Elektromagnitli ijro mexanizmlari
Avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida elektr energiyasini ishchi organning tekis xarakatiga aylantirib beruvchi elektromagnitli uzatmalar IM lar sifatida qo‘llanishi mumkin. Bu elementlar yana solenoidli mexanizmlar deb ham yuritiladi.
Elektromagnitli IM lar tipi, tuzilishiga ko‘ra chiqish koordinatasi ko‘rinishlarga ajratilishi mumkin:nto‘g‘ri xarakatlanuvchan rostlovchi organga ega bo‘lgan IM lar uchun: siljish, tezlik ta‘sir qiluvchi kuch; aylanuvchan xarakatga ega bo‘lgan rostlovchi organli IM lar uchun: aylanish burchagi, aylanish chastotasi, aylanish momenti.
Elektromagnitlar o‘zgaruvchan (bir fazali va uch fazali), o‘zgarmas tokli bo‘lishi mumkin. Ularning asosiy tavsifnomasi: yakorning surilishi; yakorning surilishi va tortish kuchi orasidagi bog‘lanish; yakorning surilishi va elektroenergiya sarfi, ishga tushish vaqti orasidagi bog‘lanish.
Yakorning maksimal surilishiga qarab qisqa yurishli va uzun yurishli elektro-magnitlar ajratiladi.
Elektromagnitlar qo‘yidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Тanlanayotgan konstruksiya siljish uzunligi, tortish kuchi va berilgan tortish tavsifnomasiga mos kelishi kerak;
2. Тez xarakatlanuvchan tizimlar uchun shixtalangan magnitli o‘tkazgichga ega bo‘lgan elektromagnitlar, sekin xarakatlanuvchan tizimlar uchun shixtalanma-gan magnit o‘tkazgichga ega bo‘lgan hamda massivli mis gilzali elektromagnitlar qo‘llanilishi mumkin.
3. Ishga tushish sikllari soni yo‘l qo‘yilgandan kam bo‘lishi kerak.
4. Bir xil mexanik ishlar uchun o‘zgaruvchan tok elektromagnitlari o‘zgarmas tokda ishlovchi elektromagnitlarga nisbatan ko‘proq elektroenergiya talab qiladi.
5. Elektromagnitlar ishlatish uchun qulay va oddiy bo‘lishi kerak.
Elektromagnitlarni kuchlanish, tok va quvvat kattaliklari orqali tanlash mumkin. Elektromagnit tanlangandan so‘ng uning cho‘lg‘amlari qizishga nisbatan xisoblanadi. Bu holda ruxsat etilgan qizish harorati 85...900 S xisobida olinadi. El-ektromagnitli IM ning uzatish funksiyasi :
U(r) Km
W(p) = ------- = ----------------------------- (7.1)
U(p) (Тer+1) (Т21 r+Т2r+1)
bu yerda U — yakorning siljishi;
Тe=L0/R0 — elektromagnitning vaqt doimiysi;
L0 va R0 — induktivlik va elektromagnit galtagining aktiv qarshiligi;
Т1= m/cn; m — qo‘zg‘aluvchan qismlarning massasi;
Sn — prujina qattiqligi; Т2=Kd/Sn ;
Kd — koeffitsiyent (dempfirlash).
2K0/K
Km= ---------- — elektromagnit tortish kuchi va g‘altakdagi Ik toki- SnK0
SnR0
ning orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti.
Agar boshqaruv obektining vaqt doimiysidan (Тe, Т1, Т2) katta bo‘lsa, uzatish funksiyasi inersiyasiz zveno ko‘rinishida berilishi mumkin: W(p)= Km
Do'stlaringiz bilan baham: |