Huawei O‘zbekistonda “bulutli” texnologiyalarning yuqori trendini namoyish qilmoqda. 2016-yil 10-noyabrda “Huawei Tech Investment Tashkent MCHJ CHK” kompaniyasi “O‘zbekistonda bulutli texnologiyalar sammiti-2016” xalqaro anjumanini o‘tkazdi. Bu tadbir mazkur sohaning eng yaxshi mutaxassislarini, tahlilchilarni hamda potensial foydalanuvchilarni AKT tarmog‘idagi eng ommabop tendensiyalarga — Bulutli texnologiyalarni o‘zgartirishga oid tajriba, ma’lumot va fikrlar almashish uchun birlashtiruvchi asosiy voqeadir.
1.3-rasm. Huawei kompanyasining O’zbekistondagi bulutli texnologiyalar sammitidan lavha.
Sammitta O‘zbekistonda innovatsiyalar joriy qilishga, samaradorligi va mahsuldorligini oshirishga bulutli texnologiyalar qay tarzda xizmat qilishi mumkinligi haqida so‘z boradi. Endi bulutli texnoliyalar rivoji tezlashganidan keyin hammasini atigi bir necha daqiqada, kerakli tugmachalarni bosish orqali bajarish mumkin. Yana bir misol, yurtimizdagi kichik kompaniyalar o‘z dasturiy ta’minotini bulutli amallar makoniga joylashtirib, o‘z xizmatlaridan o‘zbekistonlik va butun dunyodagi iste’molchilar foydalanishi uchun imkoniyat yaratishi ham mumkin.
“Ochiq va moslanuvchan bulutli texnologiyalar asosida Huawei tarmoqlardagi hamkorlar bilan ochiq bulutli texnologiyalar ekotizimini tashkil etish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor. Uning yordamida yirik telekommunikatsiya kompaniyalari, mahalliy dasturiy ta’minot yaratuvchilar va milliy kontent-provayderlari (OAV, OTT kompaniyalar) aholiga yanada lokal va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qilishi va AKT sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida birgalikda ishlashi mumkin bo‘ladi”, — deb tadbirga izoh berdi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen.
II Amaliy qism. 2.1 Google disk xizmatidan foydalanish.
2.1-rasm. Cloud.google.com saytining bosh sahifasi.
2.2-rasm. google diskdan foydalanishdagi 1- bosqich.
Bunda biz quydagi joylarni to’ldirip chiqamiz yani mamlakat qatoriga o’z mamlakatimizni ko’rsatamiz.
2.3-rasm. Email update qismida yes buyrug’ini tanlaymiz va aggre and continue ni tanlaymiz.
2.4-rasm. Bu sahifada o’zimiz haqimizda malumotlar kiritiladi.
2.5-rasm. Bu sahifada malumotlarimiz to’gri kiritilganligiga ishinch hosil qilib start my free trial ga bosamiz. Shunda biz ro’yhatdan o’tamiz va o’zimizning shaxsiy sahifamizga ega bo’lamiz. Keyingi qayta kirish vaqtida shu malumotlar asosida kiriladi.