Rezinaning cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi deganda, rezina ma-terialning nisbiy uzunligining materialning dastlabki uzunligiga nisbati tushuniladi.
Avtomobilning eng muhim rezina detallarini ta’mirlashda keng qo‘llaniladigan uch turdagi rezina materiallarining ba’zi standart ko‘rsatkichlari 10. 2- jadvalda keltirilgan.
10. 2-jadval
Avtomobil shinalarini ta’mirlashda ishlatiladigan rezinalar
mexanik xususiyatlarining asosiy ko‘rsatkichlari
|
Uzilishdagi
|
Uzilishda-
|
Uzilishdagi
|
Shor
|
|
|
mustahkam-
|
gi nisbiy
|
qoldiq
|
|
Nomlanishi
|
bo‘yicha
|
|
lik chegarasi,
|
uzayishi, %,
|
uzayish, %,
|
|
|
qattiqligi
|
|
|
MPa, kamida
|
kamida
|
kamida
|
|
|
Protektor
|
14
|
450
|
–
|
55–65
|
|
Kamera
|
9
|
550
|
40
|
–
|
|
Ta’mirlash uchun
|
20
|
500–850
|
40
|
kamida
|
|
qatlamli rezina
|
45
|
|
|
|
|
|
Rezina materialning nisbiy va qoldiq uzayishi birgalikda rezi naning elastiklik xususiyatini tavsiflaydi. Nisbiy va qoldiq uzayish-lar orasidagi farq qanchalik katta bo‘lsa, rezina materialning elas-tiklik xususiyati shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Kauchuk va rezinalar mexanik xossalariga ko‘ra elastik (egiluv chan) jismlar va suyuqliklardan farq qiladi. Ular nisbatan kichik kuchlanishlarda ham yuqori qator deformatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan yuqori molekulali birikmalardir. Bu xildagi deformatsiya yuqori elastik deformatsiya, materialning o‘zi esa elastomerlar deb ataladi.
Kauchuk va rezinalarda qaytar deformatsiya bilan bir qatorda qaytmas deformatsiya ham mavjud. U qoldiq deformatsiya deb ham yuritiladi. Qoldiq deformatsiyaning paydo bo‘lishi kauchuk molekulasida ayrim qismlarning bir-biriga nisbatan o‘z joyini o‘zgartirishi bilan tushuntiriladi. Kauchuk vulkanizatsiya qilin-
249
ganida (rezina hosil bo‘lishi), polimerning chiziqli uzun moleku-lalari bir-biri bilan mustahkam kimyoviy bog‘lar orqali birikadi va o‘zaro erkin harakat qilish xususiyatini yo‘qotadi. Shuning uchun rezinada qoldiq deformatsiya keskin kamayadi. Shu sababli ko‘rsa-tilgan materiallarda qaytar va qaytmas deformatsiyalar nisbati har xil bo‘ladi: kauchukda qaytmas deformatsiya ustunlik qilsa, rezina-da qaytar yuqori elastik deformatsiya ustunlik qiladi.
Barcha kauchuklarning vulkanizatlari (ebonitdan tashqari) yuqori haroratlarda siljuvchanligi bo‘yicha tashqi ko‘rinishdan metallarga o‘xshash bo‘ladi. Rezinaning yuklangan holatda bo‘li-shi natijasida qoldiq deformatsiya vujudga keladi. Rezina yukla nish holatida qancha ko‘p muddat bo‘lsa, qoldiq deformatsiyaning miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Natijada kuchli deformat-siyalangan detallar vaqt o‘tishi bilan o‘z shaklini va o‘lchamini o‘zgartiradi va asl holatiga qaytmaydi. Bunday hollar yupqa de-vorli buyumlarda yana-da yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, toza rezina va hatto armirlangan shlanglar uzoq muddat uyum holatida saqlanganida ular ezilgan shaklga kiradi, shlanglar o‘tkir burchak ostida bukilgan joylaridan qirqilib qoladi, ularni qayta tiklashning imkoni bo‘lmaydi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelish mum-kin: rezina detallarini uzoq muddat yuqori ishlovchanlik xususiya-tining saqlanishini ta’minlash uchun ularni saqlashda, shuningdek, avtomobillarni ishlatishda shunday sharoit yaratish kerakki, bunda detallarda hosil bo‘ladigan kuchlanish va deformatsiya mumkin qa-dar kichik bo‘lishi lozim. Detallarni saqlashda bunday sharoitlarni yaratish nisbatan oson kechadi, avtomobillarni ishlatish jarayonida esa nisbatan murakkab.
Misol sifatida muhim vazifalarni bajaruvchi va qimmatba-ho bo‘lgan avtomobil pokrishkalarining xususiyatlarini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarga to‘xtalamiz. Avtomobil pokrishkalarini saqlashda ularni ustma-ust taxlashga ruxsat etilmaydi. Ularni faqat maxsus stellajlarga tik holda bir qator qilib joylashtirish lozim, shu bilan birga, davriy ravishda (har 2–3 oyda) protektorning stellaj poliga tegib turgan qismini almashtirib turish lozim.
250
Avtomobillarda ishlatilayotgan pokrishkalarning yaxshi saqla-nishini ta’minlash uchun yuklanmagan avtomobilning bir joyda to‘xtab turish muddati 10 kundan ortiq bo‘lmasligi (to‘la yuklan-gan avtomobil uchun 2 kun) lozim. Yuqorida keltirilgan muddat-lardan ortiq vaqt davomida avtomobil harakatsiz turadigan hollar-da avtomobilni pokrishkalari yerga tegmaydigan holatda bo‘lishi ta’minlanadigan qilib maxsus tayanchlarga ko‘tarib qo‘yish lozim. Avtomobil ochiq havoda uzoq muddat turib qolganida uni 20–
25 min davomida ko‘pi bilan 15 km/soat tezlik bilan yurgizish, ke-yin asta-sekin tezlikni oshirish zarur.
Shinalarni texnik ekspluatatsiya qilishda ularning ortiq yuk-lanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulardagi havo bosimini me’yorda bo‘lishini ta’minlash lozim. Bu talablar nafaqat shinaning shakli va o‘lchamlarini saqlashga qaratilgan, balki ularning ish muddati-ni kamaytirmaslikka (10. 1- va 10. 2- rasmlar), ulardan juda ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga (10. 6- va 10. 7- rasmlar) va yonilg‘i sarfining ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
1- rasm. Yuklanish miqdori P ning (ruxsat etilgan maksimal yuklanishga nisbatan % hisobida) shinaning
Do'stlaringiz bilan baham: |