21
Akkumulatorlar batareyasini yuklama ostida tekshirish qu-
yidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) akkumulator qisqichlariga voltmetr va tester ulanadi;
b) akkumulatorlar batareyasiga 15 soniya davomida 300 A yuk-
lama beriladi;
d) batareyaning sig‘imini tiklash uchun 15 soniya vaqt berib,
so‘ngra tavsifnomasida ko‘rsatilgan nominal tok miqdorida (test
yuklamasi) yuklama beriladi. 15 soniyadan keyin batareya qis-
qichlaridagi kuchlanish o‘lchanadi va yuklama olinadi;
e) agar o‘lchangan kuchlanish 2.2-jadvaldagi ko‘rsatkichlardan
past bo‘lmasa, akkumulatorlar batareyasi soz, ishlatish mum-
kin. Agar olingan natija jadvaldagi ko‘rsatkichlardan past bo‘lsa,
bu akkumulatorni almashtirish zarur.
2.2-jadval
Elektrolit harorati
21°C 20°C 0°C –16°C –18°C –18°C dan past
Kuchlanishning mini-
mal qiymati, V
9,6
9,4 9,1
8,8
8,5
8,0
Akkumulatorlar batareyasini zaryadlash.
Akkumulatorlarni
zaryad qilish uchun, odatda, maxsus o‘zgarmas
tok manbala-
ridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda avtokorxona sharoitida zaryad-
lashning ikki usuli qo‘llaniladi:
zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmas bo‘lganda;
zaryadlash kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganda.
Òok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash.
Bu
usulda zaryad
qilinganda akkumulatorlar batareyasi o‘zgarmas tok manbayiga
ketma-ket ulanadi (2.7-rasm,
a
).
Zaryadlash davomida tok qiy-
matini o‘zgarmas holda saqlash va uni nazorat qilish uchun ak-
kumulatorlarga ketma-ket reostat
R
va ampermetr ulanadi.
Zaryadlash jarayoni bir yoki ikki bosqichda
amalga oshiri-
lishi mumkin. Bir bosqichli jarayonning boshidan oxirigacha
zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmaydi va u 0,05C
20
ga teng
bo‘ladi (C
20
— akkumulatorning nominal sig‘imi). Ikki bosqichli
jarayonda, elektrolitda gaz ajralib chiqish boshlanguncha ak-
kumulator qiymati 0,15C
20
ga teng tok bilan zaryadlanadi (1-bos-
qich). Bunda akkumulatorning har bir bankasidagi kuchla-
nish 2,4 V gacha ortadi (2.7-rasm,
b
).
Shundan keyin, zaryad-
lash toki 2—3 marta kamaytiriladi va jarayon 0,05C
20
ga teng tok
bilan tugallanadi (2-bosqich).
22
Ikki bosqichli zaryadlash jarayonining afzallik tomoni shundan
iboratki, birinchidan, akkumulatorlarni to‘la zaryadlash uchun
ketadigan vaqt tejaladi (1-bosqichda
zaryadlash tokining oshiri-
lishi hisobiga), ikkinchidan, zaryadlash oxirida elektrolit qattiq
«qaynab» ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (2-bosqichda zaryadlash to-
kini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga) va natijada, plastinalar-
dagi aktiv massa muddatidan avval yemirilishining oldi olinadi.
Kuchlanishi
U
tm
ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tok manbayiga ket-
ma-ket ulanishi mumkin bo‘lgan akkumulator bankalarining soni
(reostat qarshiligi
R=0
bo‘lganda) quyidagicha aniqlanadi:
n = U
tm
/
2,7,
bu yerda,
U
tm
— o‘zgarmas
tok manbayining kuchlanishi, V;
2,7 — zaryadlash oxirida har bir akkumulator elementiga to‘g‘ri
keladigan kuchlanish, V.
Zaryadlashga qo‘yilayotgan akkumulator batareyalarning sig‘imi
bir xil yoki imkon boricha bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak, aks
holda zaryadlash toki qiymatini sig‘imi eng kichik bo‘lgan batareya
bo‘yicha belgilashga to‘g‘ri keladi va sig‘imi katta bo‘lgan batareya-
lar juda sekin zaryadlanadi.
Òok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash, hozirgi vaqtda
akkumulatorlarni zaryad qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu
usul yordamida akkumulatorlarni to‘la zaryadlashga erishish mumkin.
Bundan tashqari, zaryadlash tokining qiymatini ma’lum chegarada
tanlash, uni rostlab turish va nazorat
qilish imkoniyati borligi,
Do'stlaringiz bilan baham: