2.4 Shahar atrofi yo‘nalishlarida avtobuslar harakat jadvalini tuzish
Ma'lumki, bugungi kunda shahardan tashqaridagi tashish- larda boshqa yo‘nalishlar kabi aholiga har xil mulkchilik shaklidagi korxonalar xizmat ko‘rsatyaptilar. Ular orasidagi raqobatda qaysi transport yaxshi va sifatli xizmat ko‘rsatsa, shunisi yutib chiqadi va qolganlari inqirozga uchrashi mumkin. Transport bozorida yutib chiqishda avtobuslarning harakat jadvali qanday tuzilgani va unga amal qilinishi muhim rol o‘ynaydi. Chunki avtobuslarning harakat jadvali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Harakat jadvali mavjud yo‘lovchi oqimiga harakat intervali mos holatda tuzilib, me'yordagi harakat tezligiga rioya qilishni va tashishga qulayligini ta'minlashi hamda avtobusdan samarali foydalanish imkonini berishi kerak. Avtobus harakat jadvali, odatda, grafik va jadval shaklida tuziladi.
Reyslar soni va har bir reysda avtobuslarning oxirgi bekatlardan jo‘nash vaqti mavjud yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish asosida belgilanadi.
Avtobusning oraliq va oxirgi bekatlarda to‘xtab turish vaqti dam olish va tushlik paytlariga, yo‘lovchilarni avtobusga chiqarish va tushirish uchun sarflanadigan vaqtga, yo‘l varaqalarini rasmiylashtirishga, avtobusni yo‘nalishda texnik nazorat qilishga, haydovchilarning smena almashishga sarfla- nadigan vaqtlariga bog‘liq bo‘ladi.
Harakat jadvali, asosan, bahor-yoz, kuz-qish davrlariga tuziladi.
Tuzilgan harakat jadvali yo‘nalishi bo‘yicha tashish rejasida o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarga mos kelishi kerak.
III. TEXNOLOGIK QISM
3.1 Shaxar ichida yo`lovchi tashishda texnologik qisimni xisoblash
Avtobus yo‘nalishlari yo‘lovchilar oqimi barqaror bo‘lgan va harakat xavfsizligini ta’minlaydigan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda ochiladi. Shahar yo‘nalishlarini ochishda shahar hokimligining mas’ul xodimi, yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, yo‘l, kommunal tashkilotlar, temir yo‘llar va tashuvchilardan iborat hay’at tuziladi.
Yo‘nalish trassasini o‘rganish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
yo‘nalishning harakat xavfsizligi talablariga muvofiqligi;
oraliq va oxirgi to‘xtash manzillari joylarini hamda ular orasidagi masofani aniqlash;
sinov reyslarini tashkil etish va amalga oshirish, harakat tezligini me’yorlashtirish va yo‘nalish masofasini uzil-kesil o‘lchash.
Sinov reyslari natijalari bo‘yicha bayonnoma tuziladi. Bayonnomada yo‘nalishning belgilangan uzunligi, bekatlar orasidagi masofalar aniqlanib, ular asosida reysga ketadigan vaqtning belgilangan normativlari, aylanma reys, oxirgi manzillarda to‘xtash vaqti, belgilangan yo‘lda harakatlanish tezligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |