Avtomatlashtirish va boshqarish


Suyuqlikli shisha termometrlar



Download 38,94 Mb.
bet13/215
Sana09.07.2022
Hajmi38,94 Mb.
#763554
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215
Bog'liq
sto` umk

Suyuqlikli shisha termometrlar
Suyuqlikli shisha termometrlarning ishlash prinsipi suyuqliklarni issiqdan kengayishiga asoslangan[12]. Harorat o‘zgarganda termometrik suyuqlikning xajmi o‘zgaradi va bu haroratning qiymati hisoblanadigan kapillyardagi suyuqlik sathini o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Suyuqlikli termometrlar turli rusumli shishalardan tayyorlanadi va turli termometrli suyuqliklar yoki simob bilan to‘ldiriladi. Simobning boshqa suyuqliklarga ko‘ra afzalligi shundaki, uni kimyoviy toza olish oson va u shishani ho‘llamaydi.

5.1. Rasm. Tajribaviy simob termometrlar:

a – solib qo‘yilgan shkalali: 1 – shisha rezervuar; 2 – kapillyar; 3 – shkalali plastina; 4 – shisha qobiq; b – tayoqchasimon: 1 – rezervuar; 2 – qalin devorli kapillyar; 3 – kapillyarning tashqi sirtidagi shkala.


Shishali termometrlarning bo‘limlarini qiymati (0,01...10) °S oraliqda bo‘lib, termometrning nimaga mo‘ljallanganligi va termometrik suyuqlikning qo‘llanilish turi bilan belgilanadi. Ishlab chiqariladigan termometrlarning asosiy qismi o‘zining konstruksiyasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) solib qo‘yilgan shkalali termometrlar, ularda shkalali plastinka shisha qobiqning ichiga solinib, kapilliyarga mahkamlanadi (5.1-rasm, a);
2) tayoqchasimon termometrlar, ulardagishkala bevosita qalin devorli kapillyarning tashqi sirtiga chizilgan bo‘ladi (5.1-rasm, b)

.
5.2.Rasm. Texnik shishali termometrlar: a – to‘g‘ri; b – burchakli


bu yerda l – termometr shkalasi graduslari o‘rnatiladigan ustunning uzunligi; t – nazorat qilinayotgan muhitning termometr bilan o‘lchangan harorati; – muhitga tushirilgan ustunning yordamchi termometr bilan aniqlangan o‘rtacha harorati; k – ishlatilayotgan shisha va termometrik suyuqliklarning har biri uchun individual bo‘lgan koeffitsient.

Qo‘llanilish usuliga ko‘ra termometrlar yoki harorati o‘lchanayotgan muhitga qisman botirilgan (to‘la botirilmagan) yoki hisoblanadigan harorat qiymatigacha botirilgan (to‘la botirilgan) bo‘ladi. Aniqrog‘i to‘la botiriladigan termometrlar termometr ko‘rsatishi bilan algebraik qo‘shiladigan to‘g‘rilash grafigi bilan ta'minlangan bo‘ladi. Agar to‘la botiriladigan termometr muhitga to‘la botirilmagan bo‘lsa, unda suyuqlik ustunini ko‘tarilishiga to‘g‘rilash kiritiladi (belgini hisobga olgan holda):


(5.4)
Suyuqlikli termometrlar vazifasiga ko‘ra tajribaviy, texnik (ishlab chiqarishdagi) va ishchi etalonlar (namunaviy) ga bo‘linadi. Tajribaviy termometrlar ilmiy izlanishlarda qo‘llaniladi va to‘la botirilish bo‘yicha darajalanadi. Ularning quyi o‘lchash chegarasi -30 dan 300 °S gacha bo‘lgan diapazon ichida, yuqori chegarasi 20 dan 600 °S gacha bo‘lgan diapazon ichida yotadi. Bo‘limlarining qiymati 0.1 dan 2 °S gacha bo‘lgan oraliqda yotadi. Xatolik chegarasi bo‘lim qiymati va o‘lchash diapazoniga bog‘liq bo‘lib, 0.3 dan 4 °S gacha bo‘ladi (bu bo‘lim qiymatini oshirib yuborishi mumkin).
Texnik termometrlar faqatgina quyi to‘g‘ri yoki burchak ostida egilgan (90 yoki 120° burchak ostida, 5.2-rasm) qismi botirilgan holatda darajalanadi. Ular maxsus vazifa (meditsina, metrologiya va boshqalar uchun) yoki maxsus texnik xarakteristika (titrashga chidamli, elektrkontaktli) ga ega bo‘lishi mumkin. Texnik termometrlarning ruxsat etilgan xatoliklari o‘lchash harorati va bo‘limlar qiymatiga bog‘liq bo‘lib, bo‘lim qiymatlarini oshib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

5.2. Jadval


Shishali termometrlarning texnik xarakteristikalari

Turi

Nomlanishi

O‘lchash chegarasi, °C

Bo‘lim qiymati, °C

Xatoligi, °C

TL-4

Tajribaviy

Quyi chegarasi
-30...240,
Yuqori chegarasi 20...310

Chegaralardan kelib chiqqan holda
0,1; 0,2

Chegaralardan kelib chiqqan holda
±(0,2...1)

TR-1

Ishchi etalon (namunaviy)

Quyi chegarasi
0...56,
Yuqori chegarasi 4...60

0,01

±0,05

SP-40

Maxsus titrashga chidamli

0...100
0...200
0...300
0...400

0,5

±1

TPK – M

To‘g‘ri yoki burchakli rostlanuvchi elektrkontaktli

-35...70
0...100
0...200
0...300

1
1
2
5

±1
±1
±2
±5

TT, TTM

To‘g‘ri yoki burchakli texnik

-35...50
0...100
0...160
0...200
0...35O

0...450


1
1
2
2
5

5


±1
±1
±2
±2
±5
0...300 sohada
±10
300...450 sohada

Namunaviy termometrlar (TR turdagi aniq o‘lchashlar uchun) katta o‘lchash diapazoniga ega emas, lekin o‘lchash chegaralariga bog‘liq bo‘lmagan tarzda 0 °S belgiga ega. Ish vaqtida termometr nazorat qilinayotgan muhitga nazorat qiladigan ustunini bor bo‘yicha botiriladi.


RF da shisha termometrni asosiy ishlab chiqaruvchisi «Termopribor» zavodi (Klin shahri) hisoblanadi. 5.2-jadvalda bir necha turdagi shisha termometrlarning texnik xarakteristikalari keltirilgan.

Download 38,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish