Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar



Download 0,76 Mb.
bet88/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

Teshib o‘tish kuchlanishi. O‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tadigan darajadagi qiymatlarga ega bo‘lgan kuchlanishga teshib o‘tish kuchlanishi - Uto deb ataladi. U Pashen qonuniga binoan dvigatel silindrlaridagi bosimga va sham elektrodlari orasidagi tirqish kattaligiga to‘g‘ri proporsional va yonilg‘i aralashmasi haroratiga teskari proporsional bo‘ladi. Teshib o‘tish kuchlanish qiymatining yonilg‘i aralashmasining temperaturasi va silindrdagi bosimga bog‘liqligi 3.2-a rasm-da ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Uto yonilg‘i aralashmasining tarkibiga sham elektrodlari materialiga, shakliga va temperaturasiga, uzatilgan yuqori kuchlanishli impulsining davomiyligiga va uning qutb ishorasiga va nihoyat dvigatelning ishlash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, atrof-muhit harorati past bo‘lganda dvigatelni ishga tushirishda silindr devorlari va sham elektrodlari sovuq, so‘rilayotgan yonilg‘i aralashmasining temperaturasi past va yaxshi aralashmagan bo‘ladi. Natijada, siqish taktida aralashma yaxshi qizimaydi va yonilg‘i tomchilarining bug‘lanishi sust sodir bo‘ladi. Sham elektrodlari orasidagi tirqishga tushgan bunday aralashma, Uto qiymatini 15-20% ga oshirilishini talab qiladi.

Dvigatel tirsakli vali aylanishlar chastotasining ortishi va silindrlardagi bosimning o‘sishi hisobiga Uto dastlab ortadi, lekin keyinchalik kamaya boshlaydi, chunki yonilg‘i aralashmasining yangi ulushi bilan silindrlarni to‘lish darajasi pasayadi va shamlarning markaziy elektrodi temperaturasi ortadi. Teshib o‘tish kuchlanishining maksimal qiymati dvigatelning ishga tushishi va to‘la yuklama bilan ishlash hollariga to‘g‘ri keladi (3.2-b rasm).

Yangi avtomobillar dastlabki 20 ming kilometr masofani bosib o‘tganda, sham elektrodlari shakli-ning o‘zgarishi (chekkalari yumaloqlanishi) hisobiga Uto qiymati 20-25% ga oshadi. Keyinchalik, elektrodlar yeyilishi va ular orasidagi tirqish ortishi sababli Uto sekin-asta oshib boradi. Shuning uchun, avtomobil har 10-15 ming kilometr yo‘l bosib o‘tganda sham elektrodlari orasidagi tirqishni tekshirib, zarurat bo‘yicha rostlab turish kerak. Uto ning eng katta qiymati (12000V) dvigatelni ishga tushirish va aylanish chastotasini oshirish jarayonida, eng kichik qiymati ( 5000-6000V) esa dvigatel maksimal quvvat bilan barqarorlashgan rejimda ishlaganda kuzatiladi. Uchqunli razryad parametrlari (energiyasi va davom etish vaqti, elektrodlar orasidagi tirqish) silindrdagi yonish jarayonining boshlang‘ich qismiga, dvigatelni ishga tushirishda, salt ishlaganda hamda barqarorlashmagan va qisman yuklamali rejimlarda ishlaganda katta ta’sir ko‘rsatadi.

3.2-rasm. Turli omillarning teshib o‘tish kuchlanishiga ta’siri



a) Silindrdagi bosim va yonilg‘i aralashmasi temperaturasining Utu ga ta’siri;

b) Utoni dvigatel yuklamasining turli qiymatlarida tirsakli valning aylanish chastotasiga bog‘liqligi : 1 - to‘la yuklama bo‘lgan holat; 2-yuklama yarim qiymatga ega bo‘lgan holat; 3-yuklama eng kichik qiymatga ega bo‘lgan holat; 4 - dvigatelni ishga tushirish va u salt ishlagan holat


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish