Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi


Ishlatilgan neft mahsulotlarining



Download 1,52 Mb.
bet61/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Ishlatilgan neft mahsulotlarining

8. 2- jadval










fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari







Ko‘rsalkichlar




Guruhlar uchun me’yorlar







IMM

ISM

INMA













Kinematik qovushoqlik, mm2/s (kamida)













50°C da 100°C da




25 5

5






Shartli qovushoqlik 20°C da (kamida)




29

13






Alangalanish harorati, °C (kamida)




100

120






Moylardagi aralashmalarning massa

bir­













ligidagi ulushi, % (ko‘pi bilan):
















mexanik aralashmalar




2

2

3




suv




4

4

5




yonilg‘i




6

6






Ishlatilgan neft mahsulotlari texnik xizmat ko‘rsatish punktlari va stansiyalari, neft omborxonalarida, moy tarqatish punktlarida va ta’mirlash ustaxonalarida, shaxsiy, korxona va tashkilot transport vositalaridan va texnikaning boshqa turlaridan qabul qilib olina-di va yig‘iladi. Bunda ishlatiladigan mahsulot idishlariga ko‘zi 1 sm2 dan oshmagan to‘r o‘rnatilgan voronkalar orqali quyiladi. Ishlatilgan neft mahsulotlarining sifati neft bazasi va neft omborlari laboratoriyalarida aniqlanadi. Bundan tashqari, tezkorlik bilan tek-shirish uchun ЛАОН ko‘chma laboratoriyasidan ham foydalaniladi, uning tarkibidagi uskuna va asboblar bir zumda neft mahsulotlari­ ning namunasini olish va asosiy fizikaviy-kimyoviy ko‘rsatkichlari (mexanik aralashmalar va suv miqdori, alangalanish harorati)ni 0,5–1,3 soatda aniqlash imkonini beradi.


Moylarning tarkibida ekspluatatsiya sharoitida murakkab jara­ yonlar natijasida (oksidlanish, termik parchalanish, mexanik if­ loslanish, suv bilan aralashish, suyulish) turli tarkibga ega bo‘lgan


195
qo‘shilmalar uning xususiyatlarini pasaytiradi, bu esa, o‘z navbati-da, moyning sifat ko‘rsatkichlarini har xil usullar qo‘llab tiklashni talab etadi.

Moylarni tozalash va sifat ko‘rsatkichlarini tiklashda ular tarkibidagi eskirish mahsulotlarini fizikaviy va kimyoviy usullar bilan chiqaruvchi texnologik operatsiyalar qo‘llaniladi.


Fizikaviy usullarga ishlatilgan moylarni kuchlar maydonida gravitatsion, markazdan qochma, elektrik, magnit va tebranma kuchlardan foydalanilanish hamda filtrlash usullari kiradi. Moylar-ni gravitatsion usulda tozalash-cho‘ktirishda muallaq suzayotgan qattiq zarrachalar va suv mikrotomchilari og‘irlik kuchi ta’sirida tindiriladi. Eng oddiysi statik tindirish jarayoni bo‘lib, bu davriy harakatlanuvchi tindirgichlarda amalga oshiriladi. Lekin bu usulni qo‘llash ko‘p vaqt talab etadi, yaxshi tozalash darajasiga erishish uchun esa moyni qizdirib uning qovushoqligini pasaytirish kerak bo‘ladi.


Uzluksiz va yarim uzluksiz dinamik tindirgichlarni qo‘llash va ularni tindirish jarayonlarini tezlashtirish moslamalari bilan jihoz­ lash tozalash samarasini oshiradi, lekin qurilma murakkablashib uni ishlatish qiyinlashadi. Agar moy tarkibida yuvuvchi qo‘shilmalar yoki zarrachalarning agregatlanishiga va suv mikrotomchilarining koagulatsiyalanishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar mavjud bo‘lsa, cho‘kish jarayoni sekinlashadi va ishlatilgan moyni iflosliklardan tozalash darajasi pasayadi.


Tozalash jarayonini markazdan qochma kuchlar maydonidan foydalanib tezlashtirish mumkin. Bunday kuch maydonlarini ikki usulda hosil qilish mumkin: qo‘zg‘almas apparat moy oqimining aylanma harakati – gidrosiklon va moy oqimini aylanuvchi appa-ratga berish – sentrifugaga berish. Moy oqimining gidrosiklonda-gi harakat shakliga qarab, siklonlar to‘g‘ri va teskari oquvchilarga bo‘linadi. Teskari oquvchi gidrosiklonlar ko‘proq ishlatiladi, ular ko‘proq gidravlik qarshilikka ega. Tozalanish darajasini oshirish uchun moy oqimining gidrosiklonga kirishdagi tezligi oshiriladi yoki bir necha gidrosiklonlar ketma-ket o‘rnatiladi.


196

Sentrifugalarda markazdan qochma kuch apparatning qo‘zg‘a­ luvchan qismi – rotorni aktiv elektrik, gidravlik va mexanik hara­ katga keltirishi yoki tozalanayotgan moy oqimi energiyasidan foy-dalanuvchi reaktiv kuch yordamida harakatga keltirishi mumkin. Siklonlarda yuqori tozalanish darajasiga erishish mumkin. Ularda yuqori gidravlik qarshilik ko‘rsatish natijasida doimiy o‘tkazish qobiliyati ta’minlanadi, lekin ularning konstruksiyasi nisbatan murakkab va ishlatish ancha qiyin.

Moylarni qattiq zarrachalardan tozalash uchun bir xil yoki har xil elektromaydonli elektr tozalagichlar ishlatiladi. Bir jinsli may-don ishlatilganida, moy har xil zaryadlangan elektrodlar oralig‘idan o‘tkaziladi va elektrodlarda zarrachalar ushlanib qoladi. Bunda zaryadlarning qayta zaryadlanish hollari sodir bo‘lishi, keyin esa moy oqimi bilan qisman oqib ketish hollari bo‘ladi. Ko‘p jinsli elek-trik maydondan foydalanishda zarrachalar oldindan ionlashtiriladi, keyin qarama-qarshi zaryadlangan elektrodlarga ko‘chadi.


Moydagi suvni doimiy yoki o‘zgaruvchan elektr maydonida biqutb koalessensiya yoki dielektroforez hodisasidan foydalanib ajratish mumkin. Birinchi holda suv tomchilaridan dipol moment-lari hosil bo‘lib, ularni bir-biriga tortib birlashtiradi. O‘zaro torti­ shish kuchi maydon kuchlanishining oshishiga qarab ma’lum kritik qiymatgacha oshib borib, keyin tomchilar parchalanadi. Dielek-troforezda suvning tomchilari ko‘p jinsli elektr maydoni ta’sirida elektrodlarning biriga qarab harakatlanadi, zaryadlanadi, keyin qa-rama-qarshi zaryadlangan elektrodga tortiladi, tomchilarning elek-trodlar orasida bir necha marta qo‘zg‘alishida ular bir-biri bilan to‘qnashadi, qo‘shilishadi va tindirgichda cho‘kadi.


Ishlatilgan moy tarkibida ko‘p miqdordi ferromagnitli iflosla­ nishlar bo‘ladi, ular qism va tarmoqlarning yeyilishi natijasida va tashqaridan tushadi. Moyni aralashmalardan tozalash uchun mag-nit maydonlaridan foydalanishga asoslangan magnit tozalagichlar ishlatiladi. Bu tozalagichlarda moylar ferromagnit, diamagnit va paramagnit zarrachalaridan tozalanishi mumkin.


197
Ishlatilgan moylarni tozalashda, shuningdek, gidrodinamik va mexanik usullar bilan kuzatiladigan yumshoq tebranishlar may-doni ham qo‘llanilishi mumkin. Bunda qattiq zarrachalarning koa­ gulatsiyasi hosil bo‘lib, ularni cho‘ktirish yoki g‘ovak to‘siqlar orqali tozalash usuli bilan osongina ajratib olish mumkin. Moylarni tozalashda tozalash mayinligi dag‘al tozalash (70–100 mkm), o‘r­ tacha (20–60 mkm), mayin (1–20 mkm) va ultrafiltrlardan (0,1 mkm dan kam) tozalovchi material sifatida foydalaniladi.


Moylardan organik iflosliklarni chiqarib tashlash uchun ul-trafiltrlash va teskari osmos hodisasi yoki membran jarayonlari qo‘llaniladi. Membran jarayonlar yarimo‘tkazgich to‘siqlar yor-damida bir xil moddalarning molekulalarini o‘tkazib, qolganla-rini ushlab qolish xususiyatiga asoslangan. To‘siqlar sifatida po-limer plyonkalar, g‘ovak shisha, zar qog‘oz va ion almashtiruvchi moddalar ishlatiladi. Fizikaviy tozalash usullaridan tashqari fizik-kimyoviy usullari ham qo‘llanadi. Ishlatilgan moylarni adsorbsion usulda tozalashda quyidagi sorbentlar ishlatiladi: tabiiy sorbent-lar – oqlovchi loy, oksidlar, tabiiy seolitlar; sun’iy sorbentlar – se-ligakel, aluminiy oksidi, alumosilikatli birikmalar, sintetik seolitlar. Ishlatilgan moylarni tozalash uchun katta g‘ovakli seligakel KSK donachalari (diametri 3–7 mm li) va aluminiyning aktiv oksidi (di-ametri 3–6 mm, 10–25 mm uzunlikdagi sterjenlar shaklida hamda dona shaklida) ishlatiladi.





Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish