281
Loyihani saqlash va eksport qilish vaqtida xabarlar xududida tushuntirish va
xatoliklar haqida axborot paydo bо‘ladi. Matnni chiqarish darchasi Arduino xabarini
kо‘rsatadi, u xatoliklar haqida tо‘liq hisobotni va boshqa axborotlarni о‘z ichiga
oladi. Asboblar panelining
tugmalari dasturni yozish, yaratish, ochish va sketchni
saqlash, ketma-ket shinani monitoringini va nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Yaratilayotgan sketchga qо‘shimcha vazifalarni kutubxona yordamida qо‘shish
mumkin, u maxsus jihozlangan dasturiy kod kab bо‘lib qandaydir vazifani bajaradi
va yaratilayotgan loyihaga qо‘shish mumkin bо‘ladi.
Maxsuslashtirilgan kutubxonalarning kо‘pi mavjud.
Odatda kutubxonalarni
yozishda u yoki bu masalani yechishni osonlashtirish va loyihalashtiruvchidan
apparat-dasturiy joriy etilishining detallari yashirilgan bо‘ladi.ArduinoIDEmuhiti
standart kutubxonalar tо‘plami bilan foydalanuvchiga yetkaziladi. Ular Arduino ni
о‘rnatish katalogining libraries katalog ostisida joylashgan bо‘ladi. Zarur bо‘lgan
kutubxonalar shuningdek turli resurslardan yuklanishi mumkin.
Agarda kutubxona
tо‘g‘ri о‘rnatilgan bо‘lsa, u holda u kutubxonalarni Eskiz | Import (Eskiz | Import
bibliotek) menyusida paydo bо‘ladi. Menyudan kutubxonalarni tanlash qatordagi
dastlabki kodga qо‘shimcha
kiritishga olib keladi
tinclude
Bu derektiva obyektni bayoni bо‘lgan sarlovxa faylini ulaydi, endi
kutubxonaning vazifasi va konstantalarini loyihada ishlatish mumkin bо‘ladi.
Arduinomuhiti yaratilayotgan loyihani (dasturni) kо‘rsatilgan kutubxona bilan
birgalikda kompilyatsiyalaydi.
Sketchni yuklashdan oldin menyuga zarur kо‘rsatgichlarni berish talab
etiladiAsboblar | Plata (Tools | Board) (3-chizma) va Asboblar | Ketma-ket port
(Instrumenti | Plata (Tools | Board) (3-chizma) i Instrumenti | Posledovatelniy port) (
20.20-chizma).
Arduino ning zamonaviy platformalari yuklanishdan oldin avtomatik ravishda
qayta yuklanadilar. Eski platformalarda qayta yuklash tugmasini bosish kerak
bо‘ladi. Kо‘pchilik platalarda yuklash jarayonida RX va TX yorug‘lik diodlari
о‘chib-yonib turadi.
282
Sketchni yuklashda Arduino ni (bootloader) yuklovchisi ishlatiladi – platadagi
mikrokontrollerga yuklanuvchi katta bо‘lmagan dastur. U qо‘shimcha apparat
vositalardan foydalanmasdan dastur kodini yuklashga imkon beradi. Yuklovchining
ishini D13 chiqishidagi yorug‘lik diodini о‘chib-yonishidan bilib olish mumkin.
Ketma-ket portni monitor qilish (SerialMonitor)
Arduino platformasiga
jо‘natilayotgan axborotlarni aks ettiradi (USB platasini yoki ketma-ket shina
platasini).
20.22-chizma.Arduino platani tanlash.
Endi, biz Arduino va dasturlash muhiti bо‘lgan ArduinoIDE haqida bir oz
bilim olganimiz tufayli amaliy ishlarga о‘tish – eksperimetlar о‘tqazishimiz mumkin
bо‘ladi.
283
20.23-chizma.Arduino platasini ulash portini tanlash
Do'stlaringiz bilan baham: