Poliuretan smola asosidagi yelimlar. Poliuretan smola asosi-dagi yelimlarning adgezion xususiyati yaxshi bo‘lib, xona harorati-da va qaynoq holda ishlatish mumkin. Yelim tayyorlashda poliefir va poliizotsianatlarning gidroksidlaridan foydalaniladi. Poliure-tan smoialar asosidagi yelimlar metall va metallmas materiallarni yelimlashda ishlatiladi. Hosil qilingan birikmalar quyidagi xususi-yatlarga ega bo‘ladi: neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, titrash va zarb ta’siriga mustahkamligi yuqori, haroratning tezlik bilan o‘zga-rishiga chidamli.
Poliuretan smola asosidagi yelimlar Вилад 11К–1, Вилад 13– 2M, ГПК 24–11, КЛМ–1, РУ–2, ВК–5, ВК–11 kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar ning siljishdagi mustahkamligi 3–20 MPa oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60 dan 200°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 6 oygacha (ba’zi bir markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |