Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil etish asoslari



Download 49,5 Kb.
bet1/6
Sana16.12.2022
Hajmi49,5 Kb.
#888517
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil etish asoslari


Avtomobil transportida yuk tashishni tashkil etish asoslari.

Reja.
1. Yuk va taralar to‘g‘risida ma’lumot.


2. Avtotransport korxonalarining yuk tashish hajmi va yuk oboroti.
3. Yuk oqimlari.
4. Avtomobillarda passajirlar va yuk tashish tasnifi.
5. Tashishni tashkil etish tamoyillari.
6. Yuklarni tashish bilan birgalikda amalga oshiriladigan operatsiyalar.

1. Yuk va taralar to‘g‘risida ma’lumot.
Yuk tashishni tashkil etish deyilganda yuklarni belgilangan joyga o‘z vaqtida va urintirmagan xolda minimal pul va moddiy harajat bilan yetkazib berish bilan bog‘liq transport operatsiyalari tizimi tushuniladi.
Avtomobil transportida yuk tashish va uni rejalashtirish asoslari quyidagilardan iborat:
- xalq xujaligi rejasi asosida joriy (yil, chorak, oy) va operativ (kun, smena) yuk tashish rejalari tuzish;
- mijozlar (yuk igalari) va avtomobil transporti korxonasi o‘rtasida shartnomalar tuzish;
- transport vositasining joylardagi ishini tashkil etish va uni boshqarish;
- bajariladigan ishlarni nazorat qilish, xisoblab borish va taxlil etish.
Yuk tashish obektlariga kon qazish va ishlov berish sanoatlari, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlarning maxsulotlari hamda uy ruzg‘or buyumlari kiradi. Egasiga yetkazib berish maqsadida qabul qilinib, tashlayotgan predmetlar yuk deb ataladi. Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan iborat bo‘lishi mumkin. Tashilgan barcha yuklar tonnada ifodalanuvchi og‘irlik o‘lchamida bo‘lishi shart. Boshqa o‘lchamlar (litr, dona, ko‘b metr) tonnaga o‘tkaziladi. Aksariyat yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, yukning tara bilan og‘irligi brutto, taraning o‘z og‘irligi tara deb ataladi.
Turlariga kura; sanoat, qishloq xo‘jalik, savdo va kommunal xo‘jalik yuklari bo‘lishi mumkin.
Ortish-tushirish ishlariga ko‘ra yuklar: donali, uyub tashiluvchi va quyuluvchi yuklarga bo‘linadi.
Og‘irligiga ko‘ra yuklar meyoriy og‘irlikdagi va og‘ir massali yuklarga bo‘linadi. Tarali va donali yuklarning joiz meyoriy og‘irligi-250kg, dumalatiladigan yuklar uchun-400kg ko‘rsatilgan miqdordan og‘ir yuo‘lgan yuklar og‘ir massali yuklar qatoriga kiritiladi. Agar yuk og‘irligi 4-5 tonnadan ortiq bo‘lsa, uni tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinadi.
O‘lchamlarga ko‘ra yuklar: gabaritdagi, ya’ni avtomobilning standart kuzovida tashilishi mumkin bo‘lgan yuklar va nogabarit yuklarga bo‘linadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5 m, eni 2,0 m va o‘zinligi 3,5 m (o‘zin o‘lchovli yuklardan tashqari)da ortiq o‘lchamli yuklar kiradi. O‘zin o‘lchamli yuklarga o‘zinligi kuzov o‘zinligiga qushimcha uning uchdan bir qismi va undan ham o‘zin yuklar kiradi.
Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN) ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) o‘rnatilgan xolda tashilishi mumkin.
Tashishdagi xavfsizlik darajasiga ko‘ra yuklar MDX davlatlarida 7 guruxga bo‘linadi:
1-gurux – xavfliligi kam (qum, shag‘al, tuproq, g‘isht va h.k.);
2-gurux – tez alangalanuvchi yuklar (benzin, atseton, kinoplyonka va h.k.);
3-gurux – issiq va chang chiqaruvchi (sement, asfalt, oxak va h.k.);
4-gurux – kuydiruvchi (kislota va ishqorlar);
5-gurux – balonda tashiluvchi siqilgan va suyultiruvchi gazlar;
6-gurux – nogabarit (o‘lchamiga ko‘ra xavfli yuklar);
7-gurux – portlavchi, zaxarli va radioktiv moddalar.
Ortish va tushirish, tashish va saqlash operatsiyalarida yuklar bo‘zilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi. Taralar mustaxkam, ko‘p marotaba foydalanishga muljallangan va iloji boricha, arzon materiallardan yasalgan bo‘lishi zarur.
Tara individual va umumiy bo‘lishi mumkin. Individual qilib yasalgan taralar bir turdagi buyumlarnigina tashishda ishlatiladi, umumiy taralar transportda juda kam ishlatiladi.
Taralar quyidagicha ajratiladi:
- qattiqlik darajasiga ko‘ra: a) ma’lum shaklli qattiq (yashik, bochka va h.k.); b) yumshoq (qoplar), o‘z shaklini yuk tuldirilgandan so‘ng oladi; v) o‘rtacha qattiqlikdagi;
- materialiga ko‘ra: yog‘ochdan yasalgan; shishali, sopol (kiramika), qog‘oz-kartonli, tuqima korzina.
Yashik, qoplar (matoli, qog‘oz qop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan, polietelen (mineral o‘g‘itlar uchun), metal va yog‘ochli bochka va boshqa taralar ko‘proq ishlatiladi.
Odatda, tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida yuklarning butligini saqlash maqsadida taralar markirovkalanadi. Markirovkalash 4 xil bo‘ladi:
tovar markirovkasi – ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk turi va uning og‘irligi ko‘rsatiladi;
yuk markirovkasi – junatilish va qabul qilinish joyi (punkti), yuk jo‘natuvchi va qabul etuvchilar ko‘rsatiladi;
transport markirovkasi –to‘ldirilgan tovar hujjati nomeri (tartibi) va joylar soni ko‘rsatiladi;
maxsus markirovka – yukning ayrim xususiyatlari ko‘rsatiladi: “surilmasin”, “ustki qismi”, “ixtiyot bo‘ling-sinadi” yoki fujer rasmi, “nurdan saqlaning” va h.k.
Markirovkada ko‘rsatilgan talablarni bajarish tashuvchilar, ortish va tushirish operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va boshqa shaxslar uchun majburiydir.
Taralar konteyner va tagliklar ko‘rinishida bo‘ladi.
Konteyner – bu ko‘p marotaba ishlatuvchi tara bo‘lib, ular transport vositalaridagi orti-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi.

Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish