№5 Avtokad dasturiy ta’minotga uslubiy yondashish
Dasturli ta’minot modullarini kodlashtirish bosqichida dasturlash tilini tanlash katta
axamiyatga ega bo’lib, dasturlash tilini tanlashda quyidagilar ta’sirida kechadi:
1.Til vositalarining ixtiyoriy ma’lumotlar strukturasini yaratish imkoniyati.
2.Strukturali dasturlash konstruktsiyalarini soni.
3.Bir turdagi EHM dan ikkinchi bir EHM ga dasturni ko’chirish imkoniyati.
4.O’rganish va foydalanishni qulayligi, kodlashtirishni unumdorligi.
5.Dastur tilida kodlashtirishni samaradorligi.
Hozirgi davrda ALT dasturli ta’minotini yaratishda FORTRAN, PL-1, PASKAL,
ASSEMBLER tillari keng tarkalgan.
FORTRAN algoritmik tili faqat ilmiy-texnik hisoblarni boshqarish uchun
mo’ljallangan. Uni o’rganish sodda, formulalarni kodlashtirish, vektorlar va matritsalar
ustida bajariladigan jarayonlarni kodlashtirish oson va tez bajariladi. Maxsus grafika
algoritmlari mavjud.
PL-1 algoritmik tili strukturali dasturlashni konstruktsiyasi va ixtiyoriy
ma’lumotlar strukturasini tuzish uchun juda ko’p vositalari mavjud. Ammo bu tilni
o’rganish ancha murakkabdir, chunki uni translyatorida hamma operatsiya sistemalari
mavjud emas, unumdorligi past.
PASKAL algoritmik tili ALT da dasturli ta’minotni yaratishda juda keng
qo’llaniladi. Bu til oldingi tilga nisbatan ancha sodda, PL-1 tilini barcha imkoniyatlarini
o’z ichiga olgan. ALT ni dasturiy ta’minotini yaratishda asosan til sifatida qo’llaniladi.
ASSEMBLER algoritmik tili murakkab dasturlar tizimini yaratishda qo’llaniladi.
ALT dasturiy ta’minotida bu tilni qo’llash boshqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi
tizimchalarining bazalari uchun chegaralangan bo’lishi kerak.
Grafik tizimning dasturli vositalari ikki va uch o’lchamli koordinatalar sistemasi
uchun bazalangan tipovoy va amaliy dasturlar ta’minotidan iborat. Tipovoy grafik
ta’minotga xar xil soxada qo’llash imkoniyati bo’lgan dasturlar kiradi. Bularga grafika
redaktorlari, grafik instrumental sistemasi, grafika dialogini tashkil etish, grafika
kutubxonasidan iborat bo’ladi. Amaliy dasturli ta’minotga grafika sistemasini maxsus
vositalari kiradi. Masalan, mexanik konstruktsiyalarni to’ldiruvchi grafika tasvirlari;
mashinasozlik konstruktsiyalarining uzellarini yig’ish, ishlov berish jarayonlari va
h.k.larning modellash tizimlari.
Mashina grafikasida namunaviy va amaliy vositalar, modellashtirish va
o’zaroharakatlanish vositalaridan iborat bo’ladi.Hozir o’zaroharakatlanish vositasi keng
qo’llaniladi. Bunga menyu va kriptogramm texnikasi misol bo’ladi. Unda displey
ekranida kerakli belgilar chiqadi, qo’llovchi kerakli tasvirni tanlab, shu dasturni ishga
tushuradi va har xil usullar (aytish, exo-ma’lumot, vosita0 bilan tasvirni kerakli
o’lchamlari qo’yiladi. Uch o’lchamli mashina grafikasida modellashtiruvchi-geometrik
protsessor qo’llaniladi (13.1-rasm). Bunday geometrik modellashtirish tizimida ALT
uchta sinfga asoslanadi: simli yoki karkasli (13.1 b-rasm); qattiq jism (13.1 v-rasm);
yuza (13.1 g-rasm) modellari. Qo’llovchi karkasli tizimda unga bir yoki ikki
yo’nalishda xosil qiluvchini berib, u shu yo’naltiruvchi orqali siljiydi. Qattiq jismni
modellashtirish tizimida, ikki o’lchamli mashina grafikasiga ba’zi konturlar kiritilib,
unda traektoriya bo’yicha siljishi (13.2 a-rasm) yoki aylanishi mumkin 13.2 b-rasm).
Yuza tizimida, shakllarni xajmiy bazaviy elementlari olinadi (13.3-rasm), masalan
16
to’g’ri to’rtburchak, tsilindr, prizma, kesilgan konus va h.k.lar. Ulardan, nazariy-
ko’paytirish jarayoniga yaqin operatsiyalarni yordamida, qo’shish, olish yoki kesish
yo’llari bilan elementlar shakllanadi.
Agar
konstruktor
ob’ektning
proektsiyalarini
tuzib
chiqsa,
unda
rekonstruktsiyalash usulini (13.4-rasm) qo’llab, ob’ektning uch o’lchamli modulini
qurish mumkin.
Hozirgi vaqtda texnikaning har xil soxasida ALT ning har xil lingvistik ta’minoti
qo’llanilmoqda. Ulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz.
FAP-KF tili-FORTRAN kampilyatori asosida geometrik modellashtirishni
shakllantirish apparati. FAP-KF dasturlar paketi, mashinasozlik ALT da geometrik
modellashni va muxandislik-grafika ishlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan va
quyidagilarga
qo’llash mumkin: muxandislik-grafika ishlarini avtomatlashtirish;
avtomatlashgan konstruktsiyalash va ishlab chiqarishini texnologik tayyorlash tizimi
geometrik modellarini ishlab chiqishda dasturlash tili sifatida; kinematik mexanizmlarni
modellash uchun; SDB dastgohlarining boshqaruv dasturlarini avtomatik tayyorlashda
asboblarning harakatlanish traektoriyasini shakllantirish algoritmini dasturlash uchun;
shakldor tayyorlamalar uchun materiallarni bichish masalasida; geometrik modellash
yo’li bilan yechiladigan topshiriqlarda.
Qo’llovchilarning nuqtaiy nazaridan FAP-KF tili FORTRAN-4 ning geometrik
o’zgaruvchilar yordamida kengaytirilgan tili hisoblanadi. Paket 200 dan ortiq geometrik
operatorlardan iborat. Bu operatorlar yordamida ob’ektni olish, aylantirish, qo’shish,
proektsiyalash, egri chiziqlarni qurish va shu kabilarni bajarish mumkin. Paketsodda
strukturali bo’lib, geometrik operatorlarni tashkil qilish imkoni bor.
Misol tariqasida konussimon yuzani (13.5-rasm) chizish operatorlarini ko’rib
chiqamiz.
T3 TXYZ (0., 0., A)
V VXYZ (0., 0., -1)
C CONUS (T3, V, ATAN(,5 D A).
XOY koordinata teksligini va konussimon yuzani kesib o’tish chiziqlarini qurish
operatorlari:
S SXOY (0.)
U1 USET (S, C, 1)
Konus va sferalarni kesish chizig’ini quyidagi operatorlar bajaradi:
SF SFERA (T, -R)
T4 TXYZ (X, Y, -R, Z)
T1 TFFT3 (SF, C, T4)
T2 TXYZ (X, Y, Z, -R)
U2 USKAN (SF, C, T1, T2, 3).
Ob’ektni
burchak ostida buralishini olish uchun quyidagi matritsadan
foydalaniladi:
TM
cos
sin
0
-sin
cos
0
Bunda burash koordinatalar sistemasining markazi atrofida amalga oshiriladi. Masalan,
13.6-rasmda berilgan tasvirni olish uchun quyidagi operatorlarni bajariladi:
S TSELЬ: POVOROT SEGMENTA «TREUGOLЬNIK»
17
REAL X(4), Y(4), TM(2,3)
DATA TM 1., 0., 0., 1., 0., 0.
C FORMIROVANIE SEGMENTA 2 «TREUGOLЬNIK»
CALL GCRSG (2)
CALL GPL (4, X, Y)
CALL GCLSG
ALPHA 0
DELTA 3.14 16
DO 1 I 1,8
ALPHA ALPHA DELTA
TM (1,1) COS (ALPHA)
TM (1,2) SIN (ALPHA)
TM (2,1) -SIN (ALPHA)
TM (2,2) COS (ALPHA)
CALL GSSGT (2, TM)
Agar tasvirdagi ko’rinmaydigan yuzalarni yo’qotish kerak bo’lsa (13.7-rasm),
quyidagi operatorlar bajariladi:
S TSELЬ: POVOROT SEGMENTA «TREUGOLЬNIK» S
S USTANOVKOY PRIORITETA SEGMENTA
REAL X (4), Y (4), TM1 (2, 3)
S FORMIROVANIE SEGMENTA 2 «TREUGOLЬNIK»
CALL GCRSG (2)
CALL GPL (4, X, Y)
CALL GCLSG
S FORMIROVANIE SEGMENTOV 11-14,
S POVERNUTO’X VOKRUG NACHALA KOORDINAT
ALPHA 0
DELTA 3.14 16
PRIOL 1
DO 5 NAME 11, 14
CALL GCRSG (NAME)
CALL GSSGPR (NAME, PRIOR)
TM (1, 1) COS (ALPHA)
TM (1, 2) SIN (ALPHA)
TM (2,1) -SIN (ALPHA)
TM (2,2) COS (ALPHA)
CALL GINSG (2, TM)
PRIOR PRIOR - 0.1
CALL GCLSG
Nazorat uchun savollar:
1.Algoritm tillari asosan qaysilar?
2.Grafika dasturi nima?
3.Grafika dasturini turlari? 4.Grafika dasturida nimalar bajariladi?
Tayanch so’z va iboralar:
Do'stlaringiz bilan baham: |