Avtomobillarning foydalanish ko‘rsatkichlari



Download 185,83 Kb.
bet3/6
Sana13.04.2022
Hajmi185,83 Kb.
#549069
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AVTOMOBILLARNING FOYDALANISH KO‘RSATKICHLARI

Xizmat yuzasidan tormozlash deb avtomobilning tezligini pasaytirish yoki uni haydovchi oldindan ko‘zlangan joyga to‘xtatish uchun tormozlashga aytiladi.
Tasodifan tormozlash deb kutilmaganda qatnov qismida paydo bo‘lgan yoki kech aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori intensivlik bilan tormozlashga aytiladi.
Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.
Bulardan asosiysi eng katta sekinlashuv va to‘xtash yo‘li hisoblanadi.
Tormoz xususiyati ko‘rsatkichlari ularni aniqlash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda quruq asfaltga qaraganda avtomobilning tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida u yoki bu tormoz xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda aniqlangan sharoit ko‘rsatiladi. Odatda, avtomobilning tormoz yo‘li uning yoqilg‘i to‘la qo‘yilgan, bitta yo‘lovchisi bo‘lganda qattiq qoplamali gorizontal yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km tezlikda aniqlanadi. Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini aniqlash uchun maxsus pribor – dessalerometr qo‘llaniladi.


11-rasm. Avtomobilni tormozlash va to‘xtash yo‘li.


Tormoz yo‘li deb avtomobilning tormozlashni boshlagandan to u to‘la to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasiga aytiladi.
To‘xtash yo‘li deb to‘siqni ko‘rgandan to avtomobil to‘xtaguncha avtomobil bosib o‘tgan yo‘lga aytiladi.
Tormozlaganda avtomobil g‘ildiraklariga tortish kuchi emas, quyi- dagi rasmda ko‘rsatilganidek Rt1 va Rt2 tormozlash kuchi ta’sir qiladi. Bunda inersiya kuchi avtomobil harakat yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.
Tasodifan tormozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Haydovchi to‘siqni ko‘rib yo‘l vaziyatini baholaydi, tormozlashga qaror qilganda u oyog‘ini tormoz tepkisiga qo‘yadi. Bu amalni bajarish uchun ketgan vaqt Tp (haydovchining reaksiyasi vaqti) quyidagi rasmda AB qismga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtning avtomobil tezligini kamaytirmasdan Sp masofani o‘tadi. Keyin haydovchi tormoz tepkisini bosadi va asosiy tormoz silindridan bosim (yoki tormoz jo‘mragidan) g‘ildirak tormoz silindrlariga (tormoz kameralariga) uzatiladi. Tormoz yuritmasining ishga tushish vaqti Tpt ushbu rasmda VS qism oralig‘ida bo‘ladi. Tpt vaqti asosan tormoz yuritmasi konstruksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. U gidravlik yuritmali avtomo- billarda 0,6-0,8 sek (daqiqa)ni tashkil qiladi. Pnevmatik yuritmali avtopoyezdlar uchun bu vaqt 2-3 sek bo‘lishi mumkin. Tpt vaqtida avtomobil tezligini pasaytirmasdan Srt masofani bosib o‘tadi.

Download 185,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish