AVTOMATIK BOSHQARISH SISTEMASINING FUNKSIONAL ELEMENTLARI.
Funksional element (funksional blok) – belgilangan funksiyani bajaradigan, konstruktiv moslashgan avtomatik sistemani qismi.
Qabul qiluvchi element (blok) – tashqi ta'sirni qabul qiladigan avtomatik boshqarish qurilmasini funksional elementi.
O'lchov elementi (bloki) – avtomatik sistemaga kelib tushadigan ta'sir miqdorini hamda boshqarish xatoligini aniqlash uchun ishlatiladigan avtomatik boshqarish qurilmasini funksional elementi.
Kuchaytirish – o'zgartirish elementi (bloki) – o'lchash elementi signallarini qabul qilib, ularni kuchaytirib, ijrochi elementga uzatishga qulay bo'lgan ko'rinishga aylantiruvchi avtomatik boshqarish qurilmasini funksional elementi.
Ijrochi element (blok) – boshqaruvchi ta'sirlar ishlab chiqaruvchi avtomatik qurilmasini funksional elementi.
Korrektlovchi element – turg’unlikni oshiradigan hamda dinamik xususiyatni yaxshilash uchun ABSga ulanadigan qurilma.
Dinamik zveno – elementar zveno hisoblanib, uni kirishiga vaqt bo'yicha ko'rsatiladigan ta'sirni funksional bog’lanishni o'zgarishini ta'minlovchi qism.
Arifmetik zveno – elementar zveno hisoblanib, uni kirishga kelayotgan ta'sirlarga nisbatan arifmetik operasiyalarni amalga oshiradi.
Mantiqiy zveno – elementar zveno hisoblanib, uni kirishlariga kelayotgan ta'sirlarga nisbatan («YoKI», «VA», «YO’Q») mantiqiy operasiyalarni amalga oshiradi
АVTОMАTIKА ELЕMЕNTLАRI.
Еlementlar o’zlarining bajaradigan vazifalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: sezgir elementlar, kuchaytiruvchi elementlar va ijrochi elementlar.
Sezgir elementlar turkumiga datchiklar kiradi. Datchiklar topshiriq beruvchi elementlar sifatida ham qo’llanilishi mumkin. Taqsimlovchi elementlar sifatida turli o’lchash sxemalari asosida еgilgan qurilmalar ishlatiladi. Taqsimlovchi elementdan uzatilayotgan signal ko’pincha kam quvvatga ega bo’lib, u ob’ektga rostlovchi ta’sir o’tkaza olmaydi. Shuning uchun bu signallar kuchaytiruvchi elementlar yordamida kuchaytiriladi.
Ijrochi elementlar boshqarish ob’ektiga bevosita ta’sir o’tkazish uchun xizmat qiladi. Ijrochi elementlar sifatida elektromagnitlar va elektrodevigitillar ayniqsa keng tarqalgan.
Avtomatik elementlari turli fizik tabiatga ega bo’lishi mumkin. Еlektrik, mexanik, pnegmativ, gidravlik va h.k. amalda avtomatik boshqarish qurilmalarida turli elektrik elementlardan keng foydalaniladi. Bunday holatlarni sabablari elektrik kattaliklarni masofalarga uzatish, saqlash, qayta ishlab berish va ularni boshqa turdagi signallarga aylantirishning qulayligidir.
Avtomatik elementlarning kirish kattaliklari - kirish signallari deb ataladi va x harfi bilan belgilanadi. Еlementlarning chiqish kattaliklari - chiqish signallari deb ataladi va y xarfi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |