Avtomatika va elektrotexnologiya


Zamоnaviy kоmpyuterlar va ularning klassifikatsiyasi. Tarkibiy tuzilishi va



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/263
Sana31.12.2021
Hajmi4,36 Mb.
#264867
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   263
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Zamоnaviy kоmpyuterlar va ularning klassifikatsiyasi. Tarkibiy tuzilishi va 
qurilmalarining vazifalari 
Kompyuter  asosiy  va  qo‘shimcha  qurilmalardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  asosiy  qurilmalarga  
quyidagilar kiradi (1-rasm): 
 
1-rasm (1.Tizimli blok;   2.Monitor;  3.Klaviatura;   4.Sichqoncha). 
Kompyuterning  samaradorligini  bеlgilovchi  asosiy  qurilma  sanalmish  sistеmali  blok  o‘z 
navbatida quyidagi ichki qurilmalardan tashkil topgan: 
  Protsеssor  (CPU)  -  ma'lumotlarni  qayta  ishlovchi  va  hamma  hisob  ishlarini  amalga 
oshiruvchi qurilma; 
  Opеrativ xotira (DIMM, DDR) - kompyuter yoqilgan vaqtda bajarilayotgan dasturlar va 
ishlatilayotgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlash qurilmasi; 
  Doimiy  xotira  qurilmasi  yoki  qattiq  disk,  vinchеstеr  (HDD)  -  ma'lumotlarni  doimiy 
saqlash  qurilmasi.  Agar  opеrativ  xotiradagi  ma'lumotlar  kompyuter  tok  manbaaidan 
uzilishi bilan o‘chib kеtsa, doimiy xotiradagi ma'lumotlar esa aksincha saqlanib qoladi; 
  Video  karta  -  bu  qurilma  monitorga  tasvirlarni  uzatish  uchun  xizmat  qiladi,  ya'ni 
tasvirlarni hosil qiladi. 
  Ovoz kartasi- tovush, ovoz, musiqani hosil qiluvchi qurilma. 
  Disk yurituvchi qurilma, diskovod (FDD) - egiluvchan magnit disklardagi (diskеtadagi) 
ma'lumotni o‘qish va unga ma'lumot yozish qurilmasi; 
  CD-ROM  disk  yuritish  qurilmasi  -  kompakt  (lazеr)  disklardagi  ma'lumotlarni  o‘qish 
qurilmasi; 


  Ona plata (Mainboard)- yuqoridagi qurilmalarni birlashtiruvchi asosiy plata. 
 
Bundan  tashqari  tizim  blokiga  qo‘shimcha  vinchеstеr,  disk  yuritish  qurilmasi,  opеrativ 
xotira,  kompakt  disklarga  yozish  qurilmasi  (CD/DVD-Writer),  ichki  modеm,  lokal  kompyuter 
tarmog‘iga ulanish qurilmasi (tarmoq platasi), va boshqa qurilmalar joylashtirilishi mumkin. 
Doimiy xotira qurilmalari va disk yurituvchilarning mantiqiy nomlari mavjud bo‘lib, ular 
doimo lotin harflari bilan bеlgilanadilar. 
Kompyuter yoqilishi bilan quyidagicha qurilmalar nomlana boshlaydi: 
  A: - 3,5 dyuymli diskеtalarni o‘quvchi qurilma;  
  B: - 5,25 dyuymli diskеtalarni o‘quvchi qurilma, agarda mavjud bo‘lsa; 
  C:, D:, E:,... - qattiq diskning mantiqiy nomlari;  
  Qattiq diskning nomidan so‘ng kompakt disklarni o‘quvchi qurilma nomi (CD-ROM), 
so‘ng boshqa qurilmalar (Zip-disk, CD-R,…) nomlanadi. 
      Kompyuter (case) – quti-nafaqat ―o‘rovchi quti‖ hamda asosiy element bo‘lib hamma 
qurilmalarni mahkam o‘rnatilishini ta‘minlab, elektr manbaasi va nozik qismlarni tashqi muhit 
ta‘siridan saqlovchi himoya. Qutilarning asosiy parametrik bu turi, desktop yoki minora. 
Desktop  –  birinchi  paydo  bo‘lgan,  ma‘lum  sabablarga  ko‘ra  hozir  eskirgan.  Avvallari 
displeylar  kichik  o‘lchamga  ega  bo‘lib  (  ekrani  ―14‖  va  ―15‖)  ular  desktop  ustida  qulay 
joylashtiriladi,  stolni  kamroq  egallashi  hamda  qulay  turishi  uchun.  Agar  desktopga  zamonaviy 
monitorlar(  ―17‖  va  ―19‖  )  joylahtirilsa  qulay  joylashuv  muvozanati,  ya‘ni  ko‘zimiz  bilan 
monitor orasidagi masofa buziladi. 
 
Manbaa  qism  –  kompyuterni  zarur  elektr  manbaasi  bilan  ta‘minlab  beradi.  Quti  ichida 
joylashtirilgan  bo‘ladi.  Manbaa  tanlanganda  quvvatliroq  manbaa  tanlash  lozim,  chunki 
keyinchalik  qo‘shimcha  qurilmalar  o‘rnatilganda  manbaa  taqchilligi  ro‘y  bermasligi  uchun. 
Kompyuter qancha ko‘p qurilmalar o‘rnatilsa, shuncha ko‘p manbaa quvvati talab etiladi.  
 
2-rasm. 
Ona plata tizimli blokning asosiy qismi bo‘lib 3-rasmda ko‘rinishi ko‘rsatilgan hamda bu tizimli 
plata (motherboard) deb ataladi, unga protsessor tezkor hotiralar va boshqalar o‘rnatiladi. Barcha 
tizimli  platalar,  maqsadga  ko‘ra  hamma  to‘plam  vositalari  orasida  real  ahborot  almashuvini 
amalga oshirish vazifasini o‘taydi. 
 
3-rasm. 


Chipset  (chipset)  –  mikroshemalar  to‘plami  bo‘lib,  barcha  kerakli  aloqa  vazifalarini 
asosiy  barcha  to‘plamlarni  –  protsessor,  hotira,  kengaytirish  shinasi  orasida  amalga  oshiradi. 
Qanday protsessor asosiy va kesh-hotira va boshqa husisiyatlarni tanlash  chipsetga bog‘liq.  Bir 
hil  kompanentlar  o‘rnatilgan  ShK  ning  ishlab  shiqarish  quvvati  bir  –  biridan  turli  tizimli 
palatalarda yig‘ilsa 30% farqlanadi. 
BIOS  (Basic  Input  Output  System)  –  kiritish-chiqarish  asos  tizim.  U  sistema  platasiga 
o‘rnatilgan – dasturli ta‘minot bo‘lib disk yordamisiz o‘rnatilgan bo‘ladi. 
Kengaytirish  uyalari  –  sistema  platasida  joylashgan  bo‘ladi.  Bu  uyalarda  kengaytirish 
platalari  joylashtiriladi.Ular  turli  hil  tashqi  qurilma  moslashtiruvchilarga  mo‘ljallangan.  ISA 
(Industry  Standart  Architecture)  Bus  –  kengaytirish  shinasi,  ShKning  oldingi  modellarda 
qo‘llanib va sanoat standarti bo‘lib shakllangan. ShKda 8 va 16 darajali bo‘lib qo‘llanilgan. 
PCI (Peripheral Component Interconnect) local bus - zamonaviy kompyuterlarning asosiy 
kengaytirish shinasi tashqi qurilmalarga mo‘ljallangan. Pentium uchun hisoblab, tuzilgan bularni 
486 protsessorlarda ham yahshi qo‘llash mumkin.  
PCI universal, tez bo‘lib,  taqtli chastotasi 66 Mgts va 32 darajali o‘tkazish imkoiyati 264 
Mbayt/s. 
AGP  (accelerated  graphic  Port)-mahsus  yuqori  tezlikka  ega  shina.  Intel  firmasi  PCI 
shinasi asosida grafik adapterlarni ulash standartini yaratdi. 
AGP porti – intellektual grafik adapterlarga (3D-akceleratori boriga) mo‘ljallangan. 
Socket  –  mikroshemalar  o‘rnatishga  moslashgan  uya.  Bu  uyalar  mahsus  qulflarga  ega 
bo‘ladi, ularni ochib mikroshemalar almashtiriladi va keyin qulflanib mustahkamlanadi. 
Protsessor  –  tranzistorli  mikroshema  bo‘lib,  kompyuterlarning  bosh  hisoblash  hamda 
boshqaruv  elementi  hisoblanadi.  Protsessorlarning  inglizcha  nomi  –  CPU  (Central  Processing 
Unit)   
 
 
4-rasm. 
Sovutgich  (Cooller)  –  486  protsessordan  boshlab,  ta‘minot  manbaa  quvvati  bir  necha 
barobar  oshishi  tufayli  va  ajratib  chiqayotgan  issiqlik  hajmi  oshganligi  sabab  yangi  qurilma, 
ya‘ni Cooller (sovutgich) ehtiyoj paydo bo‘ladi. Protsessorlarga ventilyatorlar hamda radiatorlar 
issiqlikni kamaytirish  uchun o‘rnatila boshlanadi. 
 
5-rasm. 
Sovutgich tanlashda quyidagilarga rioya qilish zarur: 
  Radiator maydoni 
  Sovutish effekti  
  Qanotlar soni 
  Sovutgich shovqini va vibiratsiyasi. 


Shu bilan bir qatorda taklif etilayotgan termointerfeys sifatiga e‘tibor berish lozim. 
Tezkor  hotira  –  dastur  va  ma‘lumotlarni  kompyuterda  ma‘lum  vaqt  saqlab  turadi. 
Kompyuterda uning borligi o‘chib ketadi. 
 
 
6-rasm. 
Videoadapter deb – ekranga tekislik va grafikli axborotni chiqaruvchi qurilmalarga 
aytiladi. 
Audioaxborotni  eshittirish  uchun  shahsiy  kompyuter  ovoz  platasi  deb  nomlanuvchi 
kengaytirish  platasi.  Bu  plata  sistema  platasida  yoki  kengaytirish  platasida  joylanish  mumkin. 
Kompyuterga  ovoz va musiqa eshitirish uchun qo‘yiladi. 
Kompyuterda  musiqa  eshitishingiz  uchun  ovoz  platasi,  kallonkalar  va  mahsus  dastur 
o‘rnatilish lozim.  

Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish