2.3.2. Ko‘mir (kontaktli) datchiklari
Ko‘mir datchiklarining ishlash printsipi o‘zining ichki elektr qarshiligi
keltiradigan kuchlar ta’sirida o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi. Bu turdagi eng
sodda datchik (2.4.-rasm, a) grafit disklardan yig‘ilgan ko‘mir ustindan iborat.
Disklar orasiga esa kontaktli shaybalar o‘rnatilgan. Ko‘mir ustunning qarshiligi
grafit disklarning kichik qarshiligi va disk-shayba o‘tishi asosiy qarshiliklar
yig‘indisiga teng. Disk-shayba o‘tishning qarshiligi esa o‘z navbatida disk va
shaybalar zichligiga, ya’ni bosish kuchiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |