O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrix kodlash
O’zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 21 sentyabrda № 438-sonli qaror qabul qildi. Bunga binoan quyidagilar belgilangan:
"EAN International" tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan O’zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi;
O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari YeAN shtrixli kodlari bilan tamg’alanadigan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun "EAN Uzbekistan" tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etish belgilangan;
"O’zstandart" agentligi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo’yicha yagona siyosatni amalga oshirish yo’lga quyildi;
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reestrini yuritila boshladi;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shtrixli kodlash tizimi qo’llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqildi;
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarni turli manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’mirlash funktsiyalari olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda "O’zstandart" agentligi bilan birgalikda 1999 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo’jaligi va savdo korxonalari vakillarini ko’rsatib o’tilgan tizimni qo’llash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun "O’zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)" mavzuida respublika seminari o’tkazsin.
Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli kodlashni:
Eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar yoki o’rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamg’alashi;
Boshqa barcha tovarlarni tamg’alashni joriy etish tavsiya qilindi.
Ushbu qarorda belgilab qo’yilganki, o’z mahsulotiga "EAN International" shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari undan ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |