Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar


Plastinalarning sulfatlanib qolishi



Download 0,76 Mb.
bet75/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

Plastinalarning sulfatlanib qolishi. Yuqorida ko’rsatilgandek, akkumulator razryad vaqtida sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlar natijasida plastinalardagi aktiv massa (PbO2 va Pb) PbSO4 tuziga aylanadi va u tez eruvchan, mikroskopik kristallar ko’rinishida bo’ladi. Zaryadlash vaqtida esa PbSO4 kristallari eriydi va elektrolit ionlari bilan reaksiya kirishib yana PbO2 va Pb ga aylanadi.

Lekin akkumulator ma’lum muddatga razryadlangan holda qoldirilsa, plastinalardagi PbSO4 elektrolitda eriy boshlaydi. Bu jarayon elektrolit PbSO4 tuziga to’yinguncha davom etadi. Shundan keyin elektrolitning to’yingan eritmasidan plastina yuzlariga PbSO4 tuzining yirik va juda ham erishi qiyin bo’lgan kristallari o’tira boshlaydi.

Bu, PbSO4 tuzining qayta kristallanish hodisasi, plastinalarning sulfatlanib qolishi deb yuritiladi va u akkumulyatorlarni juda tez ishdan chiqaradigan jiddiy nosozliklardan biri hisoblanadi.

Plastinalar sulfatlanib qolishi natijasida PbSO4 tuzining yirik erimaydigan kristallari plastinalarning yuzidagi mayda g‘ovak teshikchalarni qoplab oladi va elektrolitni aktiv massaning ichki qatlamlariga o’tishiga yo’l qo’ymaydi. Natijada aktiv massaning bir qismi kimyoviy reaksiyada ishtirok qilmaydi va akkumulatorning sig‘imi kamayadi. Plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorni zaryadlaganda, uning kuchlanishi va elektrolit temperaturasi notabiiy ravishda tez ortadi, elektrolit "qaynay" boshlaydi. Lekin, elektrolitning zichligi nisbatan kam oshadi. Plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorlarning sig‘imi kamayganligi sababli juda tez razryadlanadi. Bu ayniqsa, akkumulatorkatta tok bilan razryad qilinganda, ya’ni startor rejimida yaqqol ko’zga tashlanadi. Sulfatlangan plastinalar oqish tusga kiradi va o’ziga xos oq dog‘lar bilan qoplanadi.

Sulfatlanishning yana bir sababi akkumulatordagi elektrolit sathi belgilangan me’yordan pasayib ketishi va plastinalar yuqori qismining ochilib qolishidir. Ochilib qolgan manfiy plastinalardagi g‘ovak qo’rg‘oshin havo bilan reaksiyaga kirishib, unda qo’rg‘oshin gidrooksidi Pb(OH)2 hosil bo’ladi:

Pb + H2SO4 + 2H2O = Pb(OH)2 + H2SO4 + 2H .

Manfiy plastinalarda hosil bo’lgan Pb(OH)2 , akkumulatordagi elektrolitning chayqalib sachrashi va aktiv massadagi kapillyarlar orqali keladigan H2SO4 bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, plastinalarning ochilib qolgan qismida PbSO4 tuzining yirik, erishi qiyin bo’lgan kristallarini hosil qiladi, ya’ni plastinalarning ochilib qolgan qismi sulfatlanib qoladi:



Pb(OH)2 + H2SO4 = PbSO4 + 2H2O


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish