Maqsadga intilish xususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intil-
gan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim
avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga
intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim.
Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki
gomeostazis xususiyati mavjud bo‘ladi.
Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda
yoki muvozanatga tortuvchi kuch yorda-mida boshqarilishi mumkin.
Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar
bo‘lib, kibernetika tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.
Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori tizim
deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi.
173
Do'stlaringiz bilan baham: |