Mantiqiy o‘zgaruvchi deb faqat ikkita 0 va 1 qiymatlarini qabul qiluvchi
kattalikka aytiladi. Mantiqiy funktsiya deb-argumentlari kabi faqat 0 va 1 qiy-
matlarni qabul qiluvchi funktsiyaga aytiladi.
Mantiqiy funktsiyalarda kirishdagi va o‘zgaruvchi qiymatlarning turli xil
amallari termalar deyiladi. Kirishdagi o‘zgaruvchilar qiymatlari va mantiqiy
funktsiyalar qiymatlari termasi funktsiyaning haqiqiylik jadvali deyiladi. Jadvaldan
foydalanishning afzalligi shundaki, funktsiyaning matematik yozuvi, uning
tarkibini hamma vaqt ham yaqqol ko‘rsatavermaydi. Quyida mantiqiy elementlar
bajaradigan asosiy funktsiyalar to‘g‘risida bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |