Avtomagistral
AVTOMAGISTRAL (avto… va lot. magistralus — bosh, asosiy) — oʻtkazish qobiliyati yuqori boʻlgan, qarama-qarshi harakat qatorlari oʻrtasida chegara qoʻyilgan, boshqa yoʻllar bilan bevosita kesishmaydigan avtomobil yoʻli. Katta shaharlar, viloyatlararo, shahar doirasidagi transport qatnoviga moslangan katta yoʻl. Toshkent halqa yoʻli, Toshkent — Samarqand avtomobil yoʻli Avtomagistral dir (q. Avtomobil yoʻli). Avtomagistral larda harakat qatori toʻrttadan kam boʻlmaydi. Kesishuvchi Avtomagistrallar maxsus koʻpriklar va aylanma yoʻllar vositasida baland-past qilib oʻtkaziladi. Avtomagistral larda yonilgʻi quyish st-yalari, avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazadigan va kichik taʼmirlash manzillari boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |