Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/53
Sana23.01.2022
Hajmi8,73 Mb.
#406554
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

1
2
11
12
10
9
8
7
6
3
4
5


133
nuqsonlarning  joylashish sxemasi keltirilgan. Yakorlarning taxmi-
nan 3%  ga yaqinini  ta’mirlab  bo‘lmaydi va ular yaroqsiz   deb
hisoblanadi.
Elektr qismiga taalluqli nosozliklar, masalan, yakor chulg‘a-
mining  uzilishi  yoki qisqa  tutashuvi  Ý-236 rusumidagi asbob
yordamida aniqlanadi.  Bu asbobning   prinsiðial elektr sxemasi
6.6-rasmda keltirilgan. Asbobning  yuqori qismida transformator
(1) ning ikkita prizma shaklidagi  o‘zagi joylashgan bo‘lib, unga
diagnostika qilinuvchi yakor joylashtiriladi. Rejimlarni almashlab-
ulagichi (9) yordamida tekshirish turi o‘rnatiladi: izolatsiya holati-
ning nazorati, yakor chulg‘amidagi qisqa tutashgan seksiyalarni
yoki seksiya o‘ramlarining to‘g‘ri yo‘nalganligini aniqlash. Nazorat
lampasi (3) va milliampermetr (4) lar yakor nuqsonini aniqlash
uchun  indikator  yoki  hisobni  boshlash  elementi  hisoblanadi.
Schup (7) asbobni yakorning nazorat qilinayotgan joylariga ulash
uchun xizmat qiladi.  Taxminan 10% ga yaqin yakorlarda o‘ramlararo
va qisqa tutashuvlar hamda chulg‘amning joyidan siljish hollari
6.6-rasm.  Yakor  chulg‘amini  tekshirish  uchun  ishlatiladigan
Ý-236  rusumidagi  asbobning    elektr  sxemasi:
— transformator;  — to‘g‘rilagich; — nazorat lampasi; — milliamper-
metr;  — milliampermetrni rostlaydigan reostat; — kollektorni  nazorat qilish
schupi;  7  —  chulg‘amlar  izolatsiyasining  qarshiligini  nazorat  qilish  schupi;
— tekshirish turini almashlab-ulagich; — rejimlarni almashlab-ulagich.
1
2
5
4
mA
3
9
8
220 V
7
6


134
uchraydi.  Reduktor bilan jihozlangan starterlarda chulg‘amlarning
bo‘shab qolishi va siljishi bilan bog‘liq nosozliklar 1,5 marta ko‘proq
uchraydi,  chunki  ularda  yakorning  aylanishlar  chastotasi  juda
yuqori  bo‘ladi    (~15000—20000  min
–1
).  Bunday  yakorlarni
qismlarga ajratish va temir paketlarni almashtirish o‘ta  murakkab
va og‘ir bo‘lganligi uchun ular ta’mirlanmaydi.
90% ga yaqin yakorlar tiklanishdan avval kollektori tokarlik
stanogida  yo‘niladi va silliqlanadi, keyin chulg‘amlari o‘ramlararo
va qisqa tutashuvga tekshiriladi. Yo‘nishdan so‘ng yakor siqilgan
havo yordamida mis changidan tozalanadi.
Ta’mirlash tajribasi va  nuqsonlarning  statistik  tahliliga
asosan yakorlarning ~37% da yuritma tomondagi val bo‘yin-
chalarning o‘lchamlarini tiklash uchun ta’mir o‘lchami bo‘yi-
cha jilvirlash texnologiyasi qo‘llaniladi. Bunda starter qopqog‘iga
bosim ostida kirgiziladigan sirpanish   podshi pnigining ta’mir-
langan vtulkasi tegishli ta’mirlash o‘lchamigacha kengaytiriladi.
Qolgan  hollarda  val  bo‘yinchalariga  ta’mir  o‘lchamidagi
vtulkalarni bosim ostida kirgizish, keyin jilvirlash yoki po‘lat-
lash usullari bilan  tiklanadi.
Kollektor tomonidagi val bo‘yinchasiga yuritma tomonidagiga
nisbatan kam yuklama tushadi. Bo‘yinchalarning  ~37% ta’mir-
lanadi, lekin kollektorning urishini kamaytirish maqsadida qolgan
vallar ham ta’mir o‘lchami bo‘yicha jilvirlanadi (1 holga nisbatan
kam) va kollektor tomonidagi qopqoqqa diametri  kichiklashtirilgan
ta’mir o‘lchamidagi metallokeramik vtulkalar bosim ostida kiygiziladi.
Erkin  yurish  muftasi  harakatlanadigan  yakor  vali  bo‘yin-
chalarini  ta’mirlash  uchun  po‘latlash  va  qattiq  xromlash  kabi
tiklash  texnologiyalari  qo‘llaniladi.  Bir  qator  hollarda  ta’mir
o‘lchamlarigacha kengaytirilgan val vtulkali uzatmalarni selektiv
tiklash amalga oshiriladi.
Yakor  valini ta’mirlashdagi eng sermehnat jarayon kollektorni
almashtirishdir. Avval tokarlik stanogida keskich bilan kollektor
buziladi,  keyin vannada isitilgan kavshar muhitida uning qoldiqlari
eritiladi va chiqarib yuboriladi. So‘ngra yangi kollektor bosim ostida
kiygiziladi; maxsus moslama yordamida chulg‘am seksiyalarining
uchlari ariqchalarga yotqiziladi; kollektor ariqchalarining bo‘rtib
chiqqan qismlari urilib yalpoqlashtiriladi va shu yo‘sinda  undagi
chulg‘am  seksiyalari  mahkamlanadi;  kollektor  yo‘niladi  va
silliqlanadi. Kollektorni almashtirish jarayoni  Ý-236 rusumidagi


135
asbob yordamida  uning elektr ko‘rsatkichlarini tekshirish bilan
yakunlanadi.
Kollektor tomonidagi starter qopqog‘ini ta’mirlashda quyidagi
amallar bajariladi: cho‘tkatutqich mahkamlangan joylari bo‘shab
qolgan bo‘lsa, qo‘shimcha parchinmixlarni  pachoqlash yo‘li bilan
birikma mustahkamlanadi; korpusdagi yeyilgan bronza  grafitli
yoki  metallokeramik vtulkalar ta’mirlanganiga almashtiriladi;
qopqoqning markazlovchi kamarchaning o‘lchamlari tiklanadi va
uni  yig‘ish sexiga jo‘natiladi.
6.7-rasm. Xoll datchikli kontaktsiz o‘t oldirish tizimining
datchik-taqsimlagichi: — mufta; — valcha; — moy qaytargich;
— moytutqich;  — taqsimlagich  korpusi;  — vtulka;  — podshiðnik;
— qo‘zg‘almas plastina;  — himoya to‘sig‘i;  10 — yuqori  kuchlanish
qopqog‘i; 11 — rotor; 12 — mahkamlovchi vint; 13 — Xoll datchigi; 14 — darchali
ekran,  Xoll  datchigini  tutashtirgichi;    15 — darchali  rotorni  mahkamlovchi
vtulka; 16 — o‘t oldirishni  ilgarilatish burchagini  markazdan qochma
rostlagichi;  17 — ulash  qisqichi;  18 — o‘t  oldirishni  ilgarilatish  burchagini
vakuum-rostlagichi.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
A
A
18
17


136
Starter reduktorlarini ta’mirlash yemirilgan va yeyilgan detallar-
ni yangisiga almashtirishdan iborat, chunki yuritgich (vodilo), pla-
netar  mexanizm  va  satellitlarning    shesternalarini  tiklash  tannarxi
ancha balandligi sababli ularni ta’mirlash maqsadga muvofiq emas.
Erkin yurish muftasi ta’mirlash vaqtida qismlarga ajratiladi va
jez vtulkalar, roliklar, plunjer prujinalari va shakllangan  halqalar
almashtiriladi.  Mufta  yig‘ilgandan  keyin  o‘qdoshlik  kalibrida
shesternaning  aylanishi  va  burovchi  momentini  uzatish  kuchi
tekshiriladi.
Tortish  relesining  faqat  qismlarga  ajraluvchi  konstruksiyaga
ega bo‘lgan  turlari ta’mirlanadi. Qismlarga ajralmaydigan tortish
relelari yangisiga almashtiriladi. Tortish relesi ta’mirlanganidan keyin
maxsus qurilmada sinovdan o‘tkazilib, unda relening ishga tushish
va  uzilish  kuchlanishi,  uning  yakorining  ravon  harakatlanishi
tekshiriladi hamda chulg‘amlar qarshiligi o‘lchanadi va yakordagi
vintning dastlabki  holati sozlanadi.
Starterni  yig‘ish  jarayoni  qismlarga  ajratish  tartibiga  teskari
ketma-ketlikda  amalga  oshiriladi.  Yig‘ilgan  starterlar  maxsus
qurilmada to‘la tormozlanish va salt yurish rejimlarida sinaladi va
rostlanadi, tortish relesining esa ulanish va uzilish kuchlanishlari
o‘lchanadi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish