Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‘oyalar muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda, insoniyat tarixi - g‘oyalar tarixidir.
Xo‘sh, g‘oya nima, nega unga bu qadar katta e’tibor va ahamiyat beriladi? Ma’lumki, har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o‘z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko‘zlab harakat qiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma’lum bir mafkuraga tayanadi.
Umuman, g‘oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G‘oya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in’ikosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |