O‘z xohishiga ko‘ra a’zo bo‘lish prinsipi, shuni taqozo etadiki, korporativ kataloglashtirish ishtirokchilari mazkur loyihaga ixtiyoriy kutubxonalar va foydalanuvchilar uchun hamkorlikning afzalliklarini tushungan holda kirishlari nazarda tutiladi.
Texnik tayyorligi - bu barcha ishtirokchilar lokal hamda kommunikativ vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnikaga ega bo‘lishi. Korporativ katalogizatsiya tizimida yagona ikki darajali tarmoq texnologiyalari axborot resurslarini taqdim etish va tashqi resurslardan foydalanishga imkon yaratishi lozim.
Tashkiliy tayyorligi. AKM va ARMlarning tashkiliy tuzilishi ma’lumotlar bazasini shakllantirish borasidagi barcha vazifalarni hal etishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, mazkur loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi bo‘limlar (masalan, kataloglashtirish, avtomatlashtirish va boshqalar) tayyor holatga keltirilishi lozim.
Kadrlarning tayyorgarligi. Kutubxonalar korporativ vazifalar, funksiyalarini tushunuvchi va ularni mohirona hal etuvchi xodimlarga ega bo‘lishi yoki bunday tarkibni shakllantirishi lozim.
Shu tariqa, integratsiyalashgan axborot tuzilishiga ega respublika, tarmoq va mintaqaviy axborot resurslarini birlashtiruvchi axborotni davlat organlari, iqtisodiyot sub’yektlari, fan va ta’lim, butun jamiyat manfaatlari yo‘lida va yagona standartlar asosida yig‘ish, to‘plash, qayta ishlash, qidirish va yagona axborot-kutubxona tarmog‘ini tashkil etish imkoni yuzaga keladi. Taqsimlangan axborot tarmog‘i tashkilotlarning o‘zaro elektron-axborot resurslarini yoki bu resurslar haqidagi axborotlar almashinuvini yagona prinsiplar va umumiy qabul qilingan standartlar asosida tashkil etilgan yaxlit texnologik va axborot muhitini hosil qilishi lozim.
Tarmoqni yo‘lga qo‘yishning yakuniy natijasi, o‘zida quyidagi zamonaviy texnologiyalardan iborat operatsiyalarni amalga oshiruvchi zamonaviy axborot infratuzilmani shakllantirish hisoblanadi:
kutubxona infratuzilmasini integratsiyalash;
kutubxona resurslari va ilmiy texnik axborotni to‘plash sistemalashtirish, qayta ishlash, saqlash, qidirish va yetkazib berish;
elektron axborot resurlari bo‘yicha navigatsiyalar;
ilmiy texnik axborotga ega jahon axborot resurslari;
o‘zbek, rus, ingliz tillarda axborot bozoridagi segmentning maksimal to‘liqligini ta’minlash;
foydalanuvchiga dolzarb, to‘liq, maksimal ravishda tizimlashtirilgan, eng qulay shakldagi axborotni taqdim etish;
ilmiy texnik va ilmiy-ta’limiy axborot - elektron, an’anaviy kutubxona resurslari, depozitariylar, arxivlar va boshq. mutanosib taqsimlangan va tizimlashtirilgan uyushmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |