Avtofokus metodi orqali dars o‘tish



Download 9,8 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi9,8 Kb.
#647084
Bog'liq
Avtofokus metod-WPS Office


Avtofokus metodi orqali dars o‘tish
Sinfdagi zerikarli dars muhitining birinchi sabablaridan biri bu - o‘quvchilarning diqqati pastligi, darsga befarqligi va dangasaligidir. Bunday vaziyatda asosiy mas’uliyat o‘qituvchining bo‘ynida bo‘ladi. Qanday qilib bo‘lsa ham o‘quvchilarni darsga e’tiborini qarata olish kerak.
Bugungi Avtofokus metodi orqali o‘quvchilarda ushbu muammolarni osonlikcha hal qila olasiz. Ushbu metod o‘quvchilarning ixtiyoriy darsga e’tibor qaratishlarini ta’minlaydi.
Ushbu metodni qo‘llashda sizga qizil va oq kartochkalar kerak bo‘ladi. Sinfdagi o‘quvchilarning har biriga ushbu kartochkalarni tarqatib chiqasiz. Albatta, buni dars boshida amalga oshirasiz.
So‘ngra dars mobaynida to‘satdan savol berib qolasiz, demak savollar quyidagicha:
"Qizil kartochkasi borlar o‘rnidan tursin" Va mavzu yuzasidan biror savolni turgan o‘quvchilardan istalgan biriga berasiz. Javob topa olishsa, qizil kartochka guruhiga bir bal qo‘shib qo‘yasiz.
Keyin yana dars davomida to‘satdan oq kartochkasi borlar o‘rnidan tursin deysiz va yuqoridagi kabi, oq kartochkasi bor o‘quvchilardan istalganiga mavzu yuzasidan savol berasiz. Shu tartibda darsning so‘ngigacha bir necha marotaba ushbu usulni qo‘llaysiz.
Natijada dars mobaynida barcha o‘quvchilar hushyorlikda bo‘lishadi. Bu usul o‘quvchilarni harakatga keltirish ya’ni o‘rinlaridan turish jarayonida darsga bo‘lgan qiziqish signallarini orttiradi.
Qolaversa, istalgan o‘quvchiga beriluvchi savollar barchani mavzuni diqqat bilan eshitishga majbur qiladi. Bu jarayonda
bellashuv ham ketmoqda! O‘quvchilar o‘zaro bellashish orqali ixtiyoriy darsga diqqatlarini qaratishadi. Ya’ni siz o‘quvchilarda Avtofokus muhitini yaratgan bo‘lasiz.
Qarmoq metodi orqali dars o‘tish
Birinchi bo‘lib, darsga kirganingizda o‘quvchilarga biror qiziq bo‘lgan mavzuda gap oching. So‘ngra dars oxirida sizlarga ajoyib jumboqli savol beramaman deb ayting.
Bu nima uchun kerak? Bunday oddiy savol sizga g‘alati tuyulishi mumkin, ammo hech shunaqa qilib ko‘rganmisiz? Bu uslub oddiy tuyulsada, o‘quvchilarning psixalogiyasiga juda katta ta’sir o‘tkazadi.
O‘quvchilar dars boshlanishidayoq o‘qituvchiga diqqat e’tiborini qaratishadi. Bu esa sizga dars davomida juda ham qo‘l keladi.
Endi esa asosiy Qarmoq metodini ko‘rib chiqamiz
Yuqorida aytganimizdek o‘quvchilar dars tugashida darsning tugashidan xursand bo‘lishadi, bu muammoni aynan qarmoq metodi orqali hal etasiz.
Javobini esa keyingi darsda aytishingizni ayting. Har dars oxirida qiziqarli mantiqiy savol va darsning ertasi uning javobini ayting.


"Do'stingni top", "Toj metodi" va "Qadamba qadam" usullari orqali qiziqarli dars o'tish

Bugun sizlar bilan maktabgacha ta'lim va maktabning 12 yoshgacha bo'lgan o'quvchilari bilan darsni qiziqarli tashkil etishning 3 ta ajoyib usulini o'rganamiz. "Do'stingni top", "Toj metodi" va "Qadam ba qadam" usullari orqali har qanday mavzuyingizni qiziqarli va tushunarli tarzda o'ta olasiz. 


‘’DO’STINGNI TOP’’- konvertda savol va javoblar yozilgan kartochkalar solingan bo’ladi. Avval sinfdagi barcha o'quvchiga tartib raqam berib chiqasiz. Sinfda 30 ta o'quvchi bo'lsa, demak 1 dan 30 gacha raqam beriladi. Konvertdagi savollarning ham 1 dan 30 gacha raqamlari bo'lishi kerak. Sinfdagi har bir o’quvchi konvertdan ko’rmagan holatda kartochkalarni tortadilar. Kartochkada savol va javobning raqami keltirilgan bo'ladi. So’ng savol tushgan o’quvchilar savolni o’qiydi, javobi qaysi o’quvchida bo’lsa o’sha do’sti savolga javob berishi kerak bo'ladi. Keyin asosiy qism, o’sha do’sti bilan savollarga birgalikda javob javob beradi. Bu metod o’quvchini fanga qiziqtirib har bir savol uchun o’zi harakat qilishga undaydi.

‘’TOJ metodi" o'yini bu metodda o’quvchi boshiga mavzuga oid atama yozilgan toj kiydiriladi. Atamaga qarab o’qituvchi izoh bera boshlaydi. 1ta izoh bilan o’quvchi topsa 5 ball, 2ta izoh bilan topsa 4 ball, 3ta izoh bilan topsa 3 ball qo’yiladi. 1ta atamaga 1ta o’quvchi chiqadi.Bu metod o’quvchini fanga nisbatan qiziqishini oshirib yakama-yaka harakat qilishga undaydi.


‘’QADAM BA QADAM’’ o’yini- bu metod asosan ma’lumotlar almashinuvi bo’lib 2ta o’quvchi chiqadi. Sinf xonasining oxiriga eltib qo’yiladi. Har 1ta ma’lumot aytgan o’quvchi 1ta qadam tashlayveradi. Ma’lumot faqat o’tgan mavzuga yoki yangi mavzuga tegishli bo’lishi kerak. Ma’lumot takrorlansa yoki aytolmasa qadam tashlolmaydi. Kim birinchi ma’lmot aytib finish chizig’iga yetib borsa o’sha o’quvchi g’olib hisoblanadi. Bu metod ham har bir o’quvchi o’zi uchun o’zi harakat qilishga undaydi.
Va men eng ko’p qo’llaydigan metod bu qatorma-qator savol-javob qilishdir. Oddiygina savol-javob qilish ham o’quvchida fanga nisbatan katta qiziqish uyg’otadi.
Download 9,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish