Avtomobil transmissiyasining chizmasi. U avtomobilning umumiy kompanovkasidan, ya'ni dvigatelni joylashtirilishi, yetaklovchi ko'priklarni joylashishi va soni, transmissiyaning ko'rinishidan aniqlanadi.
G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan mexanik transmissiyali avtomobillarda ko'pincha dvigatel oldinda joylashgan, orqa g'ildiraklar yetaklovchi va transmissiya agregatlari markazda joylashgan bo'ladi. Bu yerda (75-chizma, a) dvigatel (1), ilashma (2) va uzatmalar qutisi (3) bitta blokka birlashtirilgan va kuch agregatini hosil qilgan. Aylantiruvchi moment uzatmalar qutisidan (3) kardanli uzatma (4) vositasida orqa yetaklovchi ko'prikka (5) uzatiladi.
G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan BA3-2108 old yuritmali avtomobilning transmissiyasi (75-chizma,b) muhim farqqa ega. Ushbu chizmaning o'ziga xos tomoni, boshqariladigan g'ildirakli oldingi ko'prikni yetaklovchi qilinganligidir.
Bu esa dvigatel (1), ilashma (2), uzatmalar qutisi (3), yetaklovchi ko'prik mexanizmlari (5) (asosiy uzatma va differensial) oldingi boshqariladigan g'ildiraklar bilan biriktirilgan burchakli tezligi teng kardanli sharnirlarni (6) yagona kuch agregatiga birlashtirishni talab etdi.
chizma. Transmissiya shakllari:
a- 4x2 avtomobilning;
b-old yuritmali 4x2 avtomobilning;
d- 4x4 avtomobilning;
e- 6x4 avtomobilning transmissiyasi.
Oldingi va orqa ko’priklari yetaklovchi bo’lgan avtomobil transmissiyasining shakli 75-chizma, d da keltirilgan (UAZ-469 avtomobili). Bu chizmaning o’ziga xos tomoni shundaki, transmissiyada aylantiruvchi lahzani oraliq kardanli vallar (9) orqali oldingi (8) va orqadagi (5) yetaklovchi ko’priklarga uzatuvchi taqsimlash qutisi qo’llanadi.
Taqsimlash qutisida old ko’prikni ulash hamda uzish uchun qurilma va avtomobil g’ildiraklaridagi aylantiruvchi lahzani zarur paytda sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi qo’shimcha pasaytirish uzatmasi mavjud.
Uch o’qli KamAZ yuk avtomobilidagi mexanik transmissiyaning shakli (75- chizma, e) da keltirilgan. Bu avtomobillarda o’rta (10) va orqa (5) ko’priklar yetaklovchidir. Ularga aylantiruvchi lahza bitta kardanli val (4) bilan uzatiladi, o’rta ko’prikning asosiy uzatmasida esa o’qlararo differensial va orqa ko’prik yuritmasining kardanli valiga (11) aylantiruvchi lahza uzatuvchi o’tish vali ko’zda tutilgan. Uch o’qli avtomobillar transmissiyasining boshqa chizmalarida yetaklovchi ko’priklarga aylantiruvchi lahza taqsimlash qutisidan alohida kardanli vallar yordamida uzatish mumkin (Ural-375).
Elektromexanik transmissiyali avtomobillarda (BeLAZ) dizel dvigateli o’zgarmas tok generatorini aylantiradi, undan energiya simlar orqali g’ildiraklar elektr dvigateliga uzatiladi. G’ildirak elektr dvigateli pasaytiruvchi mexanik reduktor bilan birgalikda g’ildirak gardishiga (to’g’iniga) o’rnatiladi. Bunday konstruksiyani elektromotor-g’ildirak deyiladi.
Xulosa
O‘zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligining turli xil tarmoqlarida foydalanish tarixi o‘tgan asrning boshlariga borib taqaladi. oshkentda dastlab XX asrning boshlarida ikkita elektr stansiya qurilgan. 1913 yilda O‘zbekiston hududida umumiy quvvati 3 kvt. bo‘lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ularning yillik quvvati 3, 3 mln. kvt. ga teng edi.
O‘zbekistonda GESlar qurish ishlari 1926 yilda Toshkentda Bo‘zsuv GESini qurish bilan boshlandi. O‘sha davrda Bo‘zsuv GESi O‘rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti edi. Ikkinchi jahon urushigacha Bo‘zsuv daryosida va Bo‘zsuv kanalida Qodiriya, Bo‘rjoy, ovoqsoy va boshqa GESlar qurildi. Shuningdek, mamlakat elektr energiya balansida suv resurslaridan foydalanish ham sezilarli darajada o‘sdi. Qator daryolar hamda kanallarda suv omborlarning to‘g‘onlarida yangi GESlar qurildi. Ular orasida respublikamizda eng yirik – Chorvoq GESini ko‘rsatish mumkin. Bu borada ham sof mustamlakachilik siyosati olib borildi. Jumladan, arzon elektr energiyasini ishlatgan holda yirik kombinatlarning ishga tushirilishi va ulardan milliy boyliklarimizni tez va oson tashib ketishning vositasi sifatida foydalanilar edi. Bundan tashqari, GESlar qurilishi natijasida vujudga kelgan suv omborlari esa yangi yerlarni sug‘orishga imkon bergan bo‘lsada oqibatda O‘zbekistonda paxta yakkahukmronligining o‘rnatilishi jarayoniga o‘zining sezilarli ta’sirini ko‘rsatgan edi.
Mustaqillikdan so‘ng, barcha sohalar qatori, iqtisodiyotda, jumladan, energetika sohasida jadal islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bu islohotlarning muvaffaqiyati, avvalo, sohaning huquqiy asosini yaratishga bog‘liq edi. Islohotlar asosan bosqichma bosqich amalga oshirildi. Davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi asosiy, g‘oyat muhim strategik qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqildi va uning farmonlari bilan tasdiqlandi. Ayni shu qonunlar va islohotlarning asosiy mazmunini va ularni amalga oshirishning muhim bosqichlarini o‘zida aks ettiradi.
Shu bilan birga, istiqlol yillarida energetika mustaqilligiga erishishga mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili sifatida jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Soha xodimlari oldiga ishlab chiqarishga yuqori samarali hamda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va taqsimlash xarajatlarini kamaytirish, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi. Shundan kelib chiqib, tarmoqda keng ko‘lamli modernizatsiyalash, texnik hamda texnologik yangilash, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli loyiha va dasturlar amalga oshirila boshlandi.
Bu borada muqobil energiya ishlab chiqarish tadbirlari ham olib borildi. Jahon iqtisodiyotida energiyaga bo‘lgan talabning yil sayin ortib borayotgani, ayni paytda an’anaviy uglevodorod xom ashyosi bo‘lmish neft hamda gazning yangi anbalarini o‘zlashtirish tobora qiyinlashib borayotgani ham muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ahamiyatini bir necha bor kuchaytirib yubordi. Bundan tashqari, qazib olinayotgan yonilg‘ini sarf etish miqdori misli ko‘rilmagan darajada ortib borayotgani, uning atrof-muhit va aholi salomatligiga sezilarli tarzda ta’sir ko‘rsatayotgani ham bu jarayonga e’tiborni kuchaytirdi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, chorak asrlik taraqqiyotimiz davrida mamlakatimiz energetika mustaqilligiga erishib, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi energetika salohiyati yuksak davlatga aylandi. Bu jarayonda barcha elektr stansiyalarining parallel va sinxron ishlashini ta’minlaydigan, joylashgan hududidan qat’i nazar, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish va eksport qilish imkoniyatiga ega yagona energetika tizimi ham vujudga keldi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda mazkur sohadagi munosabatlar “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi, “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunlari bilan tartibga solindi. Bu borada Birinchi Prezidentimizning 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni alohida ahamiyatga molik hujjat sanaladi. Farmondan ko‘zda tutilgan maqsad to‘plangan tajribani e’tiborga olgan holda va tadqiqotlar hamda tajriba-sanoat ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy darajada o‘tkazishni yanada davom ettirish, jahon tajribasini hisobga olib, yurtimiz sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim yechimlarni amalda qo‘llash, shuningdek, mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni shu yerda ishlab chiqarishni tashkil qilish choralarini ko‘rishga qaratilgan. Eng muhimi, unda soha qonunchiligini takomillashtirib, “Muqobil energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish lozimligi belgilangan. Chunki
yurtimizda yilning 270 kuni quyoshli bo‘ladi va bu energiya ishlab chiqarish uchun yaxshigina imkoniyatdir. O‘zbekistonning yalpi quyosh energiyasining yillik salohiyati qariyb 51 milliard tonna neft ekvivalentiga va texnik salohiyati 179 million tonna neft ekvivalentiga tengdir.
Davlatimiz rahbarining «Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiyishlab chiqarish birlashmasi negizida tashkil qilingan Xalqaro quyosh energiyasi instituti mamlakatimizda muqobil energiya manbalari sohasini rivojlantirishning mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tejab ishlatish borasida ham keng miqyosdagi tadbirlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |