Inson eng avval og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va haraktlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo’lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy energiya manbalaridan (suv, shamol va boshq.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektrmashinalarini yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan va texnika taraqqiyotining birinchibosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash fazasi boshlandi. Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi I.I. Polzunov tomonidan (1765 yil) yaratilgan. Buqurilma bug’ mashinasining bug’ qozonidagi suv sathi balandli gini bir me’yorda odamishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan qurilma edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |