Tormozlash suyuqligi. Uning sathi maxsus nazoratni talab etadi. Uskunalar panelida indikator yonishi suyuqlik sathining kritik belgiga yetib borganligini bildiradi. Barchasidan yaxshirog‘i avto ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsi etilgan tormozlash suyuqligini quyishdir.
Yana shuni ham e’tiborga olish kerakki, havo bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lgan tormozlanish suyuqligi o‘zining mexanik xususiyatlarini yo‘qotadi. Shuning uchun, suyuqlikni quyayotganda rezervuar qanchalik zich yopilganligini tekshirish yaxshi. Suyuqlikni to‘rt-besh yilda bir marotabadan kam bo‘lmagan vaqtda almashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Suyuqlikni oqib ketishiga ko‘pincha zichlilikni buzilishi va gidroshlangning shikastlanishi sababchi bo‘lishi mumkin. Eskirgan shlang qayta qo‘llanilishi mumkin emas. Uni almashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |