Avtomobil (yunoncha αυτο – oʻzi va lotincha mobilis – harakatlanuvchi, yuruvchi) oʻz dvigateliga ega, yer sirtida harakatlanish uchun moʻljallangan, relssiz oʻziyurar transport vositasidir. Atamaning koʻpgina taʼriflari avtomobil yoʻlda yurishga moslangan, bittada to sakkiztagacha yoʻlovchi uchun joyli, odatda toʻrt gʻildirakli, va aksar holatlarda yuk enas, balki odam tashishga moʻljallanganligini taʼkidlaydi[2]. Biroq, bunday taʼrif aniq emas, zero shu ishlarni bajaradigan boshqa tur transport vositalari ham mavjud.
2002-yil maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 590 million avtomobil bor (taxminan har oʻn bir kishiga bittadan).
Do'stlaringiz bilan baham: |