39
orasiga ketma-ket lampa va o‘t oldirish kaliti qo‘shiladi (2.12-rasm).
Uyg‘otish zanjirida nosozlik bo‘lmasa, lampa (asboblar) yonadi.
Agar lampa yonmasa, uyg‘otish chulg‘ami simi joyiga qo‘yiladi,
kuchlanish rostlagich «+» va «Ø» («30» va «50», «+» va «V»)
qisqichlardagi sim olinadi, bo‘shatilgan sim ushlagichlari bir-biriga
tekkiziladi va dvigatel ishga tushiriladi. Agar AKB zaryadlansa,
kuchlanish rostlagichda nosozlik borligini bildiradi.
Generator ishlamaganda uni tekshirish uchun uni kuchlanish
rostlagichsiz uyg‘otish kerak. Buning uchun uni «+» («30») klem-
masini uyg‘otish chulg‘ami klemmasi bilan birlashtiriladi va dvi-
gatel ishga tushiriladi. Agar AKB zaryadlansa (ampermetr
zaryad
tokini, voltmetr generator kuchlanishini ko‘rsatsa, zaryad nazorat
lampasi o‘chsa), generatorda nosozlik yo‘qligini bildiradi.
Agar batareya zaryadi yo‘lda to‘xtab qolsa, yo‘riqnomada kel-
tirilgan usulda generator uyg‘otiladi va 20—30 daqiqa davomida
AKB zaryadlanadi. Undan keyin generator zaryad zanjiri uzib qo‘-
yiladi, AKBni yana zaryadlash 100—150 km yo‘l bosilgandan
keyin yoki zarurat bo‘lganda amalga oshiriladi.
2.12-rasm.
Generator uyg‘otish zanjiri va chulg‘amini
uzilishga tekshirish:
a
— G250;
b
— G221;
d
— 17.3701;
e
— G273.
b
e
a
d
40
Akkumulator batareyasi to‘la zaryad-
lanmaydi.
Dvigatel
tirsakli valining har qanday
aylanishlar chastotasida zaryadlash AKBda
ampermetr kichkina zaryad tok kuchini ko‘r-
satadi, faralar ulanganda zaryad tok
kuchi kes-
kin kamayadi yoki ampermetr zaryad tokini
ko‘rsatadi, avtomobil asboblar qutisidagi amper-
metr yoki voltmetr strelkalari keskin tebra-
nishi kuzatiladi.
Asosiy nosozliklar: tasma bo‘sh tortilgan,
moylangan
yoki generator shkivi yeyilgan;
kuchlanish rostlagichi noto‘g‘ri sozlangan; ge-
nerator zaryad yoki uyg‘otish zanjirida kon-
taktlar zich emas. Kuchlanish rostlagichining
o‘zini noto‘g‘ri sozlagan hollarda generator
ishchi kuchlanish qiymatlariga yeta olmaydi va
AKBning to‘la zaryadini ta’minlay olmaydi.
Generator kuchlanishini tekshirish uchun
uning «+» va «–» («30» va «–») qisqichlariga
voltmetr (2.14-rasm) ulanadi, faralar yoqiladi
va dvigatel tirsakli valining o‘rtacha
aylanishlar
chastotasida kuchlanish o‘l-
chanadi. Agar u 1-me’yorda
keltirilgan qiymatlarga mos
kelmasa, kuchlanish
rostla-
gichda
nosozlik bor yoki u
noto‘g‘ri sozlangan. Gene-
rator kuchlanishini ko‘-
paytirish uchun kontaktli
kuchlanish rostlagichlarda prujinaning ta-
ranglik kuchi oshiriladi, kontaktsiz rostla-
gichlarda tegishli rezistor boshqa qiymatli qar-
shiligiga almashtiriladi; integral rostlagichlar
boshqasiga almashtiriladi.
Ampermetr yoki voltmetr strelkalarining
keskin tebranishi dvigatel tebranib ishlaganda
cho‘tkalar va rotor halqalari o‘rtasidagi kon-
takt davriy ravishda
buziladi va tiklanadi, bu
holat generator uyg‘otish chulg‘ami zanjiri-
dagi va zaryad toki zanjirini bog‘lovchi simla-
2.13-rasm.
Generator
uyg‘otuvchi
chulg‘amini
kuchlash
rostlagichisiz
o‘lchash:
Do'stlaringiz bilan baham: