilmasiga tuzilgan va universal payvandlash mashinalari qurilmalari bilan umumlashtirilgan tarzda bo’lishi mumkin. Konduktorlar – yig’ilayotgan detallar va yig’ma birliklarning muayyan holatda bo’lishini ta’minlovchi yo’naltiruvchi mexanizmlari, payvandlanadigan detallar va yig’ma birliklarni qulay holatga (operator yoki jihoz uchun) o’rnatishga imkon beruvchi yuritish mexanizmlari va yig’ma b irliklar hamda mahsulotlarni yechib olish mexanizmlari bor bo’lgan, nisbatan murakkabqurilmalardir. Konduktorlar kuzovlar va kabinalarning o’rta va yirik yig’ma birliklarini yig’ish, prixvatka qilish va payvandlash uchun qo’llaniladi. Shunga bog’liq tarzdakonduktorlar o’rta va yirik deb bo’linadi.Kuzov yoki kabinani yakiniy shakllantirish uchun mo’ljallangan konduktorlar asosiy konduktorlar deb ataladi. Asosiy konduktorlar, o’ziga sozlangan andazalar va avtomatik ma’romda ishlaydigan payvandlash jihozlariyordamida nuqtali payvandlashni qo’llash bilan kuzov (kabina) ni uning geometrik parametrlarini buzmasdan, erkin holatda yakuniy payvandlashga tayyorlash uchun qo’llaniladi. Ular, odatda, turlicha konstruksiyali qaydlagichlar (fiksatorlar) va zarur miqdordagi qisqichlar o’rnatilgan murakkab asos – staninadan tarkib topadi.


  1. Kontaktli payvand birikmalarning mustahkamligi haqida ma’lumot bering.

Yaxlit kuzov va yig’ma birliklar o’lchamlarining aniqligini va kontaktli

payvand birikmalarning yuqori sifatini ta’minlash uchun ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida nazorat qilish zarur bo’ladi. Operatsiyalar bo’yicha nazorat ketma ketligi va hajmi texnologik jarayonga muvofiq tarzda mahsulot chizmasi va texnik talablardan kelib chiqqan holda o’rnatiladi.

Yig’ma birlikning sifati avvalo bajarilgan alohida payvand birikmalar sifati

bilan xarakterlanadi. Nuqtali payvandlash bilan olingan birikmaning sifati har-bir

payvand nuqtaning statik mustahkamligi bilan aniqlanadi, bu esa yadroning o’zida

va termik ta’sir zonasida nuqsonlar yo’qligi sharoitida yadro o’lchamlariga bog’liq

bo’ladi.Payvandlashning mustahkamlik ko’rsatkichlariga payvand nuqtaning

mustahkamligi, nuqtalar soni, ularning qadami va birikmadagi joylashuvi kiradi. Agar yadro diametri yoki birikmaning kesilishga (na srez) mustahkamligi o’rnatilgan chegaralardan past bo’lmasa, unda nuqtaning mustahkamligi qoniqarli deb hisoblanadi. Agar berilgan diametrdagi chechevitsasimon shaklli va talab qilingan eritish chuqurligidagi yadro hosil bo’lsa, unda payvand nuqta sifatli

hisoblanadi.Tashqi sirtda joylashgan birikmalar minimal payvandlash izlariga ega bo’lishi lozim. Elektrodlar hosil qiladigan o’yiqlar (vmyatina) o’lchamlari joiz

chegaralardan ortmasligi lozim.




  1. Kontaktli payvand birikma sifatini nazorat qilish usullari haqida ma’lumot bering.

Kontaktli payvand birikma sifatini nazorat qilishning quyidagi usullari

qo’llaniladi.

1. Razm solish va o’lchamlarni o’lchash bilan nazorat qilish. Ushbu

nazorat usulida payvand nuqtalarning joylashuvi, tashqi nuqsonlarning bor-yo’qligi, yig’ma birliklar deformatsiyasining miqdori tekshiriladi. Payvand nuqtalarning koordinatalari elektrodlardan qolgan izlar (o’yiqlar) bo’yicha universal o’lchash vositalari bilan nazorat qilinadi.

2. Tayyor yig’ma birliklar payvand birikmalarini tanlab buzish. Bunda

detallarning birikish tekisligi bo’yicha aniqlanuvchi quyma yadroning borligi va uning o’lchami tekshiriladi. Quyma yadroning ellipssimon shaklda bo’lishiga ruxsat beriladi. Bu holda uning minimal o’lchami tekshiriladi. Agar boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha sifatning pasayishiga olib kelmasa, quyma yadro diametrining joiz qiymatdan ortib ketishi yaroqsizlik hisoblanmaydi.

3. Texnologik proba bo’yicha nazorat yangi payvandlash ma’romini

o’rnatishda va payvandlash mashinasini qayta sozlashda o’tkaziladi. Payvandlash ma’romi sozlanganidan so’ng, namunalarda sinash-payvandlash o’tkaziladi va olingan payvand birikma sifati tekshiriladi.

4. Payvandlash ma’romi ko’rsatkichlarini o’lchash. Nazorat qilish usuli

texnologik kartada ko’rsatiladi.




  1. Chokli kontaktli payvandlash mashinalari haqida ma’lumot bering.

Payvandlash jihozlarini ratsional tanlash, ko’p jihatdan, yig’ish-payvandlash

texnologik jarayonining mukammalligini belgilaydi va uning texnik -iqtisodiy

ko’rsatkichlariga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Jihozni tanlash uchun mezon

sifatida quyidagi ko’rsatkichlar xizmat qiladi: payvandlashning eng ratsional sikli

va ma’romini, shuningdek, yuqori samaradorligini ta’minlovchi texnik

imkoniyatlar; ikkilamchi konturning minimal o’lchamlari; yuqori xizmat

ishonchliligi va nisbatan oddiy xizmat ko’rsatish; berilgan ishlab chiqarish uchun

imkon qadar kichik qoplanish muddati.

Kuzovlarni ishlab chiqarishda, asosan, kontaktli payvandlash qo’llaniladi,

shuning uchun nuqtali payvandlash mashinalari (nuqtali payvandlash uchun

robotlar va ko’p elektrodli mashinalar bilan birgalikda umumiy jihozlarning 70 %

ini tashkil qilvchi), relyefli va chokli payvandlash mashinalari asosiy jihozlar

hisoblanadi.

Konkret detallar uchun payvandlash jihozi payvandlash usuli, shakli va

material markasi, detal o’lchamlari, shakli va qalinligi, payvandlash sifatiga va samaradorlikka talablar va boshqalarga asosan tanlanadi.

Nuqtali, relyefli va chokli payvandlash mashinalarini quyidagicha tasniflash mumkin:

 ishlatilishiga ko’ra – universal, maxsus;

 payvandlash joyiga tokni uzatish usuliga ko’ra – ikkiyoqlama va biryoqlama;

 payvandlash toki impulsi shakliga ko’ra – uzlukli va uzluksiz;

 elektrodlar harakat yo’nalishiga ko’ra – ilgarilanma va radial;

 siqish mexanizmlari yuritmasiga ko’ra – pnevmatik, gidravlik,

mexanik;


 birdaniga payvandlanadigan birikmalar soniga ko’ra – bir nuqtali,

ko’p nuqtali, relyefli;

 payvandlash vaqtida detallarning siljishiga ko’ra – doimiy, o’zgaruvchan;

 o’rnatish usuliga ko’ra – statsionar, osma va ko’chma.




  1. Kontaktli payvandlash mashinalarining elektrik parametrlarini keltiring.

Kontaktli payvandlash mashinalari elektrik va mexanik parametrlar orqali

xarakterlanadi.

Elektrik parametrlarga quyidagilar kiradi:

a) payvandlshda va qisqa tutashish ma’romida ikkilamchi tokning

maksimal kuchi;

b)ikkilamchi tokning nominal kuchi;

c) payvandlash mashinasining maksimal quvvati;

e) tok uzatish davomiyligi bu yerda va -payvandlash vaqti va tok impulslari orasidagi tanaffus vaqti;

d) nominal ikkilamchi kuchlanish va uni rostlash chegaralari (pog’onalar

soni);


s) yuklanish xarakteristikasining turi (tok kuchining detallar qarshiligiga

bog’liqligi).miqdori mashina joiz yuklanishlarini hisoblashda va texnologik imkoniyatlarini baholashda inobatga olinadi. Kontaktli mashina ning va payvandlash toki kuchining nominal qiymatlarida ishlatilganida transformator o’ramlarining va payvandlash konturining ortiqcha isishi oldi olinadi.Kontaktli payvandlash mashinalarining mexanik parametrlari quyidagilardir:

a) elektrodlar siqishining nominal va maksimal kuchlari;

b)siqish kuchini dasturlash imkoniyati (dastlabki siqish

payvandlashda siqish , payvandlashdan keyingi siqish kuchi );

c) detallarga nisbatan elektrodlarni o’rnatish aniqligi;

d) payvandlashdan so’ng detallarning egilish darajasiga ta’sir qiluvchi,

ikkilamchi kontur elementlari bikrligi.



Nuqtali payvandlash mashinalari universal va maxsus turlarga bo’linadi.

Universal payvandlash mashinalarini statsionar, osma va payvandlash robotlariga bo’lish mumkin. Maxsus mashinalarga avtomatik qatorlarga terilishi mumkin bo’lgan, ko’p nuqtali (ko’p elektrodli) payvandlash mashinalari va payvandlash presslari kiradi.Statsionar nuqtali mashinalar kuchaytirgichlar, kronshteynlar, ko’ndalang temirlar va b. oddiy va mayda kuzov detallarini payvandlash uchun qo’llaniladi. Ishlab chiqarishda, ayniqsa, 2,5 mm gacha qalinlikdagi yupqa po’latlarni payvandlash uchun, sanoat chastotasi seriyasi MT bo’lgan, statsionar, bir fazali mashinalar keng tarqalgan. Statsionar payvandlash mashinalari bilan ishlashda universal qurilma qo’llaniladi
Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish