Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:
Mini GESning afzallik va kamchiliklarini o’rganish asosida O’zbeksiton sharoitida keng ko’lamli foydalanish imkoniyatlarini amaliyotga keng tadbiq etishga erishish
- Mini GES iqtisodiy taraqqiyot va ekologik soflikka xizmat qilishi ayni haqiqatdir. Mamlakatimizda ham bunday turdagi energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojni Mini Geslar orqali xal qilish imkoniyatlarini baholash ;
- Xo‘sh, bizda ham mini GESdan olinadigon energiyani shakllantirish va rivojlantirish mumkinmi?
- Agar kichik gidroelektr stansiyalaridan foydalanishning tom ma'noda foydasini hisoblasak, ular tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi boshqa manbalardan olinadigon elektr energiyasidan texnik va iqtisodiy tomondan foydalari va maqbul yechimlarini tadbiq qilishga erishish.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti: : Tadqiqot obekti sifatida STC -20 tipli sinxron generatorga ega bo’lgan suv g’ildiragli mini gidroelektrstansiya bo’lib va uni predmeti texnik va iqtisodiy parametrlarini xisobga olgan holda O’zbekiston sharoitida amaliyotda keng tadbiq etishni o’rganish
Tadqiqot usullari: Mini Geslarning texnik ko’rsatgichlarini aniqlash metodlari,Mini GES texnik ko’rsatgichlariga mos elektr va mexanik qurilmalar parametrlarini tanlash usullari,Mini geslarni umumiy loyihalsh usullari, gidravlik energiya va undan foydalanish usullari,gidroenergetik resurslardan foydalanish sxemalari qo'llaniladi
Ilmiy yangilik: Ilmiy-amaliy tadqiqot natijalari asosida elektr energiyasi ishlab chiqarishning eng tejamli va ekologik toza usullari taxlil qilinadi.Tizimning energiya samaradorligini hisoblash, tahlil qilish va sintez qilish orqali amaliyotga tadbiq etiladi va suv g’ildirakli mini gesdan bir vaqtining o’zida ham kinematik ham potensial energiyasidan foydalangan holda foydalanish.Suv g’ildirakli gidroturbinaning parraklari o’lchamini suv sarfiga bog’liq holda avtomatik o’zgartirish imkoniyati.
Dissertatsiyaning qamrovi va mazmuni: Dissertatsiya ishi kirish qismi, 3-ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (55 nomdagi) va ilovalardan tashkil topgan. Ish 115 bet bosma yozuvda yozilgan tekstdan, 6 ta jadval ,4 ta diagramma va 25 ta rasmdan iborat
KIRISH
Har bir davlatning ishlab chiqarish sohasi yuksak darajada rivojlangan bo’lsa, demak, ushbu davlat kelajakda iqtisodiy jihatdan ijobiy natijalarga erisha oladi. O’zbekiston dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamlashiga erishib borilmoqda. Har qanday mamlakatning barqaror rivojlanishida energiya resurslarining iste’moli hal qiluvchi omil hisoblanadi. CHunki har bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda energiya sarf qilinadi, ya’ni har birlik miqdordagi mahsulotni tannarxi ham bevosita energiya (issiqlik, elektr energiyasi) sarfiga bog’liq bo’ladi.
O'zbekiston energetik manbalarining samarali turlari bo'lgan gidroenergiyaga, neftegaz yonilg’isiga va toshko'mirga boy mamlakat hisoblanadi. Respublikamizda hozirgi kunda elektroenergiya ishlab chiqarishda asosiy manba bo'lib yonilg’i mahsulotlari hisoblanadi. Har yili mamlakatimizda 60 mlrd. m3ga yaqin gaz ishlab chiqariladi. Gaz va boshqa yonilg’i mahsulotlari 30-40 yil ichida ishlatilib bo'lishi mumkin. Respublikamizda bir yilda tahminan 48 ming GVt. soat elektroenergiya ishlab chiqarilsa, bunda gaz va mazutdagi elektrostansiyalar ulushi 84% ni, toshko'mirdagi stansiyalar ulushi 3,5% ni va gidroelektrostansiyalar ulushi 12,5% ni tashkil qiladi.O'zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridanoq davlat rahbariyatining energetika siyosati mamlakat energetika xavfsizligini ta'minlash hamda milliy energetika imkoniyatlaridan jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etish uchun foydalanishga qaratib kelinmoqda.
O'zbekistonda elektr uzatish liniyalari yetib bormagan aholi punktlari yo'q deb aytilsa ham, biroq elektr energiya ishlab chiqaruvchi stantsiyalar va elektr tarmoqlari jihozlari eskirib ketganligi sababli, uzoq chekkalardagi aholi punktlarida elektr energiya tanqisligi seziladi. Ayniqsa, tog' zonalarida joylashgan, gidro energiya potensiali mavjud bo'lgan, uzoq chekkalardagi kichik aholi punktlarini elektr energiya bilan ta'minlashda, kichik daryolarga o'rnatilishi mumkin bo'lgan kichik energetikadan katta umid qilish mumkin.
GES lar qurilishida suv omborlarining ekologik zararini oldini olish, stantsiyalar qurilishida kichik kapital sarflar bo'lishi va kapital xarajatlarni tezda (5 yilgacha) qaytarish imkoniyatlari kichik energetikaning dunyo bo'yicha rivojlanishini keyingi o'n yilliklarda avj oldirib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |