- bob. Avtomatik boshqarish tizimlari va texnik vositalarining puxtaligi
Puxtalik xaqida tushunchalar va unga ta’sir qiladigan kattaliklar
Parametrlarnig ko’zda tutilmagan nominaldan og’ishi va ayniqsa, roslash tarkibidagi xech bo’lmaganda bir elementning ishdan chiqishi ARS ning nominal ishini izidan chiqaradi, ko’pincha butun sistemani ishdan chiqaradi. Elementar parametrlarning o’zgarish sabablari har hil. Хar bir elemen ma’lum material va ma’lum (nominal) ish sharoiti uchun hisoblanadi, shuning uchun elementar parametrlarning olinadigan qiymatlari ayrim shartlarni hisobga olmaganda aniq va bir hil bo’ladi. Ammo elementarni tayyorlash jarayonida elementlarning xaqiqiy parametrlari hisoblangan qiymatlardan farq qiladi, bu esa parametrdagi nomoslik sababi bo’ladi. Ayniqsa, elementarlarni ishlatish vaqtida katta og’ishlar paydo bo’lish mumkin, bu og’ishlarning qiymati shunchalik katta bo’lishi mumkinki, normal ish nuqtai nazaridan yo’l qo’yilgan chegaradan chiqadi.
Masalan ARS ga kiradigan kuchaytirgichning kuchaytirishi koeffitsiyentining kamayishi statik xatoning kattalashishiga sabab bo’ladi va aksincha, kuchaytirish koeffitsenti ortiqcha kattalashganda turg’unlikning yo’qolishiga va xatto rostlash sifatining yomonlashuviga olib keladi.
Elementlar parametrlarning sochilish sabablari texnologik va ekspluatatsion sabablariga bo’linadi.
Тexnologik sabablarga turli ruxsatlar tufayli kelib chiqqan chetga chiqishlar kiradi: 1) element tayyorlagan materialning xossalari tufayli bo’lgan ruxsat, masalan, o’tkazgichning solishtirma qarshiligi yoki ferromagnit materialning magnit kirituvchanligi ma’lum qiymatga ega bo’la olmaydi. Ular odatda nominaldan ortiq yoki kam tomonga ruxsat bilan beriladi: 2) elementar detallarning o’lchamlariga beriladigan ruxsat, masalan, mexanikaviy zvenolar srasidagi bo’shliklarga beriladigan ruxsat va xokazo.
Ko’rsatilgan sabalarning ta’sirini kamaytirish uchun elementlarning konstruksiyasida rostlash moslamalari (o’zgaruvchan qarshiliklar, sig’im va
xokazolar) bo’lishi mumkin: bular elementning parametrlarini ma’lum chegarada o’zgartirish va zarur qiymatni o’rnatishga imkon beradi. Shunisi muximki, sistemani bunday rostlash parametrlarga bo’lgan ruxsatlarni faqat ma’lum tashqi sharoitlardagina qisqartira oladi.
Ekspluatatsion sabablarga: tashqi muxitning ta’siri, energiya manbai xolatinig ta’siri, xizmat ko’rsatish sifati, eskirish va yoyilish kiradi.
Тashqi muxit, ayniqsa, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida elementlarni va butun sistemani ishlatish vaqtida muxit xarorati, xavoning zichligi, namligi, gaz tarkibi o’zgaradi. Bularning xammasi avvalo alohida detallar va butun element parametrlaning (o’tkazgichlar solishtirma qarshiligining ish suyuqligi qovushoqligining va xokazolarning) o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Sistemani ta’minlovchi energiya manbaining holati xam element parametrlariga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, manba kuchlanishining ko’tarilishi relening yoki magnit ishga tushurgichning ishga tushish vaqtini qisqartiradi, suyuqlik bosimining oshuvi esa gidravlik kuchaytirgich porshening siljish tezligini oshiradi.
Avtomatik sistemalarning elementlarini to’g’ri ishlatish uchun yuqori malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etiladi.
Elementlarning parametrlari ularning eskirishi va yeyilishi natijasida ham nominaldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yeyiladi. Elementlar ishlatishning boshlang’ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni bajaruvchi muxim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavvodan chiqarilishidan oldin "sun’iy eskirtiriladi".
Хar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach eskirish tezlashadi va u xaqiqiy holati qandayligidan qat’y nazar, almashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |