Ekskovator bilan ishlaganda
Ekskovatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o‘rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.
Ekskovatorning o‘qi (stela) va cho‘michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo‘lgan masofasida odam bo‘lmasligi kerak.
Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak.
Ekskovatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |