Endi masalaga boshqacha tarzda qaralsa, ya’ni tuzilmaviy parametrlar miqdorlarini chiqish jarayonlari parametrlari miqdorlari orqali topilsa, texnik diagnostikaning mohiyati kelib chiqadi
Endi masalaga boshqacha tarzda qaralsa, ya’ni tuzilmaviy parametrlar miqdorlarini chiqish jarayonlari parametrlari miqdorlari orqali topilsa, texnik diagnostikaning mohiyati kelib chiqadi.
O’lchangan diagnostik parametrlar bo’yicha mexanizmning texnik holatini baholashda tuzilmaviy va diagnostik parametrlar orasidagi to’g’ri va teskari bog’lanishlarni bilish zarur [6]. Bunday bog’lanishlar sodda (a), ko’p miqdorli (b), noaniq (v) va qurama (g) bo’lishi mumkin (1-rasm).
Tuzilmaviy va diagnostik parametrlarning o’zaro bog’lanishlari xarakteri ularning axborot beruvchanlik xususiyatlarini ifodalaydi va diagnoz qo’yishda axborotga ishlov berish usullarini belgilab beradi.
A) B) V) G)
1-rasm. Tuzilmaviy (X) va diagnostik (S) parametrlarning o’zaro bog’lanishlari shakli
2. Diagnostik parametrlarning tasnifi
Diagostik parametrlar quyidagi alomatlari bo’yicha tasniflanadi [6]:
1. Tashkil bo’lish tamoyili bo’yicha:
a) ishchi jarayonlar parametrlari (quvvat, tormozlanish yo’li va h.k.);
b) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar parametrlari - diagnostik ob’ektning texnik holati bo’yicha chegaralangan axborot beradi (isish, tebranish, shovqin va h.k.);
v) geometrik parametrlar - mexanizm detallarining o’zaro tuzilmaviy bog’lanishini aniqlaydi (tirqishlar, erkin yurish va h.k.).
5. Axborotning xarakteri, hajmi va o’zaro bog’liqligi bo’yicha:
a) ayrim diagnostik parametrlar boshqalariga bog’liq bo’lmagan holda ob’ektning nosozligini aniq ko’rsatadi (masalan: ob’ektning podshipnigidagi lokallashgan shovqin yoki tebranishlar yeyilishning ko’payganidan va tirqishning kattalashganidan darak beradi).
b) umumiy diagnostik parametrlar – diagnostik ob’ektning texnik holatini bir butun tarzda baholaydi (masalan: berilgan yuklamadagi dvigatelning quvvati, transmissiya agregatlarining umumiy aylanma lyuftlari yig’indisi va h. k.). Bunday parametrlar nosozlikni aniq ko’rsatmaydi.
v) o’zaro bog’liq diagnostik parametrlar ob’ekt nosozligini bir vaqtning o’zida aniqlangan va o’lchangan ko’pgina parametrlar majmui orqali ifodalaydi. (Masalan: dvigatel kiritish klapanining zich yopilmasligi natijasida karbyuratordan tovush chiqishi va dvigatelning katta aylanishlar sonida bir maromda ishlamasligi).