Avtomobil yoʻli



Download 111,88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.05.2022
Hajmi111,88 Kb.
#611582
Bog'liq
Avtomobil yoʻli - Vikipediya



Avtomobil yoʻli
Avtomobil yoʻli
– avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil
yoʻli ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllarga
boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi va katta
iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarga yirik sanoat
markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy
yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari kiradi. Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti
sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi; qatnov
qismi; yoʻl cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq
koʻtarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (oʻrta qatlam) qum, shagʻal, tosh, shlak va
shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari
ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagʻal sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy
shimdirilgan shagʻal yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va
shagʻalga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari
kapital qoplamalar. Yoʻllarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator boʻlib
yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 – 2,5 m
boʻladi. Harakat qulayligini ta’minlash maqsadida ba’zan yoʻlning oʻrtasi ma’lum kenglikda
koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, koʻpriklar, tayanch
devorlar, himoya yoʻlaklari) barpo etiladi. Avtomobil yoʻlida suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari
boʻladi. Harakat xavfsizligini ta’min-lash uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya vositalari va
transport oqimini boshqarish qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika
xizmati koʻrsatuvchi stansiyalar, yonilgʻi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari
boʻyicha Avtomobil yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi ahamiyati va hisobiy
harakat jadalli-giga koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yoʻlida har
ikkala yoʻnalishda oʻrtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan koʻproq avtomobilga, hisobiy
tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yoʻlda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin


avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga moʻljallanadi. Xalq xoʻjaligida avtomagistrallarning
ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari
14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243
(1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda
759 (1990). 20-asr boshida Oʻzbekistonda 27 ming km yoʻl boʻlib, asosan ot-arava, karvon va
yoʻlovchilarga moʻljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shagʻal yotqizilgan edi. 1920-yilga
qadar yoʻl ishlari bilan munta-zam shugʻullanadigan davlat tashkiloti boʻlmagan. 1922-yil
noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil iyunda viloyat yoʻl boshqarmalari
tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yoʻl qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan
shugʻullangan. 1932-yildan yoʻl qurilishida bitum va shagʻal aralashmasi keng qoʻllanildi. 1928 –
32 yillarda respublikada birinchi boʻlib uz. 62 km boʻlgan qora qoplamali Buxoro – Gʻijduvon –
Qiziltepa yoʻli, soʻngra Samarqand – Panjakent, Toshkent – Pskent – Murotali, Qoʻqon –
Shoʻrsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yoʻllar qurildi.1929-yilda Respublika XKS huzurida
yoʻllar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi, 1930-yilda "Oʻzyoʻlqurilishtrest" aksiyadorlik
jamiyati tashkil etildi. 1941-yil gacha uz. 708 km boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti, hashar yoʻli
bilan Toʻytepa – Angren, Samarqand – Jizzax – Navoiy, Fargʻona – Gorchakova kabi qoplamasi
yaxshilangan yoʻllar qurildi. 1953-yil Oʻzbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda OʻzSSR
MS huzuridagi yoʻllar bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Avtomobil transporti va tosh
yoʻllar vazirligi tashkil etildi. 1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957-yil Toshkent –
Qoʻqon (Qamchiq dovoni orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957-yil
respublika avtomobil yoʻllari tarmoqlari roʻyxati oʻtkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz,
Toshkent avtomobil halqa yoʻli, Samarqand halqa yoʻlining 1-navbati, Nurota – Boymurot –
Oqtov, Qoʻqon ay-lanma yoʻllari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yoʻl qurilishida yangi
mashina va mexanizmlarni qoʻllash kengaydi, yoʻl qurish industriyasining asfalt-beton,
134koʻpriklar qurish uchun yigʻma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari
ishga tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xoʻjaligida yuklarning 90% dan koʻprogʻi avtomobil
transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro
andozalar ta-lablariga toʻliq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport
kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yoʻllarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga
binoan Koʻshni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng qisqa va ishonchli
transport yoʻllarini bar-po etish, mavjud avtomobil yoʻllarini xalqaro andozalarga moslash.
yoʻllarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar
bilan bogʻlaydigan yoʻllar qurilishi masalalariga e’tibor kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda "Avtomobil
yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993-yil fevralda Oʻzbekiston
avtomobil yoʻllarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ("Oʻzavtoyoʻl") ish
boshladi (1969 – 1993-yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va
viloyatlar avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 512


yoʻllarni asrash va ulardan foydalanish boʻlimlari, "Oʻzyoʻlloyiha" yoʻl va inshootlar qurish, qayta
qurish va ta’mirlash loyiha-qidiruv instituti, koʻprik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa
korxonalar bor.Oʻzbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – Oʻsh –
Ergashtom – Kashqar avtomobil yoʻlini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000). Respublikaning
oʻzida Fargʻona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel) orqali bogʻlaydigan yirik
Avtomobil yoʻli hamda Qoʻngʻirot – Beynov avtomagistrali qurilishi jadal olib borilmoqda,
umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq boʻlgan Andijon–Toshkent–Nukus–Qoʻngʻirot avtomagistrali
qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan yoʻl xoʻjaligi va zamonaviy talablarga
javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga ega.
Mamlakatdagi avto-mobil yoʻllarining jami uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan
avtomobil yoʻllarining uz. 43,4 ming km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat
(respublika), 21459 km mahalliy (viloyat) ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻldir. Shuningdek respublika
idoralar (korxo-na, jamoa xoʻjaliklari, xoʻjalik tashkilotlari)ga qarashli yoʻllar ham
mavjud.Oʻzbekistonda umumiy foydalanuvdagi jami yoʻllarning 95,6% iga qattiq qoplamalar
yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali yoʻllar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali
yoʻllar 49,6% (21819 km), qora shagʻalli va qora qoplamali yoʻllar 40,6% (17796 km)ni tashkil
etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil yoʻli 1-toifali yoʻlga kiradi.Murodullo Abdullayev,
Vohid A’za-mov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Avtom
obil_yo%CA%BBli&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar


Soʻnggi tahrir 5 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Avtomobil_yo
ʻ
li&oldid=24012
00
" dan olindi

Download 111,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish