133
nuqsonlarning joylashish sxemasi keltirilgan. Yakorlarning taxmi-
nan 3% ga yaqinini ta’mirlab bo‘lmaydi va ular yaroqsiz deb
hisoblanadi.
Elektr qismiga taalluqli nosozliklar, masalan, yakor chulg‘a-
mining uzilishi yoki qisqa tutashuvi Ý-236 rusumidagi asbob
yordamida aniqlanadi. Bu asbobning prinsiðial elektr sxemasi
6.6-rasmda keltirilgan. Asbobning
yuqori qismida transformator
(
1
) ning ikkita prizma shaklidagi o‘zagi joylashgan bo‘lib, unga
diagnostika qilinuvchi yakor joylashtiriladi. Rejimlarni almashlab-
ulagichi (
9
) yordamida tekshirish turi o‘rnatiladi: izolatsiya holati-
ning nazorati, yakor chulg‘amidagi qisqa tutashgan seksiyalarni
yoki seksiya o‘ramlarining to‘g‘ri yo‘nalganligini aniqlash. Nazorat
lampasi (
3
) va milliampermetr (
4
) lar yakor nuqsonini aniqlash
uchun indikator yoki hisobni boshlash elementi hisoblanadi.
Schup (
7
) asbobni yakorning nazorat qilinayotgan joylariga ulash
uchun xizmat qiladi. Taxminan 10% ga yaqin yakorlarda o‘ramlararo
va qisqa tutashuvlar hamda chulg‘amning joyidan siljish hollari
6.6-rasm.
Yakor chulg‘amini tekshirish uchun
ishlatiladigan
Ý-236 rusumidagi asbobning elektr sxemasi:
1
— transformator;
2
— to‘g‘rilagich;
3
— nazorat lampasi;
4
— milliamper-
metr;
5
— milliampermetrni rostlaydigan reostat;
6
— kollektorni nazorat qilish
schupi;
7
— chulg‘amlar izolatsiyasining qarshiligini nazorat qilish schupi;
8
— tekshirish turini almashlab-ulagich;
9
— rejimlarni almashlab-ulagich.
1
2
5
4
mA
3
9
8
220 V
7
6
134
uchraydi. Reduktor bilan jihozlangan starterlarda chulg‘amlarning
bo‘shab qolishi va siljishi bilan bog‘liq nosozliklar 1,5 marta ko‘proq
uchraydi, chunki ularda yakorning aylanishlar chastotasi juda
yuqori bo‘ladi (~15000—20000 min
–1
). Bunday yakorlarni
qismlarga ajratish va temir paketlarni almashtirish o‘ta murakkab
va og‘ir bo‘lganligi uchun ular ta’mirlanmaydi.
90% ga yaqin yakorlar tiklanishdan avval kollektori tokarlik
stanogida yo‘niladi va silliqlanadi, keyin chulg‘amlari o‘ramlararo
va qisqa tutashuvga tekshiriladi. Yo‘nishdan so‘ng yakor siqilgan
havo yordamida mis changidan tozalanadi.
Ta’mirlash tajribasi va nuqsonlarning
statistik tahliliga
asosan yakorlarning ~37% da yuritma tomondagi val bo‘yin-
chalarning o‘lchamlarini tiklash uchun ta’mir o‘lchami bo‘yi-
cha jilvirlash texnologiyasi qo‘llaniladi. Bunda starter qopqog‘iga
bosim ostida kirgiziladigan sirpanish podshi pnigining ta’mir-
langan vtulkasi tegishli ta’mirlash o‘lchamigacha kengaytiriladi.
Qolgan hollarda val bo‘yinchalariga ta’mir o‘lchamidagi
vtulkalarni bosim ostida kirgizish, keyin jilvirlash yoki po‘lat-
lash usullari bilan tiklanadi.
Kollektor tomonidagi val bo‘yinchasiga yuritma tomonidagiga
nisbatan kam yuklama tushadi. Bo‘yinchalarning ~37% ta’mir-
lanadi, lekin kollektorning urishini kamaytirish maqsadida qolgan
vallar ham ta’mir o‘lchami bo‘yicha jilvirlanadi (1 holga nisbatan
kam) va kollektor tomonidagi qopqoqqa diametri kichiklashtirilgan
ta’mir o‘lchamidagi metallokeramik vtulkalar bosim ostida kiygiziladi.
Erkin yurish muftasi harakatlanadigan yakor vali bo‘yin-
chalarini ta’mirlash uchun po‘latlash va qattiq
xromlash kabi
tiklash texnologiyalari qo‘llaniladi. Bir qator hollarda ta’mir
o‘lchamlarigacha kengaytirilgan val vtulkali uzatmalarni selektiv
tiklash amalga oshiriladi.
Yakor valini ta’mirlashdagi eng sermehnat jarayon kollektorni
almashtirishdir. Avval tokarlik stanogida keskich bilan kollektor
buziladi, keyin vannada isitilgan kavshar muhitida uning qoldiqlari
eritiladi va chiqarib yuboriladi. So‘ngra yangi kollektor bosim ostida
kiygiziladi; maxsus moslama yordamida chulg‘am seksiyalarining
uchlari ariqchalarga
yotqiziladi; kollektor ariqchalarining bo‘rtib
chiqqan qismlari urilib yalpoqlashtiriladi va shu yo‘sinda undagi
chulg‘am seksiyalari mahkamlanadi; kollektor yo‘niladi va
silliqlanadi. Kollektorni almashtirish jarayoni Ý-236 rusumidagi
135
asbob yordamida uning elektr ko‘rsatkichlarini tekshirish bilan
yakunlanadi.
Kollektor tomonidagi starter qopqog‘ini ta’mirlashda quyidagi
amallar bajariladi: cho‘tkatutqich mahkamlangan joylari bo‘shab
qolgan bo‘lsa, qo‘shimcha parchinmixlarni pachoqlash yo‘li bilan
birikma
mustahkamlanadi; korpusdagi yeyilgan bronza grafitli
yoki metallokeramik vtulkalar ta’mirlanganiga almashtiriladi;
qopqoqning markazlovchi kamarchaning o‘lchamlari tiklanadi va
uni yig‘ish sexiga jo‘natiladi.
6.7-rasm.
Xoll datchikli kontaktsiz o‘t oldirish tizimining
datchik-taqsimlagichi:
1
— mufta;
2
— valcha;
3
— moy qaytargich;
4
— moytutqich;
5
— taqsimlagich korpusi;
6
— vtulka;
7
— podshiðnik;
8
— qo‘zg‘almas plastina;
9
— himoya to‘sig‘i;
10
— yuqori
kuchlanish
qopqog‘i;
11
— rotor;
12
— mahkamlovchi vint;
13
— Xoll datchigi;
14
— darchali
ekran, Xoll datchigini tutashtirgichi;
15
— darchali rotorni mahkamlovchi
vtulka;
16
— o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini markazdan qochma
rostlagichi;
17
— ulash qisqichi;
18
— o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini
vakuum-rostlagichi.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
A
A
18
17
136
Starter reduktorlarini ta’mirlash yemirilgan va yeyilgan detallar-
ni yangisiga almashtirishdan iborat, chunki yuritgich (vodilo), pla-
netar mexanizm va satellitlarning shesternalarini tiklash tannarxi
ancha balandligi sababli ularni ta’mirlash maqsadga muvofiq emas.
Erkin yurish muftasi ta’mirlash vaqtida qismlarga ajratiladi va
jez
vtulkalar, roliklar, plunjer prujinalari va shakllangan halqalar
almashtiriladi. Mufta yig‘ilgandan keyin o‘qdoshlik kalibrida
shesternaning aylanishi va burovchi momentini uzatish kuchi
tekshiriladi.
Tortish relesining faqat qismlarga ajraluvchi konstruksiyaga
ega bo‘lgan turlari ta’mirlanadi. Qismlarga ajralmaydigan tortish
relelari yangisiga almashtiriladi. Tortish relesi ta’mirlanganidan keyin
maxsus qurilmada sinovdan o‘tkazilib, unda relening ishga tushish
va uzilish kuchlanishi, uning yakorining ravon harakatlanishi
tekshiriladi hamda chulg‘amlar qarshiligi o‘lchanadi va yakordagi
vintning dastlabki holati sozlanadi.
Starterni yig‘ish jarayoni qismlarga ajratish tartibiga teskari
ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Yig‘ilgan starterlar maxsus
qurilmada to‘la tormozlanish va salt yurish rejimlarida sinaladi va
rostlanadi, tortish relesining esa ulanish va uzilish kuchlanishlari
o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: