b) Yong‘indan saqlash talablari
1. AYQSh yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq yong‘inni o‘chirishning dastlabki vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak, Binolarda va AYQSh hududidagi barcha yong‘inni o‘chirish vositalari zudlik bilan qo‘llanish uchun doimo to‘liq soz va tayyor holatda bo‘lishi kerak.
2. AYQSh hududi qorong‘i (tungi) vaqtlarda mavjud normalarga muvofiq yong‘in vaqtida portlamaydigan yoritgichlar bilan yoritilgan bo‘lishi kerak.
3. AYQSh operatorlari maxsus kiyim, poyabzal va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
4. Momaqaldiroq paytida neft mahsulotlarini rezervuarlarga quyish va AYQShda transportga yonilg‘i quyish taqiqlanadi.
5. Portlash xavfi bo‘lgan joylarda ishlar uchqun chiqarmaydigan asboblar bilan bajarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |