Avtomatlashtirish va boshqaruv



Download 0,85 Mb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi0,85 Mb.
#229557
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5240023198208101230


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI

AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV” kafedrasi

Sohaning texnologik o’lchovlari” fanidan



KURS LOYIHASI



Mavzu: “Zamonaviy o‘lchash tizimlarini tahlil qilish"
Bajardi: 9A-19 TJA guruhi talabasi

Tolipov Ixtiyor
Qabul qildi: Kadirov Yo. B.




Navoiy_2021 yil

Kafedra TJA Tasdiqlayman



Kurs ishi

Talaba: Tolipov.I.B. guruh: 9A-19 TJA rahbar: Botirov .T
TOPSHIRIQ:

1. КУРС ИШИ мавзуси: Zamonaviy o‘lchash tizimlarini tahlil qilish

2. Берилганлар:NAVOTOR ЛК-15Г suv hisoblagichi

3.Асосий манбалар: N. R. Yusupbekov, B. I. Muxammedov, Sh. M. G’ulomov, “Texnologik jarayonlarni nazorat qilish”, Yusupbekov N. R., Igamberdiyev X. Z., Malikov A. “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari”


4. Ишнинг график қисми (рўйхати):

1.Texnologik qism

2.Texnik qism

3. Hisobiy qism

5. КУРС ИШИ баёни (тушунтириш ёзуви) _________________________________________

____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________




1

2

3

4

5

6

Иш баёни

Химоя қилиш

Режа бўйича

























Ҳақиқатда
























Топшириқ берилган вақти__________________


Раҳбар___________________
Топшириқ бажариш учун қабул қилинди_____ ________________

(сана) имзо




Mundarija

Kirish


  1. Texnologik qism....................................... ......................................7

  2. Texnik qism..................................................... ...............................14

  3. Hisobiy qism.................................................................... ...............20

Xulosa......................................................................................... .......23

Foydalanilgan adabiyotlar......................................................................................24







KIRISH
Moddalarning miqdori bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lchashlarda moddalarning miqdori va sarfi muhim boshlang‘ich tushuncha hisoblanadi.

Modda miqdorini massa birliklari [kilogramm (kg), tonna (t)] da yoki hajm birliklari [metr kub (m3), litr (l)] da o‘lchash mumkin.

O‘tkazish quvurining ko‘ndalang kesimdan birlik vaqt ichida oqib o‘tgan modda miqdoriga sarf deyiladi.

Tanlab olingan o‘lchov birligidan kelib chiqqan holda yoki hajmiy sarf G0 (birliklari m3/s, l/s, m3/soat) yoki massaviy sarf GM (birliklari kg/s, kg/soat, t/soat) o‘lchanadi. Massa va massaviy sarf birliklari hajm birliklariga nisbatan modda miqdori va sarfi haqida ko‘proq tushuncha beradi, moddalarning hajmi, ayniqsa gazlarning hajmi harorat va bosimga bog‘liq. Gazlarning hajmiy sarflari o‘lchanganda, qo‘yilgan natija qiymatlariga erishish uchun o‘lchashlar ma'lum sharoitlarda (normal sharoitlar deb ataladigan) olib boriladi. Normal sharoit sifatida haroratning tn = 20 °S, bosimning rN = 101,325 kPa (760 mm sim. ust.) va nisbiy namlikning φ = 0 qiymatlari qabul qilingan. Bundagi gazlarning hajmiy sarfi GH bilan belgilanadi va hajmiy birliklarda o‘lchanadi (masalan, m3/soatda).

Davlat standartidan kelib chiqqan holda modda sarfini o‘lchashga xizmat qiluvchi asbob sarf o‘lchagich, modda miqdorini o‘lchagich esa miqdorni hisoblagich (hisoblagich) deb ataladi. Har ikkala holda ham ushbu terminlarning yoniga o‘zlari miqdorini o‘lchayotgan muhitning nomi qo‘shib aytiladi. Ko‘p hollarda sarf o‘lchagichlarning ko‘rsatishlari vaqt bo‘yicha qo‘shiladi va hisoblagichning ko‘rsatishi kabi gaz, issiq suv yoki bug‘larning sarflangan miqdorini aniqlash yoki savdo hisoblarini olib borish va jihozlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashda ishlatiladi. Sarf o‘lchagichlar va hisoblagichlardan foydalanishning ushbu xossasi ularning metrologik tavsiflarini spetsifik normallashtirish bilan belgilanadi. Ko‘rib chiqilgan o‘lchash vositalaridan farqli ravishda sarf o‘lchagichlar va hisoblagichlarda ko‘pincha asosan nisbiy xatolik me'yorlashtirilib, ushbu xatolik o‘lchanayotgan sarf miqdoriga bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda sarf o‘lchagichlar dinamik diapazon tushunchasi kiritilgan bo‘lib, yuqori o‘lchash chegarasini quyi o‘lchash chegarasiga nisbati Gyu.ch/Gq.ch bilan tavsiflanadi.

Sarfni o‘lchashda ko‘p hollarda oqimga ishchi jism tushiriladi va bu asboblar uchun normalashtiriladiga bosimni yo‘qotilishiga olib keladi va shuning uchun o‘tkazish quvurining sarf o‘lchagichgacha va undan keyingi sohasini chiziqli bo‘lishi talab qilinadi. Oxirgi talab sarf o‘lchagichning ko‘rsatishini quvurdagi oqim tezligiga bog‘liqligidan kelib chiqqan.

Sarf o‘lchashning yuqori chegarasi A = a10n qatordan tanlanadi, bu yerda a – 1; 1,25; 1,6; 2; 2,5; 3,2; 4; 5; 6,3; 8 sonlardan biri; n – butun son bo‘lib, musbat, manfiy va nolni o‘z ichiga oladi. Sarf o‘lchashning turli usullari va sarf o‘lchagich va hisoblagichlarning turli konstruksiyalari mavjud. Quyidagi sarf o‘lchagichlar eng keng tarqalganlari hisoblanadi: toraytiruvchi qurilmali bosimlar farqi o‘zgaruvchan; bosimlar farqi o‘zgarmas; taxometrik; elektromagnitli; ultratovushli; uyurmali; massali. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan sarf o‘lchagich va hisoblagichlarning ko‘pchiligi keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan mikroprotsessorli asboblar hisoblanadi. Energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotirasi hisobiga moddalarning sutkalik va oylik sarf miqdorlarining qiymatlari 1-3 yilgacha saqlanishi mumkin. Bu ma'lumotlar asbolarning raqamli displeylariga chiqarilishi va asboblarning raqamli chiqishiga PK va printer ulanishi mumkin. Turli interfeyslardan foydalanib, mikroprotsessorli sarf o‘lchagich va hisoblagichlar lokal kompyuter tarmoqlariga ulanishi va bunda asboblardan olinadigan o‘lchash ma'lumotlari telefon, radiokanal va optik kabellar orqali uzatilishi mumkin.

Sarf o‘lchagich va hisoblagichlardan ma'lumotlarni qabul qilish va uzatishning turli variantlari adapter, modem kabi qurilmalar orqali amalga oshiriladi. Sarf o‘lchagichlarning ba'zi turlari batareya va akkummulyatordan avtonom ta'minlanishga ega bo‘lib, ularni elektr tarmoqlari bo‘lmagan yoki elektr toki tez-tez uzilib qoladigan joylarda o‘rnitish imkoni mavjud.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlariga bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi.

Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi.

Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.

Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta'minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi

Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.

Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7)kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.

O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘, gaz va hokazolarni o‘lchagichlariga bo‘linadi.

Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:

1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.

Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.




  1. Download 0,85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish