Avtomatlashtirish va boshqarish



Download 38,94 Mb.
bet158/215
Sana09.07.2022
Hajmi38,94 Mb.
#763554
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   215
Bog'liq
sto` umk

Ishlash printsipi
Konduktorometrik sath o’lchagichlarning birlamchi o’zgartirgichi suyuqlikka botish chuqurligi uning sathining joriy qiymatini aniqlaydigan ikkita elektroddan iborat bo’lib, elektrodlardan biri rezervuar “O’ta o’tkazgichli” suyuqliklarning (masalan, suyuq metallar) sathini o’lchashda bir elektrodli konduktorometrik sath o’lchagichlari ishlatilishi mumkin, ikkinchi elektrod vazifasini yerga ulangan idish bajarishi mumkin.
Konduktorometrik sath o’lchagichlarining aniqligini chegaralovchi asosiy omillar – elektrodlarning ko’ndalang kesim maydonining o’zgaruvchanligi va buning natijasida elektrodlar uzunligi bo’yicha solishtirma qarshilikning o’zgaruvchanligi, shuningdek elektrodlarda yuqori solishtirma qarshilikli plenka (oksid yoki tuz) hosil bo’lishi, bu datchikning sezgirligini keskin nazorat qilinmaydigan pasayishiga olib keladi.
Undan tashqari, konduktorometrik sath o’lchagichlarning aniqligiga ishchi suyuqlikning elektr o’tkazuvchanligini o’zgarishi, elektrodlar yaqinidagi muhitning qutblanishi ta’sir ko’rsatadi. Buning natijasida sathni o’lchash konduktorometrik usullarining kamchiliklari (nuqsonlari) juda yuqori (10% gacha) (turli kompensatsion sxemalardan foydalanilsa ham), shuning uchun ular o’tkazuvchan suyuqliklar sathining signalizatorlari sifatida ko’proq qo’llaniladi.

Sathning konduktorometrik datchiklarini qo’llash misollari
Konduktometrik sath o’lchagichlari va signalizatorlar ishlatiladi (4.18-rasm)

4.18-rasm. Primenenie konduktometrik sath o’lchagichining qo’llanilishi:
1 – sig’imdagi maksimal sathning aniqlanishi; 2 – sig’imdagi minimal sathning aniqlanishi; 3 – nasosni “quruq” yurishdan himoyalash; 4 – vertikal montajda sathni aniqlash uchun datchikning uzaytirilgan bajarilishi

Xozirda suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining balandligini o’lchashning turli usullari mavjud. Suyuqlik sathining balandligini o’lchash usullaridan biri suv o’lchash oynalari yoki uning turlari, shuningdek manometrik yoki pnevmometrik (pьezometrik) qurilmalar yordamida amalga oshriladigan suyuqlik ustunining gidrostatik bosimini o’lchash usulidir. Bu usullarning barchasida, qoidaga ko’ra, asosiy xatolik o’lchanayotgan suyuqlik zichligining temperatura o’zgarishi tufayli o’zgarishi hisobiga bo’ladi. Bu xatolikni yo’qotish yoki kamaytirish maqsadida bir vaqtning o’zida suyuqlik gidrostatik bosimni va uning sathini o’lchaydigan, so’ngra sath o’lchagich ko’rsatishini uning zichligiga mos ravishda to’g’rilaydigan murakkab o’lchov sistemalari yaratilmoqda. Tabiiyki, o’lchov sistemasining murakkablashtirilishi uning ishonchliligini kamaytiradi.


Gidrostatik usul bilan suyuqlik sathi balandligini o’lchovchi barcha sistemalar o’lchov sistemasi, birlashtiruvchi liniyalar, ularning temperatura rejimi, sistema o’lchov o’zgartirgichlarining ishlashi xususiyatlarining sinchkovlik bilan o’tkaziladigan tahlilini talab qiladi. Masalan: sath o’lchash sxemasi uchun parogenerator barabaniga gidrostatik usulda qalqovichli difmanometrlar o’rniga membranali difmanometrlarning ishlatilishi o’lchovdagi bo’lishi mumkin bo’lgan xatoliklarni sezilarli darajada kamaytiradi. Bunga sabab shuki, membranali difmanometrlar o’tadigan suyuqlik hajmi o’lchanayotgan sath o’zgarganda, qalqovichli o’lchagichlarga nisbatan sezilarli darajada kamroqdir.
Qalqovichli sath o’lchagichlar suyuqlik sathining balandligini o’lchaydigan eng sodda va ishonchli moslamadir. Biroq ular yuqori bosimda ishlatilishi mumkin emas. Bunday sath o’lchagichlar agressiv suyuqliklar va cho’kindi tushadigan muhitda ishlatilganda qiyinchilik tug’diradi.
Pьezometrik (pnevmometrik) sath o’lchash usuli suyuqlik ustunining gidrostatik bosimini muvozanatlashtiradigan havo (inert gaz) bosimini o’lchashga asoslangan. SHu sababli bu yerda gidrostatik o’lchov usulining xususiyatlari va kamchiliklariga pnevmometrik sistemaning spetsifikasi Hamdamov Anvar Maxmudovich qo’shiladi.
Sig’imli sath o’lchagichlar elektr tokini o’tkazadigan va o’tkazmaydigan suyuqliklar uchun qo’llaniladi. Ular o’lchanadigan muhit temperaturasi va bosimini keng diapazonda – agressiv va noagressiv muhitdagi sathlarni o’lchash uchun yaroqlidir. Ularni ko’rsatishi temperaturaga bog’liq ravishda o’zgarishi mumkin bo’lgan muhitning dielektrik o’tkazuvchanligiga bog’liqdir. Kompensatsion sig’imlarning ishlatilishi bu ta’sirni kamaytirishi mumkin, ammo uni butunlay yo’qotmaydi. Sig’imli sath o’lchagichlarining elektron qismini konstruktiv bajarilishi murakkab bo’lganligi sababli ular keng qo’llanilmaydi.
Hozirgi paytda sanoatda radioaktiv sath o’lchagichlar keng tarqalmoqda. Ular, odatda, o’lchanadigan muhit bilan bevosita kontakt u-yoki bu sabablarga ko’ra mumkin bo’lmagan holatlarda ishlatiladi (masalan suyuq xlor sathi, domna pechidagi shixtaning sathi va hokazo). SHuni nazarda tutish lozimki, radioaktiv sath o’lchagichlarining ko’rsatmalariga o’lchanayotgan muhitning o’zgarishi ta’sir etmaydi. (seriyali asboblardagi printsipial sxemalar uchun).


Download 38,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish