9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Standartlarning majburiy talablariga rioya yetilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
xo’jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish
xo’jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o’tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
davlat nazoratini o’tkazishda xo’jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb yetish;
standartlashtirish bo’yichaamaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o’tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o’lchovlarni) o’tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;
mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (etkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf yetish to’g’risidako’rsatmalar berish;
xo’jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo’yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man yetish huquqiga yega.
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikdabo’lishini ta’minlash bo’yichaQoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari:
standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo’llash to’g’risidaqarorlar qabul qilish;
standartlar buzilishidaaybdor bo’lgan xo’jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiqbo’lgan hollarda realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidako’rsatmalar berish;
tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiqbo’lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to’xtatib qo’yish to’grisidako’rsatmalar berish.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizatsiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man yetish yoki to’xtatib qo’yish to’g’risidagi ko’rsatmasini buzganlik uchun xo’jalik faoliyati sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimato’laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo’jalik faoliyati sub’ekti sodir yetilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va jarimani ixtiyoriy ravishdato’lagan taqdirda esa, O’zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xo’jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko’rsatmalar vaqarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlaridaqonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |