Seriyalab ishlab chiqarish va uning tavsifi.
Seriyalab ishlab chiqarish deb buyumlami, detallami davriy ravishda qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlash yoki ta’mirlash tushuniladi. Seriyalab ishlab chiqarish, buyumlami yoki detallami ishlab chiqarish hajmiga, murakkabligiga va og'irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o'rta seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishga aytiladi. Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og'ir mashinasozlik ishlab chiqarishga taalluqli bo'Ub, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo'ladi, ishlab chiqariluvchi buyumlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin, soni esa juda ham kam miqdorda bo'ladi.
Universal stanoklar bilan bir qatorda dasturli stanoklar ham qo'llaniladi. Ishchilar malakasi yakka ishlab chiqarish kabi juda yuqori bo'ladi. Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri har bitta ishchi joyga tanavorlar partiyalab keltirilishi va shu partiya tanavorlarga sozlangan stanoklarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli potokU ham potoksiz bo'lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko'pincha yakka ishlab chiqarishdagi kabi potoksiz ish tashkil qilish usuli qo'llaniladi.
Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan stanoklar sexlarda tanavorlarga ishlov berish texnologik marshruti bo'yicha joylashtiriladi. Universal stanoklar bilan bir qatorda maxsus-agregat stanoklari, raqamli-dasturli boshqariluvchi stanoklar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish sistemalari, moslashuvchan avtomatik ishlab chiqarish va boshqalar qo'llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda maxsus yig'ib-tuziluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig'iluvchan moslamalar qo'llaniladi.
Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Tanavorlar ko'pincha maxsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda tayyorlangan bo'lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga qaraganda pastroq bo'ladi. Ko'pincha malakali sozlovchi ishchilar ishlaydi va stanoklami asosiy ishchilarga sozlab beradi.
Yirik seriyalab ishlab chiqarish buyum ishlab chiqarish hajmi bo'yicha ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo'lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar texnologik marshrut-rejasi bo'yicha joylashtiriladi. Bu yerda ham ishchilar malakasi past bo'lib, ko'pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, ikkita detallami tayyorlash operatsiyasini bajarish biriktirilgan bo'ladi. Operatsiyalar bog'lanish koeffitsiyenti 2 ga yaqin bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |