8.3. Integral rostlagichlar.
Integral (astatik) rostlagichlar deb rostlanayetgan parametr topshirilgan qiymatdan chetga chiqarish rostlovchi organning rostlanuvchi parametr chetga chiqishiga proporsional tezlikda xarakat qilishiga aytiladi. Astatik rostlagichlar ishlatilganda rostlanuvchi parmetrning muvozanat qiymati nagruzkaga bog’liq emas va statik xato nolga teng bo’ladi. Agar rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatidan chetga chiqsa astatik rostlagich rostlovchi organi rostlanuvchi kattalik qiymati topshirilgan darajaga yetguncha xarakatga keltirib turadi.
O’zining dinamik xususiyatlari jihatidan integral rostlagichlar turg’un emas, shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |