Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va


O‘t oldirish tizimining taqsimlagichi va



Download 8,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/53
Sana13.06.2022
Hajmi8,73 Mb.
#662426
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
avtomobil elektr jihozlarini ishlatis

6.5. O‘t oldirish tizimining taqsimlagichi va
datchik-taqsimlagichini ta’mirlash
Taqsimlagichlar va datchik-taqsimlagichlar o‘t oldirish tizi-
mining muhim elementlari hisoblanadi, chunki ular ichki yonuv
dvigatellarida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini va silindrlarning
ishlash tartibini belgilaydi. 6.7 va 6.8-rasmlarda mos ravishda Xoll
datchikli va magnitoelektr datchikli kontaktsiz o‘t oldirish
tizimlarining datchik-taqsimlagichlarining konstruktiv sxemalari
keltirilgan.
Birinchi turdagi (6.7-rasm) datchik-taqsimlagich alohida
qismlarga quyidagi tartibda ajratiladi. Avvalo, vintlar bo‘shatilib,
yuqori kuchlanish qopqog‘i (10), rotor (11) va himoya to‘sig‘i (9)
olinadi. O‘t oldirishni ilgarilatish burchagi vakuum-rostlagichi (18)
ning tortqichini, Xoll datchigi (13) o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi
plastinadan ajratiladi va mahkamlovchi vintlar bo‘shatilib, vakuum-
rostlagich olinadi. Mahkamlovchi vintlar bo‘shatilib, qo‘zg‘almas
plastina (8) ni qo‘zg‘aluvchi plastina bilan birgalikda yechib


137
olinadi. Mufta (1) dagi prujina olinib, shtift olib tashlanadi va
muftani valcha (2) dan bo‘shatiladi.
Magnitoelektr datchikli kontaktsiz o‘t oldirish tizimining
datchik-taqsimlagichi ham xuddi shu tarzda qismlarga ajratiladi. Bu
6.8-rasm. Magnitoelektr datchikli kontaksiz o‘t oldirish tizimining
konstruktiv sxemasi: — taqsimlagich muftasi; — oktan-korrektor plas-
tinasi; — taqsimlagich korpusi; — moydon; — datchik klemmasi; — o‘t
oldirishni ilgarilatish burchagini vakuum-rostlagichi; — taqsimlagichning
yuqori kuchlanishli qopqog‘i; — markaziy ko‘mircha; — rotorning tashqi
kontakti; 10 — rotorning markaziy kontakti; 11 — rotor; 12 — markazdan
qochma rostlagich vtulkasi; 13 — magnitoelektr datchik statori; 14 — izolatsiya
shaybasi; 15, 17 — podshi pniklar; 16 — o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini
markazdan qochma rostlagichi18 — taqsimlagich valchasi; 19 — metallo-
keramik vtulka; 20 — o‘rnatuvchi belgilar; 21 — datchik rotori.
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
1
2
3
4
5
6
12
A
21
13
20


138
turdagi datchik-taqsimlagich konstruksiyasida yuqori kuchlanish
qopqog‘i (7) ni mahkamlovchi qistirma (6.8-rasm) va oktan-
korrektor (2) o‘rnatilgan bo‘lib, u qismlarga ajratish jarayonida
vakuum-rostlagich va moydon (4) olingandan keyin ajratiladi.
Taqsimlagichlar, datchik-taqsimlagichlar va ularning asosiy
tugunlarini (vakuumli va markazdan qochma rostlagichlar)
qismlarga ajratishda hamma mayda detallar va mahkamlovchi
elementlar (vint, gayka, bolt va hokazo) taraning uyachalariga
tartibli joylashtirish zarur. Bu keyinchalik ularni qaytadan saralashga
ehtiyoj qoldirmaydi.
Qismlarga ajratilgandan keyin datchik-taqsimlagichning
korpus va valchasining yoki klassik o‘t oldirish tizimidagi
taqsimlagichning nosozliklari aniqlanadi. 6.9-rasmda taqsimlagich
korpusidagi nosozliklarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan joylari
ko‘rsatilgan.
Korpuslarning ~40—43% da yuqori kuchlanish qopqog‘i
qistirgichining shikastlanishi uchraydi, quyruqning pastki yon
yuzasining yeyilishi deyarli barcha korpuslarda mavjud bo‘ladi.
Yeyilgan metallokeramik vtulkalar almashtiriladi. Korpusga bosim
bilan o‘tqazishdan oldin ular 2 soat davomida 180—190°C
haroratdagi mashina moyiga bo‘ktiriladi. Korpus quyrug‘ining
yeyilishi ta’mirlangan detalni qo‘yish, po‘latlash, xromlash yoki
ko‘mir kislota gazida plazmali eritish usullari bilan bartaraf etiladi.
6.9-rasm. Klassik o‘t oldirish tizimi taqsimlagichi korpusidagi nuqsonlarning
joylashish sxemasi: — korpus quyrug‘ining yeyilishi; — korpusning
sinishi; — yuqori kuchlanish qopqog‘ining shikastlanishi; 4 — qopqoq
prujinasi qulog‘ining qiyshayishi; — metallokeramik vtulkaning yeyilishi;
— korpus quyrug‘ining pastki yon yuzasining yeyilishi.
1
2
5
6
3 4


139
Yig‘ma valchaning (6.10-rasm) nuq-
sonlari, asosan, mexanik xususiyatga ega.
Ularni jilvirlash, markazdan qochma rostla-
gich plastinasi, yukchalar va prujinalarini
almashtirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Klassik o‘t oldirish tizimining uzgich
kulachoklari avval xromlash yo‘li bilan
geometriyasi (ya’ni shakli) tiklanadi,
so‘ngra kopir bo‘yicha jilvirlash yo‘li bilan ta’mirlanadi.
Markazdan qochma rostlagichlarning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluv-
chi plastinalarini yig‘ma holda, zoldirli podshi pnik halqalari
yemirilgan yoki me’yoridan ortiq yeyilgan hollarda ta’mirlanadi.
Bunda zoldirli podshiðnik yangisiga almashtiriladi.
Taqsimlagichning yuqori kuchlanish qopqog‘ida kuyish yoki
darz bo‘lsa, ular ham yangisiga almashtiriladi. Taqsimlagichlar va
datchik-taqsimlagichlarni yig‘ish qismlarga ajratish tartibiga teskari
ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Yig‘ilgan taqsimlagichlar maxsus
qurilmada 15 daqiqa davomida chiniqtiriladi, keyin vakuumli va
markazdan qochma rostlagichlar sozlanadi hamda taqsimlagich
uchqunning barqaror hosil bo‘lishiga etalon o‘t oldirish g‘altagi va
tranzistor kommutatori majmuasi bilan birgalikda tekshiriladi.

Download 8,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish